Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti b. B. Berkinov, D. S. Ashurova, M. K. Abdullaeva, G. E. Zahidov


XIV BOB. AHOLI TURMUSH DARAJASINING KO’TARILISHI


Download 6.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/126
Sana09.10.2023
Hajmi6.6 Mb.
#1696209
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   126
Bog'liq
Arm Б Б Беркинов ва бошқ Минтақаларни ижтимоий иқтисодий ривожланишини

114


XIV BOB. AHOLI TURMUSH DARAJASINING KO’TARILISHI 
VA IJTIMOIY RIVOJLANISHNI PROGNOZLASH.
14.1. Aholi turmush darajasini ko’tarilishi va ijtimoiy rivojlanishni
prognozlash tizimlari.
Xalq farovonligini aniqlovchi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy omil - bu, 
turmush darajasi bo’lib, u kishilaming jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy 
talablari darajasini xarakterlaydi. Extiyojlar xarakatini baxolash masalasi 
ijtimoiy-iqtisodiy jamiyat taraqqiyotini prognozlashda salmoqli o’rin 
tutadi.
Turmush darajasini aniqlovchi rivojlanish talablarini tahlil qilish
talablar tarkibida ulaming taraqqiyotiga ta’sir etuvchi sezilarli omillami 
aniqlash, sabab-oqibat va ehtiyojlar harakati orasidagi boglanishlami 
hamda aks etgan omillami o’matish, o’tmishdagi talab-ehtiyojlar 
o’zgarishini tahlil qilish, ijtimoiy taraqqiyot va turmush darajasi bilan 
o’zaro boglangan prognozlanadigan ko’rsatkichlami aniqlash asosida olib 
boriladi.
Bu sohada prognozlashning asosiy masalasi eng awalo aholining 
kelajakdagi talab-ehtiyojlarini va ulami qondirish imkoniyatlarini 
aniqlashdan iborat. Masalan, yuqori sifatli va turli-tuman oziq-ovqat 
mahsulotlari, xizmat ko’rsatish, uy-joy va boshqalar.
Ijtimoiy turmush tarzini har tomonlama va tubdan prognozlash 
muammolarini qamrab olish, umumdavlat turmushi darajasini ko’tarish va 
ijtimoiy rivojlanish prognozlari tizimini ishlab chiqish sistemaning 
ijtimoiy turmush darajasini barcha rejalashtirilgan jabhalarda ko’taruvchi 
kompleks rejalashtirishni ishlab chiqish bazasidir.
Ijtimoiy rivojlantirishni prognozlash va turmush darajasini ko’tarish 
tizimi, umumiy boglanishni va aqliy ketma-ketlik bo’yicha prognozlar 
ishlab chiqishni ta’minlovchi kompleks ko’rsatkichlarga asoslanadi. 
Ulaming eng dolzarblari quyidagicha:
-jamiyatning ijtimoiy tuzilishi va aholi tarkibini hamda sonining 
dinamikasini 
ifodolovchi 
(xarakterlovchi) 
ijtimoiy-demografik 
ko’rsatkichlar;
- umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar, turmush darajasining ko’tarilishini 
qiymat nuqtai nazaridan aniqlashga imkon beruvchi iqtisodiy sharoit, har 
bir jon boshiga to’gri keladigan milliy daromad, aholi daromadining 
strukturasi va dinamikasi, resurslaming iste’moli va ulaming milliy 
daromaddagi hajmi;
115


-asosiy oziq-ovqat mahsulotlari iste’molining ko’rsatkichlari; nooziq- 
ovqat tovarlari (mollari), aholi jon bishiga sotiladigan tovarlar hajmi
madaniy-maishiy jihozlar bilan oilaning ta’minlanganligi;
-uy-joy va kommunal qulayliklar bilan ta’minlanganlik, madaniy va 
maishiy xizmat ko’rsatish, bolalar, o’quv-profllaktik, sanatoriya-dam olish 
maskanlari, turistik muassasalar ko’rsatkichlari.

Download 6.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling