Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti b. B. Berkinov, D. S. Ashurova, M. K. Abdullaeva, G. E. Zahidov


 Mehnat bozorlarini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari


Download 6.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/126
Sana09.10.2023
Hajmi6.6 Mb.
#1696209
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126
Bog'liq
Arm Б Б Беркинов ва бошқ Минтақаларни ижтимоий иқтисодий ривожланишини

13.3. Mehnat bozorlarini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari
- Mehnat resurslari bilan ko’p ta’minlangan respublikamiz mehnat 
bozorini rivojlanish kontseptsiyasining asosiy maqsadi -mehnatga layoqatli 
aholi bandligini kamayishi, ishsizlikning o’sishi, yangi ish joylarini 
yaratilishi, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi xajmining qisqarishi, mehnat 
unumdorligining pasayishi, inflyatsiyaning mavjudligi, mulkchilikning 
turli shakllarini sekinlik bilan vujudga kelishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy 
o ’zgarishlaming juda sekinlik bilan amalga oshirilishi, haqiqiy mehnat 
daromadlarining kamayishi kabi sharoitlarda ishchi kuchiga talabni 
oshirish va uning taklifini kamaytirish bo’yicha kompleks tadbirlar ishlab 
chiqarishdan iboratdir. Ular o ’tish davri O’zbekiston milliy iqtisodiyotini 
chuqur tarkibiy, isloh qilishning strategik maqsadlariga asoslanib ishlab 
chiqiladi.
100


- Buni hisobga olgan holda mazkur kontseptsiyasining strategik 
maqsadlari qilib quyidagilami belgilash mumkin:
- Ijtimoiy yo’naltirilgan mehnat bozorini bosqichma- bosqich 
shakllantirish;
- Mehnatga layoqatli ish bilan band bo’lmagan aholini ish bilan 
ta’minlovchi hamda ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga soluvchi 
mustahkam rivojlangan mahalliy va xorijiy bandlik xizmati tashkilotlari 
tizimini takomillashtirish;
- Yangi ish joylarini tashkil etishga, aholini bandlik darajasini 
oshirishga va ishlab chiqarish salohiyatidan umumiy foydalanishga asos 
bo’luvchi chuqur iqtisodiy-tarkibiy isloxotlami amalga oshirish;
- Aholini oqilona bandligini shakllantirish;qayta ishlash sanoati, 
xizmat sifat va shaxsiy mehnat sektorlarida yangi ish joylarini yaratish va 
o’smirlar ko’p bolalik ayollar, pensionerlar va nogironlar uchun mehnatni 
kafolatlashtirilgan mintaqalarini tashkil qilish;
- Ishchi kuchiga talabning oshishi va ishsizlikning kamayishini 
ta’minlovchi kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;
- Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni mahalliy va xorijiy samarali 
texnologiya va texnika bilan ta’minlash;
- qishloq xo’jalik, sanoat korxonalari hamda ishlab chiqarish-ijtimoiy 
infrastmktura ob'ektlarini vujudga keltirish;
- Mahalliy kadrlar malakasini, raqobatbardoshligini va chet elga 
yuborishni amalga oshirish va ularda yangi iqtisodiy ma’naviy va 
mafko’raviy tafakkumi shakllantirish;
- har bir ishsiz uchun ixtiyoriy va mustaqil ish joyini tanlash va 
mehnat qilish imkoniyatlarini yaratish;
- Mehnat bozori, ishsizlik va aholi bandligi jarayonlarini tartibga 
soluvchi iqtisodiy tashkiliy va xuquqiy mexanizmlami takomillashtirish.
- Mazkur maqsadlarga uzluksiz erishish uchun mehnat bozori 
rivojlanishining asosiy bosqichlari va vazifalarini aniq belgilash zarur.
- Mehnat bozori rivojlanishining birinchi bosqichida quyidagi 
vazifalar bajarilgan. Mehnat birjasi va bandlik xizmatining boshlanqich 
tashkilotlari tashkil etilib, ular ishsizlik va bo’sh o’rinlar miqdori va 
tuzilishining hisob-kitobi, tahlili va kelajagi, band bo’lmagan aholini ishga 
joylashtirish va qayta o’qitish bandlikka ko’maklashish jamg’armasini 
tashkil qilish va sarflash ishlari bilan shuqullandilar, kichik va o’rta biznes 
hamda xususiy tadbirkorlik doirasida imtiyozli kreditlami ajratish yo’li 
bilan yangi ish joylarini yaratishga muayyan moliyaviy yordam 
ko’rsatilmadi. Iqtisodiyot tarmoqlarida, ayniqsa qishloq xo’jaligida
101


tarkibiy isloxotlar amalga oshirilib, xodimlar va ish beruvchilar o’rtasida 
ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solishning huquqiy asoslari 
yaratiladi va boshqalar.
- Bu davrda aholining ish bilan bandlik darajasini pasayishi, 
ishsizlikning oshishi, ishchi kuchiga talab va uning taklifl o’rtasida 
nomutanosiblikni ortishi sodir bo’ldi.
- Ushbu bosqichning yakuniy natijasi mehnat bozorini shakllantirish 
uchun ijtimoiy iqtisodiy va tashkiliy- huquqiy shart-sharoitlarini yaratilishi 
bo’ldi. Ikkinchi bosqichda quyidagi vazifalar bajarildi: mahalliy 
investitsiyalami va juda zarur bo’lgan holda xorijiy kreditlami jalb qilish 
asosida yangi ish joylarini yaratish yo’li bilan ishchi kuchiga talabni 
oshirish: mehnatga layoqatli o ’smirlar, ko’p bolali ayollar, pensionerlar va 
nogironlar uchun kvotalangan ish joylarini tashkil qilish va ulaming 
iqtisodiy rag’batlantirishni ta’minlash; band bo’lmagan shaxslarga yangi 
ish joylarini yaratish bilan shug’ullanuvchi-ish beruvchilarga doimiy 
moliyaviy yordamlar ko’rsatish.
- Ishchi kuchi taklifini uning malakasini, rakobatbardoshligini va 
eksportini oshirish yo’li bilan kamaytirish; mulkchilikning turli shakllarini 
rivojlantirish va milliy iqtisodiyotda chuqur islohotlami o’tkazish asosida 
aholini ish bilan bandligi sohasida tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish; 
ish haqi va boshqa mehnat daromadlaming manbalari darajasidan soliq 
stavkasini kamaytirish; bandlik xizmatining bozor infratuzilmasini tashkil 
qilish; mehnat shartnomalarini tuzishni takomillashtirish va boshqalar.
- Bulaming barchasi bandlikni sezilarli o ’sishi ishsizlikni kamayishi, 
hamda ishchi kuchiga talab va uning taklifl o’rtasidagi farkni qisqarishiga 
ko’maklashadi.
- Mehnat bozori rivojlanishining uchinchi bosqichida (2001-2005 yy) 
quyidagi vazifalami amalga oshirish ko’zda tutiladi; ishchi kuchiga talabni 
oshishi va uning taklifini kamayishiga yo’naltirilgan tadbirlami amalga 
oshirishni kuchaytirish; bandlik xizmati va uning infratuzilmasida qudratli 
va tez rivojlanuvchi tizimni yaratish.
- Aholining okilona bandligini shakllantirish; 
ishsizlikni yul 
qo’yiladigan darajasigacha qisqartirish; ish bilan band bo’lmagan mahalliy 
xodimlaming malakasi, 
raqobatbardoshligi, 
ijtimoiy ximoyasi va 
eksportini oshirish; mehnat bozori, bandlik va ishsizlikni tartibga 
solishning samarali tashkiliy-iqtisodiy va xuquqiy mexanizmlarini yaratish 
va hahozolar.
- Qayd etilgan vazifalami bajarish ijtimoiy yo’naltirilgan mehnat 
bozorini rivojlanishiga olib keladi.
102


- Mazkur bozor rivojlanishining keyingi to’rtinchi bosqichida (2006- 
2010 yy) ishchi kuchi talabi va taklifi o’rtasidagi bozor muvozanatiga 
erishish mumkin.
- Bulaming barchasi mehnat bozorini samarali rivojlanishiga 
yo’naltirilgan ishchi kuchiga talabni oshishi va uning taklifini kamayishi 
bo’yicha 
iqtisodiy, 
ijtimoiy 
va 
tashkiliy 
tadbirlar 
majmuasida 
mujassamlashgan. Ishchi kuchiga talabni oshishi bo’yicha iqtisodiy 
tadbirlardan eng asosiysi iqtisodiyot tarmoqlarida tarkibiy o’zgarishlami 
ta'minlashdir. 
Bunga mulkchilik shakllarini 
rivojlantirish mehnat 
unumdorligini oshirish ish joylari moddiy texnika, texnologiya va 
sarmoyalar ta'minotlarini yaxshilash, yangi mehnat zonalarini tashkil etish, 
ish vaqtidan unumli foydalanish, ishlovchilaming moddiy manfaatdorligini 
ko’tarish soliqlami oqilona belgilash orqali erishish mumkin.
- Muhim iqtisodiy tadbirlar majmuasiga qayta ishlash sanoati va 
xizmat sektorlarida yangi ish joylarini yaratish, ishlab chiqarishni 
kengaytirishga davlat tomonidan imtiyozli kreditlar berish, xizmat 
ko’rsatishni yaxshilash va ilg’or texnologiyalami tadbiq etish, o’tish 
iqtisodiyoti davrida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi va qayta ishlash 
sanoati sektorlarining asosiy mahsulotlariga davlat buyurtmasini belgilash, 
kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va ijtimoiy 
ishlami mablag’ bilan taTminlash kiradi.
- Bu tadbirlardan qo’shimcha ish joylarini yaratuvchi ish joylarini 
tashkil qilish eng kam investitsiya talab qiladi va ishchi kuchiga talabni 
oshirishda muhim o’rin tutadi. Kichik biznesni rivojlanishi mablag’lar 
bilan ta'minlashning manbalari bo’lib mahalliy byudjet, bandlikga 
ko’maklashish jamg’armasi va biznes fond mablag’lari hamda xususiy 
tadbirkorlaming shaxsiy jamg’armalari xizmat qiladi.
- Ijtimoiy ishlami tashkil qilish va mablag’lar bilan ta’minlashga 
yondashishni o’zgartirish maqsadga muvoflq. Ulami bandlik xizmati 
tashkilotlaming mablag’lari bilan ta'minlash etarli emas. Ijtimoiy ishlami 
mablag’lar bilan ta’minlashning maxsus jamg’armasi va uni amalga 
oshirishning maqsadli kompleks dasturini tuzish zarur.
- Turli xil iqtisodiy va ijtimoiy imtiyozlar va kvotalashtirilgan ish 
joylarini taqdim etish yo’li bilan mehnatga layoqatli yosh va ko’p bolali 
ayollar, o ’smirlar, pensionerlar va nogironlar faoliyatlarini moddiy 
rag’batlantirishning tizimini yanada takomillashtirish ishchi kuchiga 
talabni oshirishning muhim ihtisodiy tadbirlaridan biri hisoblanadi.
103


- Yoshlar ishsizligi muammosini maktablarda o ’smirlami kasbiy 
yo’naltirish bo’yicha faoliyatni yaxshilash hamda daromad keltiruvchi 
ishlaming turlarini ko’paytirish yo’li bilan hal qilish mumkin.
- Mehnatga 
layoqatli 
pensionerlar 
va 
nogironlar 
uchun 
kvotalashtirilgan ish joyini tashkil etuvchilarga imtiyozli kreditlar berish 
va ulaming daromadlariga pasaytirilgan soliq stavkalarini belgilash lozim. 
Shu bilan birga ishchi kuchi taklifini rag’batlantiruvchi yoki cheklovchi 
soliq stavkalari muhim iqtisodiy tadbirlar guruhiga kiradi. Daromad solig’i 
stavkasining o ’sishi yollangan xodimlami yangi ish joyiga taklifini 
kamayishiga 
olib 
keladi. 
Shu 
bilan 
birga 
yuqori 
malakali 
mutaxassislaming 
qo’shimcha ishga qiziqishlari kamayadi. 
Soliq 
stavkasining oshishi ko’pchilik aholi bandligiga salbiy ta’sir qiladi. 
Shuning uchun bizning fikrimizcha, bunday tadbirlami amalga oshirishdan 
avval uning oqibatlarini tahlil qilish kerak.
- Mehnat bozori, bandlik va ishsizlik holatlarini doimiy tahlil qilish 
va istiqbolini belgilash bilan shug’ullanuvchi respublika va xududiy 
boshqaruv idoralarining metodik ko’rsatmalar va axborotlar bilan ta'mini 
bo’yicha o ’zaro hamkorliklami yaxshilash ham muhim tashkiliy 
tadbirlarga talluqlidir.
- Xususan, 
manfaatdor 
idoralar xududiy mehnat bozoridagi 
vaziyatlami doimiy tahlil qilish va istiqbolini belgilashning maxsus 
formalari va ko’rsatkichlarini ishlab chiqishlari lozim.
- Ular asosida Davlat Statistika qo’mitasi va uning xududiy idoralari 
bilan hamkorlikda aholining bandligini tartibga solish va mehnat 
bozoridagi keskin vaziyatlaming oldini olish bo’yicha tegishli chora 
tadbirlami ishlab chiqish va amalga oshirish muammolarini hal qilishlari 
mumkin. Aholi bandligi va mehnat bozorini tahlil qilish va istiqbolini 
belgilash mazkur vazirlik tashkilotlarining ishini takomillashtirishni talab 
etadi. hozir nodavlat korxonalari va tashkilotlarida ishchi kuchiga talab va 
undan foydalanish, kadrlami tayyorlash va qayta tayyorlash, mehnat 
sharoitlari va ish haqi bo’yicha ishonchli axborotlaming kamchiligi 
sezilmoqda.
- Shu bilan birga mulkchilikning turli xil shakllarining rivojlanishi, 
aholining ish bilan bandligi, ish joylarining harakati, ishchi kuchiga talab 
va taklifning miqdori, ishsizlikning holati qishloq joylarida kadrlami 
tayyorlash va qayta tayyorlash kabi masalalar bo’yicha ham strategik 
tadqiqotlar o ’tkazishni yaxshilash darkor. Ular mehnat bozoridagi ishchi 
kuchiga talab va uning taklifi o’rtasidagi nisbatni to’g’ri aniqlash 
imkoniyatini beradi.
104


- Mehnat bozorini rivoj lantirish tendentsiyalari va samarali bandlikni 
ta’minlash yo’nalishlari
Mehnat bozorinining shakllanishi va uni tartibga solish bozor 
munosabatlari sharoitidagi eng mu im va dolzarb masalalridan biridir. 
Mehnat bozorini o’rganish quyidagi demografik va ijtimoiyq iqtisodiy 
vaziyatlar inobatga olinishini taqozo etadi:
- respublikada mehnatga qobiliyatli aholining 60% dan ortig’i 
qishloq joylarda yashaydi va yalpi ichki mahsulotning 40%dan ko’prog’ini 
ishlab chiqaradi;
- noqishloq xo’jaligi ishchi joylari etishmasligi sababli ish bilan 
band bo’lmagan qishloq mehnat resurslari respublikada ish bilan band 
bo’lmagan aholining salmog’li qismini tashkil qiladi va ulaming soni 
o’smoqda;
- mehnatga qobiliyatli ish bilan band bo’lmagan kishilaming 
malakasi va safarbarligi pastligi ular yashash joylaridan shaharga va 
mamlakatdagi mehnat bilan kam ta’minlangan hududlarga hamda horijiy 
davlatlar ob'ektlariga qarab qarakat qilishlariga asosiy to’siq bo’lmoqda;
- hududlardagi sanoat, qurilish va xizmat ko’rsatish korxonalari 
hamda xususiy xo’jaliklarda yangi ishchi joylarini yaratish yo’li bilan 
ishchi kuchi talabi va taklifl o’rtasidagi ratsional nisbatni ta’minlash 
imkoniyatlari mavjud.
Aholi soni hududning iqtisodiy salohiyatiga katta ta'sir ko’rsatadi 
va ijtimoiy hayotdagi muhim shartlardan biri hisoblanadi.
Respublikaning ortiqcha mehnat resurslari ko’p bo’lgan hududlari 
ko’p bo’lgan mintaqalari, jumladan, Andijon. Farg’ona, Nmangan, 
Toshkent, Samarqand. Qashqadaryo, Surxandaryo, Buxoro va Xorazm 
viloyatlari uchun ishchi kuchiga bo’lgan talabni oshirish va uning taklifini 
kamaytirish mehnat bozorini tartibga solishning eng samarali usullaridir. 
Mintaqa kesimida ushubu usullar quyidagilarda o’z ifodasini topadi:
- A) ishchi kuchiga bo’lgan talabni oshirish usuli;
- B) ishchi kuchi taklifini kamaytirish usuli.
Birinchi usulda asosan mintaqa miqyosida ishchi kuchiga bo’lgan 
talabni oshirishni rag’batlantirish usullarini o’rganish va ishchi kuchini shu 
mintaqa uchun samarali bo’lgan tarmoqlami rivojlantirishga yo’naltirish 
lozim.
Ikkinchi usulda esa ijtimoiy ishlab chiqarishda band etilganlar 
o’rtasida ish vaqti va ish joylariini qayta taqsimlash yo’li bilan ishchi 
kuchi taklifini qisqarishiga olib kelish mumkin.
105


- Mehnat resurslarini prognoz qilishda quyidagi terminlarga: mehnat 
resurslarining sof o’sishi, mehnat resurslarining mexanik o’sishi. Shuning 
uchun ularga ta'rifni keltiramiz.
Mintaqalar uchun mehnat resurslarining sof o’sishi ko’rsatkichi bu 
shu mintaqada mehnat resurslarini tabiiy ko’payishi va kamayishi 
o’rtasidagi tafovut ko’rinishida hisoblanadi.
Ma'lum mintaqaga kelishlar soni bilan ketishlar soni o’rtasidagi 
tafovut mehnat resurslarini mexanik o’sishi yoki migratsiya deyiladi.
Bizga ma'lumki, yangi ish o’rinlarini yaratish asosan xizmat 
ko’rsatish va servisni, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal 
rivojlantirish, hamda kasanachilikni kengaytirish natijasida 2009 yilda 940 
mingta yangi ish o’rinlari yaratildi. Yangi ish o ’rinlari 
yaratishning 
hududiy dastrurlariga muvofiq 660 mingga yaqin, Inqirozga qarshi chora 
tadbirlami amalga oshirish natijasida esa 280 mingdan orti ish joylari 
barpo etildi. Ushbu yaratilgan ish joylarini mintaqaviy jihatdan tahlil 
qilsak, quyidagi natijalar qayd etilganligini ko’rishimiz mumkin:
- Samarqand (91,7 mingta), Farg’ona (90,0 mingta), Qashqadaryo 
(85,7 mingta), Toshkent (85,3 mingta), Andijon (77,3 mingta) viloyatlarda 
va Toshken shahrida (74, 1 mingta) hissasiga to’g’ri keladi._
Yangi ish o’rinlarini yaratish dasturlari ijrosi hududlar va va 
yo’nalishlar kesimida ta’minlangan bo’lsada, biroq kamchiliklar ham 
mavjud.
Ishlab chiqarish korxonalarini ishga tushirish, mavjud quvvatlami 
rekonstruktsiya qilish va kengaytirish hisobiga yangi ish joylarini tashkil 
etish Qoraqalpog’iston Respublikasi(2251 ta yoki jamiga nisbatan 4,7%) 
hamda Jizzax (2017 ta yoki jamiga nisbatan 4,7%), Buxoro (3540 ta yoki 
jamiga nisbatan 4,9%), Namangan(3185 ta yoki jamiga nisbatan 4,5%) 
viloyatlarida nisbatan sust kelmoqda.
Kasanachilik dasturiga kiritilgan 658 ta(9,3%) korxonada 2009 yil 
reja topshiriqlari ijrosi ta'minlanmagan. Ulaming 40 tasi yirik sanoat, 236 
tasi boshqa tarmoqlardagi yirik va 382 tasi kichik sanoat korxonalaridir. 
Ushbu 
kasanachilik 
dasturini 
mintaqa kesimida 
qarab 
chiqsak, 
Qashqadaryo (145 ta yoki 34,4%), Namangan (141 ta yoki 24,1%), 
Toshkent(123 ta yoki 20,5%), Farg’ona (70 ta yoki 14,3%) viloyatlari va 
Toshkent shahridagi (146 ta yoki 15%) bu kabi korxonalar ko’pchilikni 
tashkil etgan.
2010 yilda 950 mingta yangi ish o’mi yaratish dasturini ishlab 
chiqishda respublikada amalga oshirilayotgan barcha maqsadli dasturlar, 
real 
sektor 
tarmoqlarini 
rivojlantirish, 
investitsiya, 
lokalizatsiya,
106


modemizatsiya, infratuzilmani va hududlami rivoj lantirish dasturlari 
hamda Inqirozga qarshi dasturda belgilangan barcha chora tadbirlar 
inobatga olingan. Dastur mehnat bozorini holatini baholash hamda 2010 
yilda ish bilan bandlikka bo’lgan talabni hisobga olgan holda ishlab 
chiqilgan. Uning tarmoq va hududiy prognoz parametrlari ish o’rinlariga 
bo’lgan ehtiyoj asosida aniqlangan. Ushbu prognoz ko’rsatkichiga ko’ra 
2011 yilda respublikada ish o’rinlariga bo’lgan ehtiyoj 930 mingdan 
ortig’rog’ni tashkil etishi ko’zda tutilmoqda. Bunda ish o’rinlariga bo’lgan 
ehtiyoj mehnat bozoridagi quyidagi holatdan kelib chiqib aniqlangan:
- q monitoring natijasiga ko’ra bugungi kunda jami mehnatga muhtoj 
fuqarolar soni 590 mingdan ortiq. Jumladan Farg’ona viloyatida 76 
mingta, Samarqand viloyatida 69 mingta, Andijon viloyatida 67 mingta, 
Qashqadaryo viloyatida 50 mingta, Namangan viloyatida 49 mingta, 
Toshkent viloyatida 47 mingta mehnatga layoqatli iqtisodiy faol aholi 
mehnat bozorida qo’shimcha ishchi kuchi taklifl sifatida namoyon bo’ladi. 
2009-2010 o’quv yili yakuniga ko’ra ta'lim muassasalarini 510 ming nafar 
yosh bitirib, mehnat bozorida o’z ishchi kuchini taklif etishi kutilmoqda;
yaqin kelgusi yillarda demografik jarayonlar ta'sirida hamda 
mamlakatning ijtimoiyqiqtisodiy rivojlanishi natijasida iqtisodiy faol aholi 
soni 329 ming nafarga o’sishi ko’zda tutilmoqda. Mintaqa kesimida ushbu 
ko’rsatkich Farg’ona viloyatida 101,2 ming. Samarqand viloyatida 92,5 
ming, Andijon viloyatida 87,9 ming, Qashqadaryo viloyatida 76,6 ming, 
Toshkent viloyatida 73,8 ming, Namangan viloyatida 73,4 ming, Toshkent 
shahrida 82,2 mingta bo’lishi prognoz qilinmoqda.
hududiy 
dasturlar 
mintaqalaming 
o’ziga 
xos 
quyidagi 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda shakllantirilgan:
hududiy mehnat bozori kon’yunkturasi, ya’ni ishchi kuchiga talab 
va taklifning o ’zaro nisbati, ulaming o’zgarish tendentsiyalari, ya’ni 
kelgusi yil istiqbollari;
- hududlaming iqtisodiy salohiyati;
- hududlarda faoliyat yuritayotgan 
o’quv muassasalarining 
joylashuvi va kasb-ta’lim yo’nalishlari hamda ularda tayyorlanayotgan 
yosh kadrlar salmog’i.
Ish o’rinlarining nisbatan katta qismi mehnat bozorining bosimli 
holati mavjud bo’lgan hududlar, Farg’ona (91,2 mingta), Samarqand (92,0 
mingta), 
Toshkent 
(85,5 
mingta), 
Andijon 
(77,9 
mingta), 
Qashqadaryo(86,4 mingta), Namangan(71,0 mingta) viloyatlari va 
Toshkent shahri (80,4 mingta) ulushiga to’g’ri kelmoqda.
107


Shu bilan bir qatorda Qoraqalpog’iston Respublikasining 
Amudaryo, 
Kegeyli, 
Mo’ynoq, 
Andijon 
viloyatining 
Ulug’nor, 
Qo’rg’ontepa. 
Shahrixon, 
Qashqadaryo 
viloyatining 
Dehqonobod, 
Chiroqchi, Farg’ona viloyatining So’x, Rishton, Surxandaryo viloyatining 
Boysun va Sariosiyo kabi mehnat bozorida keskinlik mavjud tumanlarda 
ish o’rinlarini ko’paytirish ko’zda tutilgan.
2010 yilda ko’zda tutilgan 950 mingta yangi ish o’rinlarini 
yaratish huyidagilar hisobiga amalga oshirish ko’zda tutilgan:
- investitsiya, lokalizatsiya, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini 
rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish hisobiga 56 mingta yangi ish 
o’rinlarini yaratish, shulardan 31 mingtasi hududiy dasturlami amalga 
oshirish natijasida qamda 25 mingtasi xo’jalik birlashmalari tizimida yangi 
ob’ektlami ishga tushirish hisobiga tashkil etish rejalashtirilgan;
- xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, 
kichik korxona 
va 
mikrofirmalami tashkil etish hisobiga 477 mingta ish joylarini yaratish 
ta'minlanishi ko’zda tutilgan;
kasanachilik, oilaviy tadbirkorlikni va milliy unarmandchilikni 
amda oramolchilikni keng yo’lga qo’yish hisobiga 208 mingta ishsiz 
fuqarolar ish bilan ta'minlanadi;
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga esa 129 mingdan 
oshiq yangi ish joylarini yaratish asosida erishiladi.

Download 6.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling