Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti b. B. Berkinov, D. S. Ashurova, M. K. Abdullaeva, G. E. Zahidov
XIV BOB. AHOLI TURMUSH DARAJASINING KO’TARILISHI
Download 6.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Arm Б Б Беркинов ва бошқ Минтақаларни ижтимоий иқтисодий ривожланишини
114
XIV BOB. AHOLI TURMUSH DARAJASINING KO’TARILISHI VA IJTIMOIY RIVOJLANISHNI PROGNOZLASH. 14.1. Aholi turmush darajasini ko’tarilishi va ijtimoiy rivojlanishni prognozlash tizimlari. Xalq farovonligini aniqlovchi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy omil - bu, turmush darajasi bo’lib, u kishilaming jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy talablari darajasini xarakterlaydi. Extiyojlar xarakatini baxolash masalasi ijtimoiy-iqtisodiy jamiyat taraqqiyotini prognozlashda salmoqli o’rin tutadi. Turmush darajasini aniqlovchi rivojlanish talablarini tahlil qilish, talablar tarkibida ulaming taraqqiyotiga ta’sir etuvchi sezilarli omillami aniqlash, sabab-oqibat va ehtiyojlar harakati orasidagi boglanishlami hamda aks etgan omillami o’matish, o’tmishdagi talab-ehtiyojlar o’zgarishini tahlil qilish, ijtimoiy taraqqiyot va turmush darajasi bilan o’zaro boglangan prognozlanadigan ko’rsatkichlami aniqlash asosida olib boriladi. Bu sohada prognozlashning asosiy masalasi eng awalo aholining kelajakdagi talab-ehtiyojlarini va ulami qondirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Masalan, yuqori sifatli va turli-tuman oziq-ovqat mahsulotlari, xizmat ko’rsatish, uy-joy va boshqalar. Ijtimoiy turmush tarzini har tomonlama va tubdan prognozlash muammolarini qamrab olish, umumdavlat turmushi darajasini ko’tarish va ijtimoiy rivojlanish prognozlari tizimini ishlab chiqish sistemaning ijtimoiy turmush darajasini barcha rejalashtirilgan jabhalarda ko’taruvchi kompleks rejalashtirishni ishlab chiqish bazasidir. Ijtimoiy rivojlantirishni prognozlash va turmush darajasini ko’tarish tizimi, umumiy boglanishni va aqliy ketma-ketlik bo’yicha prognozlar ishlab chiqishni ta’minlovchi kompleks ko’rsatkichlarga asoslanadi. Ulaming eng dolzarblari quyidagicha: -jamiyatning ijtimoiy tuzilishi va aholi tarkibini hamda sonining dinamikasini ifodolovchi (xarakterlovchi) ijtimoiy-demografik ko’rsatkichlar; - umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar, turmush darajasining ko’tarilishini qiymat nuqtai nazaridan aniqlashga imkon beruvchi iqtisodiy sharoit, har bir jon boshiga to’gri keladigan milliy daromad, aholi daromadining strukturasi va dinamikasi, resurslaming iste’moli va ulaming milliy daromaddagi hajmi; 115 -asosiy oziq-ovqat mahsulotlari iste’molining ko’rsatkichlari; nooziq- ovqat tovarlari (mollari), aholi jon bishiga sotiladigan tovarlar hajmi, madaniy-maishiy jihozlar bilan oilaning ta’minlanganligi; -uy-joy va kommunal qulayliklar bilan ta’minlanganlik, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish, bolalar, o’quv-profllaktik, sanatoriya-dam olish maskanlari, turistik muassasalar ko’rsatkichlari. Download 6.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling