Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov


Download 1.17 Mb.
bet19/160
Sana13.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1353989
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   160
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

C + I = C + S yoki I = S


Ushbu ayniyatdan ko‘rinib turibdiki, uy xo‘jaliklarining jamg‘arishga bo‘lgan istaklari tadbirkorlikning qancha miqdorda investitsiyalash xohishlariga mos tushsa, unda daromadlar hajmi (C+S) va yalpi xarajatlar (C+I) hajmiga tengligiga yoki ishlab chiqarishning muvozanat darajasiga erishish mumkin.
Aytaylik, mamlakat iqtisodiyoti ochiq, ya’ni eksport-import aloqalari yo‘lga qo‘yilgan, soliq solish va transfert to‘lovlari ko‘rinishida davlat aralashuvi mavjud bo‘lsin. Bunday holatda jamg‘arish tushunchasi murakkablashib, quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:21

S = Sp + Sg + Sx


Bu yerda: Sp - xususiy jamg‘armalar; Sg - davlat jamg‘armalari;
Sx - boshqa mamlakatlar jamg‘armalari.
Bunda xususiy jamg‘armalar daromadlar (Y), transfert to‘lovlari (TR), davlat zayomlari bo‘yicha foizlar yig‘indisidan (N) soliqlar (T) va iste’mol (C) xarajatlari yig‘indisini ayirish natijasiga teng bo‘ladi.

Sp = (Y + TR + N - T) – C


Davlat jag‘marmalari quyidagi miqdorga teng bo‘ladi:

Sg = (T - TR - N) – G


Agar davlat jamg‘armalari nolga teng bo‘lsa, davlat budjeti muvozanatlashgan, jamg‘arishning manfiy miqdori budjet taqchilligini (BT) bildiradi:

BT = - Sg


Bu yerda: BT – budjet taqchilligi miqdori.



21 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 70
Boshqa mamlakatlarning jamg‘armalari tashqi dunyoning bizning importimiz hisobiga olgan daromadlaridan ularning bizning eksportimizga sarflangan harajatlarini ayirib topiladi.
Sx =M – X yoki Sx = -Xn
Agar mamlakat eksportiga nisbatan ko‘proq import qilsa, unda daromadlarning bir qismi xorijda qoladi va keyinchalik undan xorijiy sheriklar tomonidan mamlakatimizda ko‘chmas mulk va moliyaviy aktiv sotib olishda foydalaniladi.
Har qanday holatda ham barcha turdagi jamg‘armalarning umumiy yig‘indisi investitsiyalarga teng bo‘ladi:

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling