Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti b. B. Berkinov, D. S. Ashurova, M. K. Abdullaeva, G. E. Zahidov
Mintaqada demografik o’sishni prognozlash
Download 6.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Arm Б Б Беркинов ва бошқ Минтақаларни ижтимоий иқтисодий ривожланишини
13.4. Mintaqada demografik o’sishni prognozlash
Mintaqada demografik prognoz kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rejalashtirishning muhim elementidir. Iqtisod va ijtimoiy qayotning biron bir sohasi yo’qki, unda uzoq muddatli rejalashtirishda demografik prognoz ma’lumotlari qo’llanilmasin. Demografik prognozlar faol hususiyatga ega. Ular aholini kelajakdagi hususiyatlarini aniqlash bilangina cheklanmaydi. Masalan, u yoki bu mintaqada aholining soni, yosh va jins tarkibini istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlarga taqqoslab, demografik jarayonlarda maqbul va mumkin bo’lgan holatlar o ’rtasidagi tafovutlami aniqlash mumkin. Agar bunday tafovutlar katta bo’lsa, jamiyat mazkur jarayonlar o’rtasidagi nomutanosibliklami bartaraf etish yoki kamaytirish choralarini ko’rishi mumkin. Demografik prognozlash demografik tahlilning bosh vazifalaridan biri va yakuniy maqsadidir. Ulaming yordamida aholining tabiiy va mehanik siljishining kutilayotgan ko’rsatkichlari, aholi qayotining o’rtacha 108 uzunligi, tuqilish va vafot etish, jinslar nisbati va qokazolar aniqlanadi. Natijada mamlakat yoki uning alohida mintaqalari aholisining kelajakdagi soni, yosh va jins tuzilishi tarkib topadi. Alohida demograflk ko’rsatkichlaming o’zgarishiga aholi migrasiiyasi jiddiy tuzatishlar kiritadi. Aholining mehanik siljishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillami o’rganish asosidagina mintaqalaming real demograflk prognozini ta’minlash mumkin. qayotning o’rtacha uzunligi juda ko’p ijtimoiy- iqtisodiy va demograflk omillami o’zida jamlaydigan demograflk vaziyatni asosiy ko’rsatkichlaridan biridir. Bunday prognozlar boshqa ko’pgina istiqbolli hisob kitoblami ishlab chiqish uchun asos bo’lib hizmat qiladi. Masalan, aholi haqidagi ma’lumotlami e’tiborga olmasdan ishlab chiqish va iste’mol qilish, ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanishi, aholi bandligini ta’minlash va qokazolaming istiqbollarini aniqlash mumkin emas. «Aholi harajati»ni prognozlashda uning komponentlariga ta’sir qiluvchi omillar yoki boshqacha qilib aytganda, tugilish, ulim migratsiyasi darajasiga ta’sir qiluvchi omillami hisobga olish alohida ahamiyatga ega. Aholining kelajakdagi soni asosan tugilish darajasiga bogliq. Shuning uchun dastlab unga qanday omillar ta’sir qilishini urganish lozim. Bu yerda tugilishni oshiruvchi va kamaytiruvchi omillami alohida belgilash mumkin. Tugilish darajasini oshiruvchi asosiy omillar deb odatda, maktabgacha tarbiya muassasalari va uy - joy qurish jarayoni taraqqiyotiga aytishadi. Tanlanma tadqiqotlar ma’lumotlariga kura, 30% ga yaqin odamlar farzand ko’rishdan o’zini saqlash sabablari sifatida yashash sharoitlarini ko’rsatadi. Mamlakatda yiliga rekonstruksiyani hisobga olgan holda 2,3 million kvartira qurilmoqda, aholi 2 million kvartiraga ega bo’lmoqda (0,3 million kvartira qarialar talabi hisobiga.) Mamlakat bo’yicha ikkinchi martta nikohga kirayotganlar yiliga 1,8 millionni tashkil qiladi va agarda kengayishlar va boshqa omillar bo’lmaganda edi hozir yosh kelin - kuyovlarga kvartiralar berilar edi. Bevosita bogliqlikning tarafl yo’q. Masalan, Toshkent shahrida maktabgacha tarbiya muassasalariga bo’lgan talab to’laligicha qondirilgan, biroq tugMlish o’smayapti. Maktabgacha tarbiya muassasalarining rolini baholab turib, shuni aytish mumkinki, ko’p oilalar ulardan deyarli foydalanilmaydi (ularda yoshlar hissasi juda kam), kam bolali oilalarda esa funksional muassasalaming mavjudligi yoki yo’qligi nikoh va tug‘ilish o’rtasidagi vaqt oraligida (yoki birinchi va ikkinchi farzand oraligda) ko’rinadi. 109 Omillar qatoriga moddiy ta’minlanganlakni ham qo’shish mumkin. Bu demografik siyosatning bir omili bo’lib, bu narsa bizning mamlakatimizda tug‘ilishni oshirishga qaratilgan (o’ning asosiy sharti bo’lib bolalami tarbiya qilish harajatlariga davlatning sistematik pullik yordami hisoblanadi.) TugMlish pasayishiga olib kelo’vchi omillar orasida birinchi navbatda aholi moddiy darajasining o’sishi va bunga bogliq tarzda ehtiyojlari o’sishini aytish lozim. Zamonaviy taraqiyotning barcha ne’matlarini oshirishga intilish yangi oila qurganlar rejalashtiradigan farzandlar usoni kamayishiga ta’sir qiladi (tug‘ilishning «antogonistlari» sifatida avtomabil, televizor va hokazolar hisoblanadi). Odatda, ayollaming jamoat ishlarida qatnashuviga tug‘ilishning kamayish omili sifatida qarashadi. O’lim omillari - ko’kchadagi va maishiy shikastlar, alkogolizim va chekish, atrof - muhit ifloslanishi, sogliqni saqlashning rivoj lanmaganligi va hokazolar. Biror hudud hholisini prognozlashning muhim komponenti aholi migratsiyasi hisoblanadi. Aholi migratsiyasi asosan ishlab chiqarish joylashuvi bilan izohlanadi. Bu esa, o’z navbatida, mehnat resurslarining hududiy tarqalishini ko’rsatib, u iqtisodiy rivojlanishda aks etadi va ishlab chiqarish samaradorligiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Download 6.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling