Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali «Tabiiy, ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat» kafedrasi “Falsafa” fanidan yakuniy nazorat savollari


Bilishda subyekt va obyektning o’zaro aloqadorligi deganda nimani tushunasiz?


Download 96.82 Kb.
bet33/48
Sana06.02.2023
Hajmi96.82 Kb.
#1170178
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   48
Bog'liq
Falsafadan savollar YaN ketidan jaja

Bilishda subyekt va obyektning o’zaro aloqadorligi deganda nimani tushunasiz?

Bilishda subyekt va obyektning o’zaro aloqasi. Bilish dunyoning obyekt va subyektga bo’linishini nazarda tutadi.


Falsafada bu tushunchalar jonli mavjudot bo’lgan insonni bilish jarayoniga olib kiradigan va bu jarayonga salbiy ta’sir ko’rsatadigan subyektivlikdan uzoqlashish uchun ishlab chiqilgan. Bilimning obyektivligi, haqiqatning subyektdan mustaqilligini e’lon qilinganda namoyon bo’ladi. Sxolastika tabiatshunoslikning rivojlanishiga to’sqinlik qilgan sharoitda ilmiy bilish subyektlarining o’tkinchi manfaatlari ko’pincha obyektivlikka xalaqit bergan, shu bois bu tushunchalarning aniq farqlanishi o’rinli bo’lgan. Faylasuflarni subyektning obyektga ta’siri muammolari, anglab yetilayotgan obyektga subyektivlikning ta’siri yo’llari va xususiyati masalalari tobora ko’proq qiziqtira boshlagan hozirgi kunda ham bu muammo o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q.


Subyekt – bu bilish faolligining manbai. Subyekt deganda odatda individ tushuniladi. Biroq bu uncha to’g’ri emas. Subyekt – bu, albatta, avvalo bilish qobiliyatiga ega bo’lgan individ. Subyekt – bu mikroguruh, ijtimoiy guruh sinf, jamiyat hamdir. Tafakkur jarayoni amalga oshadigan bosh miya po’stlog’ida tafakkur muayyan insonning harakatlari, uning kechinmalari, his-tuyg’ulariga qaratilishi mumkin: bu holda ong o’zining alohida jihati – o’zlikni anglash sifatida amal qiladi, tafakkur (individ doirasida) nimaga qaratilgan bo’lsa, shu obyekt bo’ladi.


Subyekt negizi butun ijtimoiy yaxlitlikni tashkil etuvchi murakkab iyerarxiyadan iborat. Pirovard natijada bilim va donishmandlikning oliy yaratuvchisi – butun insoniyat. Uning tarixiy rivojlanishida uncha yirik bo’lmagan birliklar ajratiladi, bu birliklar sifatida ayrim xalqlar amal qiladi. Har bir xalq o’z madaniyatida qayd etiladigan me’yorlar, g’oyalar va qadriyatlarni yaratib, asrdan asrga bilish faoliyatining alohida subyekti sifatida o’tib keladi. U tabiat hodisalari, hayvonlar yoki o’simliklarning shifobaxsh xossalari, turli xalqlarning huquqlari va urf-odatlari haqida ma’lumotlar to’playdi. Jamiyatda maxsus vazifasi va mashg’uloti hayot uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan bilimlar yaratishdan iborat bo’lgan individlarning tarixiy guruhlari ajratiladi. Xususan, subyekti olimlar hamjamiyati bo’lgan ilmiy bilimlar shunday bilimlar jumlasidan. Bu hamjamiyatda qobiliyati, iste’dodi va bilimi bilan bilish sohasida yuksak natijalarga erishadigan ayrim individlar alohida o’rin tutadi.

  1. Bilish nima?

Bilish va bilim. Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini organish falsafa tarixida muxim orin egallab kelmokda. Inson oz bilimi tufayli borliq, tabiat, jamiyatni va nixoyat, oz-ozini ozgartiradi. Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muxim ahamiyatga ega. Shu bois ham falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shug`ullanuvchi maxsus soxasi — gnoseologiya vujudga keldi.


  1. Download 96.82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling