Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti b. B. Berkinov, D. S. Ashurova, M. K. Abdullaeva, G. E. Zahidov


 Mehnat bozorini prognozlash ko’rsatkichlari


Download 6.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/126
Sana09.10.2023
Hajmi6.6 Mb.
#1696209
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   126
Bog'liq
Arm Б Б Беркинов ва бошқ Минтақаларни ижтимоий иқтисодий ривожланишини

13.5. Mehnat bozorini prognozlash ko’rsatkichlari
Mehnat bozorini prognoz qilish uchun muvozanat va nomuvozanatli 
modelni ishchi kuchining talab va taklifl funksiiyasini ifodalash uchun 
qo’yadilar. Bu ikki model ham shu holatdain kelib chiqishadiki, qaysiki, 
ishchi kuchiga talab korhona va tashkilotlaming ishchilarga bo’lgan 
miqdor ifodasidan kelib chiqadi. U holda talab (Ls) quyidagi formula 
orqali ifodalaniladi:
Ls =L+V
bu erda Ls -real mavjud bandlik;
V-vakansiyalar yoki bo’sh ishchi joy lari.
Ishchi kuchiga taklif (Lp) quyidagicha ifodalaniladi:
Lp =L+N4Kp
bu erda N -birja statistikasi bo’yicha ishsizlar;
110


к р 
-ma’lum interval oraliqida o’zgarishlar koeffisiienti( umumiy 
ishsizlar sonidan ishga murojaat qilganlar soni, misol uchun har bir 
sakkizinchi, oltinchi, uchinchi).
Muvozanatli modelda asosiy tartibga soluvchi omil ish haqi 
hisoblanadi, ishchi kuchining talab va taklif tengligi esa chiziqli shaklda 
ifodalaniladi:
Ls =aj ( w/p)+ a 2 -Fs ;
Lp =bi( w/p) + b 2’Fp 
bu erda Ls -ishchi kuchiga talab;
Lp - ishchi kuchiga taklif; 
w- nominal ish haqi; 
p-narxlar darajasi;
Fs va Fp - ekzogen o’zgaruvchilar vektorlari bo’lib, ishchi kuchi talab 
va taklifini aniqlaydi;
a va b- noma’lum parametrlar vektorlari.
Ushbu modelda ish haqi talab va taklifni muvozanatga keltiradi, ya’ni 
Ls Lp tenglamalar sistemasi orqali esa muvozanatli ish haqi ( w p) va 
muvozanatli bandlik(L) darajasi aniqlanadi.
Nomuvozanat modelida esa talab va taklif vaqtning turli oraliqida 
teng emas, bandlik esa berilgan vaqtda real haraladi, talab va taklifning 
minimal oraliqida ko’riladi: L min {Ls , Lp}. Ushbu ko’rinish shuni 
ifodalaydiki, har qanday vaqt oraliqida real ishsizlar belgilanganden oshiq 
bo’lmaydi. Bu o’z holatdai ishchi kuchi bo’lgan korhonalaming talabi 
taklifdan ortiqcha bo’lmasligini izoqlaydi.
Bozor muvozanatining klassik shartiga ko’ra dQ/dL=w/p (bu shuni 
anglatadiki, qo’shimcha 
Mehnat resurslaridan ulaming chegaralangan 
ishlab chiqarishi dQ/dL real ish haqiga teng bo’lgunga qadar 
foydalanadilar), talab egri chiziqi esa quyidagicha bo’lishi mumkin: Ls 
=LS (w/p, Q ) ,
bu erda w/p real ish haqi darajasi,
Q ishlab chiharilgan maxsulot hajmi, shu bilan birga
quyidagi holatdai d(Ls) /d(w/p) <0, d(Ls)/ dQ>0/
Bandlikni prognoz qilishda quyidagi mantiqiy ketmaqketlik bajariladi:
• mamlakat ishchi kuchisining asosiy manbai Mehnatga layoqatli 
aholi ekanligini hisobga olgan holda, prognoz qilinayotgan davr uchun 
aholi sonining yosh tarkibi aniqlanadi. SHu bilan bir qatorda kishilaming 
demografik va migrasiion qulqini hisobga olish lozim;
• aholining yosh bo’yicha tarkibini aniqlagandan so’ng esa Mehnat 
resurslari, ya’ni iqtisodiy faol aholi soni prognoz davr uchun aniqlanadi.
i l l


%
Buning uchun aholining umumiy tarkibidan erkaklar 16-59 yosh, ayollar 
16-54 yoshdagilari chiharib tashlanadi. Olingan natija shuningdek 
ishlamayotgan invalidlarga va ishlayotgan o’smir va pensionerlar 
hisobidan korrektirovka qilinadi. Natija esa Mehnat bozorida ishchi kuchi 
taklifmi anglatadi;

aniqlangan 
ishchi kuchi taklifi prognozi quyidagi 
sifat 
ko’rsatkichlari: yosh tarkibi bo’yicha, shahar va qishloq, ta’lim darajasi va 
boshqalar bo’yicha to’ldiriladi.
Yaxlit holdagi aholi prognoz soni va strukturasi dastlab tashqi 
migratsiyani hisobga olmagan holda amalga oshiriladi, chunki uning 
hissasi uncha katta emas, biroq regionlar uchun demograflk prognozlar 
aholi migratsiyasini hisobga olgan holda tuzilishi lozim.
Migratsiya nafaqat aholining umumiy soniga ta’sir qiladi, balki uning 
nisbiy va yosh strukturasini ham o’zgartiradi. Shuning uchun bu omil 
tugilish bilan bir qatorda asosiy omil hisoblanadi. 
Migratsiya 
koeffitsiyentini hisoblash uchun dastlab region hududining har 1000 
kishisiga to’gri keladigan ko’chib kelishlaming o ’rtacha soniga teng 
bo’lgan ko’chib kelish koeffitsiyentini hisoblash lozim. Har 1000 kishiga 
hududdan ko’chib ketish va kelishlar koeffitsiyenti beriladi. So’ngra 
ko’chib ketishlar va kelishlar o ’rtasidagi farq hisoblanadi. Bu farq sof 
migratsiya 
koeffitsiyentini 
yoki 
migratsiya 
soldosi 
koeffitsiyenti 
hisoblanadi. U madaniy yoki musbat ishorali bo’lishi mumkin. Ko’chib 
keluvchilar va ko’chib ketuvchilar soni hududning jami aholi uchun 
hisoblangani kabi har bir jinsi yoki guruhlar uchun alohida hisoblanadi. 
Migratsiyani hisobga olgan holda aholi sonini prognozlash ikki bosqichda 
amalga oshiriladi.
1 - bosqichda aholi tabiiy o’zgarishi prognozlash usuli asosida amalga 
oshiriladi. Masalan, ikki omil tugilish va o’limning ta’sirini hisobga olib 
korrelatsion analiz yordami.
Aholining jinsiy yosh tarkibi uchun yoshning siljishi metodidan 
foydalaniladi. Ushbu usulning mohiyati shundan iboratki, aholi sonini 
yuzaga kelgan yosh va jinsiy strukturadan kelib chiqib jins va yosh 
bo’yicha hisoblashda kutilayotgan tugilish va o’lim darajalari mos 
ravishda qo’shiladi va ayriladi.
2-bosqichda hosil qilingan aholi soniga (umumiy yoki jinsiy yosh) 
migratsiya ta’siridan tuzatishlar kiritiladi. Buning uchun aholi soni sof 
migratsiya koeffitsiyentiga ko’paytiriladi va ishorasiga qarab hisoblangan 
tuzatma kattaliklar birinchi bosqichda topilgan umumiy aholi soniga 
qo’shiladi yoki ayriladi.
112


Demografik prognozlashlashning yetakchi o'rinlaridan biri mehnat 
resurslari sonining perspektiv baholanishi hisoblanadi. Uning negizi 
aholining jinsiy yosh strukturasi bo’yicha sonining prognozi sanaladi, 
buning asosida mehnatga layoqatli 16— 55 (59) yoshdagi aholi soni 
to’g'risidagi ma’lumotlar olinadi,
Prognozlashda eng avvalo mehnat resurslarini takror ishlab 
chiqarishning barcha tomonlarini qamrab oluvchi mavjud (yoki yuzaga 
kelgan) 
qonuniyatlar 
va 
proporsiyalar 
(ulaming 
shakllanishi, 
takomilashishi va qo’llanilishi) bo’yicha o’rganish lozim. Bulaming 
barchasi shunga muvofiq statistik yoki boshqa ahborot to’planishini talab 
qiladi.
Aholi sonini prognozlashda ekstropolyatsiya va matematik modellash 
usullaridan keng qo’llaniladi.
Immigratsiya usuli asosida dinamik qatorlardan foydalangan holda 
aholi harakatining turli komponentlari prognozlari aniqlanadi. Bu prognoz 
o’rta va uzoq muddatli davr uchun yaratiladh Hozirgi paytda matematik 
modellash usullari va birinchi navbatda omilli analiz usuli keng 
qo’llanilmoqda.
Aholi sonini prognozlash modeli tenglamalar tizimi ko’rinishida 
tuziladi.

Download 6.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling