Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 254.6 Kb.
bet29/71
Sana22.04.2023
Hajmi254.6 Kb.
#1379222
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   71
Bog'liq
qurilish tashkl.

uni natijalarining hisobi
Qurilish tashkilotlarida materiallami inventarizatsiya qilish, uning natijalarini aniqlash, hujjatli rasmiylashtirish va hisobga olish respublikamizda qabul qilingan BHMS 19 «Inventarizatsiyani tashkil qilish va o‘tqazish»da keltirilgan tartib- qoidalarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ushbu standartga asosan qurilish tashkilotlarida tovar-moddiy boyliklarning rejali inventarizatsiyasi har yili kamida bir marta o‘tqaziladi. Moddiy boyliklarni o‘g‘irlash va talon-taroj qilish holatlari aniqlanganda, favqulotdagi hodisalar yuz berganda, shuningdek boshqa kutilmagan voqealar sodir bo‘lganda rejadan tashqari inventarizatsiyalar o‘tqazilishi mumkin.
Tovar-moddiy boyliklar inventarizatsiyasi qurilish rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan doimiy va ishchi inventarizatsiya komissiyalari tomonidan o‘tqaziladi.
Inventarizatsiyada moddiy boyliklarning mavjud holati ularni sanash, tortish, o‘lchash va shu kabi boshqa usullar yordamida aniqlanadi. Sanash, tortish, o‘lchash uchun moddiy boyliklar dastlab bunga imkon berish holatiga keltiriladi. Chunonchi:

  • taxtalar enining o‘lchov birligiga (20mm, 30 mm, 40mm, 50 mm) qarab taxlab chiqiladi;

  • bolarlar ularning uzunligi va diametriga qarab guruhlanadi;

  • mixlar ularning uzunligiga qarab guruhlarga ajratiladi;

  • shifer va tunukalar ularning eni hamda bo‘yining razmeriga qarab ajratiladi;

  • g‘ishtlar kvadrat holatiga keltirilgan holda taxlanadi;

  • havzada saqlanayotgan sement havza yuzasini aniqlash uchun bir tekisga keltiriladi;

  • trubalar va armaturalar diametriga qarab saralanadi;

  • qum va shag‘al ularni kubometr holda o‘lchash holatiga keltiriladi;

  • qurilish maydonchalarida ishlatilayotgan har xil vaqtinchalik notitul moslamalar (qoliplar, konstruksiyalar, yo‘lkalar, devorlar, yuvinish va sanitariya xonalari) ularning o‘lchamlari, baholangan qiymatiga qarab guruhlarga ajratiladi;

  • buyurtmachiga tegishli bo‘lgan materiallar va o‘rnatishga mo‘ljallangan uskunalar alohida joylarga taxlanadi.

Xuddi shu tarzda boshqa materiallar ham ularning real miqdorini aniqlashga imkon beruvchi holatga keltiriladi.
Inventarizatsiya komissiyasi a’zosi material boyliklarning aniqlangan real miqdorini inventarizatsiya varaqlariga (Inv-3 shakl) yozib boradi. Inventarizatsiya varaqlarining har bir beti komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi. Inventarizatsiya yakunlangach, buxgalteriyada inventarizatsiya varaqalari ma’lumotlari va materiallar hisobi kartochkalari yoki kitoblari ma’lumotlari taqqoslanib, inventarizatsiya natijalari aniqlanadi. Bunday taqqoslash natijalari «Taqqoslash qaydnomasi» (Inv-19 shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu
qaydnomaga buxgalter va moddiy javobgar shaxs imzo qo‘yadi, u rahbar tomonidan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan taqqoslash qaydnomasi ma’lumotlari inventarizatsiya natijalarini hisobga olishga asos bo‘lib hisoblanadi.
Bir xil nomdagi, lekin qiymati bo‘yicha o‘zaro farq qiladigan materiallar, konstrnksiyalar, moslama va buyumlar bo‘yicha rahbarning ruxsati bilan kamomadlami ortiqchalar bilan qoplanishiga ruxsat etiladi. Bunday hollarda hisobda materiallarning faqat qiymatlari bo‘yicha farq kamomad yoki ortiqcha sifatida aks ettiriladi.
Inventarizatsiyada materiallar bo‘yicha aniqlangan ortiqchalar qurilish tashkilotining foydasiga olib boriladi va ular hisobda quyidagicha aks ettiriladi:

Download 254.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling