Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti b. B. Berkinov, D. S. Ashurova, M. K. Abdullaeva, G. E. Zahidov
Nazorat va muhokama uchun savollan
Download 6.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Arm Б Б Беркинов ва бошқ Минтақаларни ижтимоий иқтисодий ривожланишини
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15.2. Ta’lim tizimining prognoz ko’rsatkichlari.
Nazorat va muhokama uchun savollan
119 XV BOB. MINTAQADA SOG’LIQNI SAQLASH VA TA’LIM TARMOQLARI KO’RSATKICHLARINI PROGNOZLASHTIRISHNING USLUBIY ASOSLARI. 15.1. Sog’liqni saqlash tizimini prognozlash ko’rsatkichlari. Sog’liqni saqlash tizimini prognozini ishlab chiqishda normativ turdagi modelni qo’llash maqsadga muvofiq. Sogliqni saqlashni prognozlash uchun asosiy daraja hududdagi aholi sonini va aholiga tibbiy hizmat ko’rsatish me’yorlari prognozini aniqlovchi tenglama hisoblanadi. Tibbiy hizmat ko’rsatish darajasini harakterlovchi asosiy ko’rsatkichlar quyidagicha: kasalhonalardagi o’rinlar soni; vrachlik lavozimlari soni, aholi orasida tibbiy muasssasalarga tashrif buyuruvchilari soni, dorihonalar soni, dam olish muassasalarining rivojlanganligi. Masalan, aholining tibbiyot kadrlari bilan ta’minlanganligi prognoz qiymatini aniqlash kerak bo’lsin. Buni murakkab bo’lmagan yo’l bilan hal etish mumkin. 1.Aholi sonining prognozini va 1 ming yoki 10 ming kishiga me’yorlar asosida to’gri keladigan vrachlar soni (shuningdek, yillar va mutahassislar bo’yicha) prognozini aniqlash. 2.Mavjud iqtisodiy-matematik modellami qo’llash orqali. Dorihonalaming soni amaldagi me’yorlar asosida mamlakat miqyosida 9 ming kishiga 1 dorihona, shaharlarda 7 ming kishiga 1 dorihona, qishloq joylarida va aholi yashash punktlarida ham shaharlarda 10-50 ming aholiga 1-10 ming kishi 50-100 ming aholiga 1-12 ming kishi 100500 ming aholiga 1-13 ming kishi lmln. va undan ortiq 1-20 ming kishi Shuningdek, bu erda me’yorlami bilishimiz ham zaruriydir. 15.2. Ta’lim tizimining prognoz ko’rsatkichlari. Zamonaviy sharoitda ta’limning holatini prognoz qilish o’ziga hos hususiyatga egadir. Islohotlar davrida fuqarolaming ta’limga nisbatan konstitusiion huquqlarini amalga oshirish bo’yicha talay ishlar amalga oshirildi. Ta’lim tizimini prognoz ko’rsatkichlari quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim 120 Maktabgacha ta’limni prognozlash amalga oshirishda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ishlar hisobga olinadi: -bozor munosabatlariga asoslangan maktabgacha ta’lim tarkibini optimallashtirish; -maktabgacha ta’limni mintaqaviy, maqalliy va tarmoq mablag’larinig o’zaro aloqasi asosida moliyalashtirish manbalariga o’tish; -oilada maktabgacha yoshdagi bolani tarbiya qilishda maktabgacha ta’limning turli tarkiblaridan foydalanish. Umumiy o’rta ta’lim Umumiy o’rta ta’lim bo’yicha quyidagilar hisoblanadi: -davlatning umumiy o’rta ta’lim tizimini saqlash va unda milliy va mintaqaviy jihatlami hisobga olish; -umumiy o’rta ta’limda kompleks holda yangi ahborot tehnologiyalaridan foydalanish, umumiy ta’limning pedagogik vositalarini kuchaytirish; -umumiy o’rta ta’limda qobiliyatli bolalarga va chegaralangan imkoniyatli bolalami ta’lim olishini qo’llabqquwatlash. Boshlanqich professional ta’lim -boshlanqich professional ta’limni rivojlantirish va uni saqlab qolish; -boshlanqich professional ta’limda tarkibiy o’zgarishlar va Mehnat bozorining mintaqaviy jiqatlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni shakllantirish; -boshlanqich professional ta’limda korhona va tarmoqlar bilan o’zaro integrasiiyani kuchaytirish. O’rta professional ta’lim -o ’rta professional ta’limni rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan ququqiy- normativ asoslarini amalga oshirishni takomillashtirish; -mintaqaviy Mehnat bozorida talabi yuqori bo’lgan o’rta professional ta’limni rivojlantirish; -o ’rta professional va oliy ta’lim orasidagi har qanday integrasiiyani rivojlantirish. Oliy ta’lim -O ’zbekiston Respublikasi fuqarolarini o’rta professional ta’limdan so’ng oliy ta’limga ega bo’lishlari uchun shart-sharoit yaratish; -Davlatning va alohida shahslaming qiziqishlarini hisobga olgan holda oliy ta’limni rivoj lantirishni shakllantirish; -oliy ta’lim tizimini amaliyot bilan bog’liqligini kuchaytirish va ulaming bazasida mintaqaviy o’quv-ilmiy-ishlab chiqarish kompleksini rivojlantirish; 121 -oliy ta’lim va undan keyingi ta’lini moliyalashtirishda konsolidlashgan davlat byudjetini barcha darajasidan, nobyudjet mablag’laridan va aholi mablag’laridan davlat tomonidan moliyalashtirishning minimal normativlarini ta’minlash uchun foydalanish. Oo’shimcha ta’lim -davlat va nodavlat qo’shimcha ta’lim tashkilotlarini saqlab qolish, rivojlantirish, qo’llab-quvvatlash; -qo’shimcha ta’limga bo’lgan talabni o ’rganish va u asosida qo’shimcha ta’limni faoliyat yuritishini talab darajasida amalga oshirish; -qo’shimcha ta’lim tizimida taqsil olayotganlami sifatsiz ta’limdan ijtimoiy muhofaza qilish uchun lisienziyalash, attestasiiyalash va akkreditasiiyalashni amalga oshirish. Demak, ta’lim tizimini prognoz qilishda maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, boshlanqich professional ta’lim, o’rta professional ta’lim, oliy ta’lim, qo’shimcha ta’lim ko’rsatkichlari asosida amalga oshiriladi. Download 6.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling