Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti b. B. Berkinov, D. S. Ashurova, M. K. Abdullaeva, G. E. Zahidov
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Download 6.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Arm Б Б Беркинов ва бошқ Минтақаларни ижтимоий иқтисодий ривожланишини
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
1. I.A.Karimov Jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari-Т.: O ’zbekiston, 56 b. 2.Abdullaev A.M., Irmatov M.M., Haydarov M.T., Ashurova D.S. Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni prognozlashtirish. O’quv qo’llanma. - Т.: TDIU, 2006. - 249 b. 94 XIII BOB. MINTAQADA DEMOGRAFIK O’SISH VA AHOLI BANDLIGINI PROGNOZLASHTIRISH ASOSLARI 13.1. Demograflk o’sish ko’rsatkichlari Globallashuv sharoitida mintaqalarda demograflk o’sishni prognoz qilish muhim sanaladi. Demograflk vaziyatga quyidagilar o’z ta’sirini ko’rsatadi: • umming uzunligi; • uzoq va yaqin chet elga migrasiiya; • aholining o’sish darajasidagi o’zgarishlar. Hozirgi kunda qo’llanilayotgan demograflk tahlil usullarining murakkabligi va rang-barangligi ularni ahborot bilan ta’minlashga katta talablar qo’yadi. Demograflk vaziyatni prognoz qilishda ulaming mufassal hususiyatlari haqida ham ma’lumot olish imkonini berish lozim. Masalan, gap tug’ilishni o’rganish haqida ketsa, faqat tuqilgan bolalaming umumiy sonini emas, onalaming yoshini va boshqa bir qator hususiyatlarini bilish muhimdir. Agar gap vafot etishni o’rganish haqida ketsa, ulaming jinsi va yoshiga, vafot etish sabablariga, shuningdek, bir qator hususiyatlariga harab taqsimlanishini bilish muhimdir. O’zbekiston Respublikasidagi barcha mintaqalami ham demograflk vaziyatini bir hil deb bo’lmaydi. Aholining zichligi jihatidan, Andijon viloyati mintaqasi birinchi o’rinni egallasa, Qoraqalpoqiston Respublikasi aholi zichligi jihatidan pastki o’rinni egallaydi. Demograflk ahborot manbalari nafaqat mamlakat, balki mintaqalar bo’yicha ham zarur ma’lumotlar hajmini olish imkonini berishi kerak. Aholini ko’payishi jarayonlarini tahlildan o’tkazishda shuni yodda tutish kerakki, aholi ko’payishining u yoki bu turi shakllanishini birinchi navbatda har bir mamlakatda o’ziga hos tarzda namoyon bo’ladigan ijtimoiy iqtisodiy omillar belgilaydi. qo’llaniladigan ko’rsatkichlaming metodik imkoniyatlarini e’tiborga olish, demograflk tahlilni turli usullarini kompleks qo’llashigina sodir bo’layotgan jarayonlaming aniq manzarasini olish imkonini berishini yodda tutish kerak. SHuning uchun ham demograflk ahborotning ishonchliligi bunday ahborotlarga qo’yiladigan muhim talab hisoblanadi. Boshqacha aytganda, olinagan ma’lumotlar ataylab buzib ko’rsatishlardan ham, ahborot to’plash hususiyatlari bilan bog’liq noaniqliklardan ham holi bo’lishi kerak. 95 Fan va texnikaning rivojlanishini prognoz qilish mehnat xususiyatidagi o’zgarishlami, intellektual mehnat sohasidagi inson imkoniyatlaridan foydalanish istiqbollarini aniqlash imkonini beradi. Demografik prognozlar aholining harakatini va mehnat resurslarining takror ishlab chiqarilishini, mehnatga layoqatli aholining bandlik darajasini, uning malaka va kasbiy tarkibini o’z ichiga oladi. Demografik prognoz aholining dinamikasini uning yosh va jins tarkibini, tugilish va o’lim darajasi, aholining hududiy joylashishi haqidagi ma’lumotlami tahlildan o’tkazish asosida ko’rib chiqadi. Demografik prognoz kelajakda oilalaming soni, ulaming o’rtacha kattaligi, migratsiya jarayonlarining yo’nalishi va jadalligi, faol mehnat faoliyatining uzunlugi, mehnat faoliyatini boshlash va tamomlash, pensiyaga chiqishning o’rtacha yoshlari, aholi umrining o’rtacha uzunligi haqida zarur ma’lumotlar olish imkonini beradi. Demografik prognozlar asosida aholi ehtiyojlarining hajmi va tuzilishi, shaxsiy iste’mol mollari ishlab chiqarish, maorif, sogliqni saqlash va xokazolami rivojlantirish rejalashtiriladi. Xullas, demografik prognozlar ijtimoiy rivojlanish va turmush darajasini oshirish prognozlari bilan uzviy bogliq. “Ijtimoiy rivojlanish prognozlari axolining ijtimoiy-iqtisodiy extiyojlarini, turmush tarzining o’zgarishi tendensiyalarini aniqlash soxasidagi murakkab tadqiqotlar kompleksini o’z ichiga oladi. Bu kompleksga quyidagilar kiradi: mexnat resurslarining bandligi va ulaming foydalanish, milliy boylikni takror ishlab chiqarish, noishlab chiqarish ehtiyojlarini shakllantirish, axolining turmush darajasi, iqtisod tarmoqlarini rivojlantirish, xududiy o’zgarishlar, iqtisodiy o’sish, iqtisod mexanizm iva boshqaruv tizimini rivojlantirish, jaxon xo’jaligi va tashki iqtisodiy aloqalami rivojlantirish prognozlarini ishlab chiqish. Jumladan, ijtimoiy rivojlantirish va aholining turmush darajasi prognozlari quyidagilami o’z ichiga oladi: aholining oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilishi, chakana tovar aylanishi; ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarining rivojlanishini prognoz qilish; uy-joy-kommunal ho’jaligi, aholiga maishiy hizmat ko’rsatish, ta’lim, madaniyat, san’at va ommaviy axborot vositalari; sogliqni saqlash, dam olish, turizm, jismoniy tarbiya va sport; atrof-muhitni muhofaza qilish. Demografik prognozlash barcha kompleks dasturlar uchun kup qirrali asos bulib hizmat qiladi. Aholining kelajakdagi miqdori prognozi yaxlit xalq ho’jaligini dinamikasini prognozlashning muhim elementi hisoblanadi. Demografik prognozlar aholi harakati va mehnat 96 resurslarining qayta ishlab chiqarishi mehnatga layoqatli aholi bandligining darajasi, uning moliyaviy va kasbiy tarkibini qamrab oladL Demografik prognozlar aholi dinamikasini uning jinsiy yosh strukturasi, tugilish, hududiy harakati tugrisidagi ma’lumotlami tahlil qilish asosida kurib chiqdi. Demografik prognozlash oilalaming kelajak sonini ulaming urtacha kattaligi, aholi kuchma oqimlarining intensivligi, yunalishlari, faol mehnat faoliyati, davomiyligi va boshqalar tugrisida prognoz axborot olish imkoniyatini beradi. Demografik prognozlar asosida jamiyat ehtiyojlari hajmi va strukturasi, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, xalq ta’limi, sogliqni saqlash tizimi taraqqiyoti va boshqalar rejalashtiriladi. Shu tahlil demografik prognozlar ijtimoiy taraqqiyot va hayot darajasini oshirish prognozlari bilan izchil boglangan. Demografik prognozlashni amalga oshirishda usullami tanlash muhim jihat hisoblanib, ulaming yordamida aholining kelajakdagi sonini yanada aniqroq belgilash mumkin. Aholi sonini prognozlashning asosiy usullaridan biri komponentlar usuli hisoblanib, uning mohiyati asosiy komponentlaming kelajak dinamikasi, ya’ni tugilishlar va ulishlar soni, hududga kuchib kelishlar va kuchib ketishlar sonini jamlashdan iborat. Butun mamlakat miqyosida aholi sonini prognoz qilishda dastlabki ikki komponent yetarlidir. Biroq alohida respublikalar buyicha aholining kelajakdagi sonini hisoblashda ichki migratsiya soldosini hisoblash muammosi muhim ahamiyat kasb etadi. Download 6.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling