Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N


Download 1.88 Mb.
bet80/97
Sana02.06.2024
Hajmi1.88 Mb.
#1835926
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   97
Bog'liq
Статистика маъруза матнлари

Ish vaqti resurslari

Ish vaqtidan foydalanish

1. Kalendar fondi - 9100
2. Bayram va dam olish kunlari – 2400
3. Tabel fondi – 6700
4. Navbatdagi mehnat ta’tillari – 4800
5. Maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi – 6220

1. Amalda ishlangan vaqt – 5868
2. Uzurli sabablar bilan ish vaqtini yo’qotish – 136
shu jumladan:
betobligi sababli – 56
o’qish vaqti sababli – 20
qonun bo’yicha – 60
3. Ish vaqtini yo’qotish – 216
shu jumladan:
kun bo’yi to’xtab turishlar – 200
progullar – 4
rahbariyat ruxsati bilan – 12
4. Maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi – 6220 (5868+136+216)

Jami: 6220

Jami: 6220

Demak, MIIVFning: - 94,3% amalda ishlagan


- 2,2% uzurli sabab bilan yo’qotish
- 3,5% uzursiz sabab bilan yo’qotish
100%
Demak, ish vaqti balansi – ish vaqti resurslari va ulardan foydalanish haqida to’liq ma’lumot olish va tahlil qilish imkoniyatini beradi.
15-MAVZU. MILLIY BOYLIK STATISTIKASI


15.1. Milliy boylik tushunchasi, hajmi va tarkibi.
Milliy boylik muhim ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo’lib, u ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining boshlang’ich va yakuniy xolatini ifodalaydi. Milliy boylik hajmining ortishi iqtisodiy o’sishning muhim omili hisoblanadi. Shu bilan birga milliy boylikda ishlab chiqarish jarayonining natijalari mujassamlanadi. U ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga to’ldiriladi va yangilanadi. Milliy boylik hajmi, uning tarkibi, dinamikasi va ulardan foydalanish darajasi davlat va xalqaro statistikada mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim yakunlovchi ko’rsatkichlari sifatida qaraladi. Milliy boylik xajmi va tarkibining o’zgarishiga qarab takror ishlab chiqarish va jamg’arish jarayonining tendenstiyalari haqida fikr yuritiladi.
Milliy hisoblar tizimi (1993 y.) doirasida milliy boylik asosida iqtisodiy aktivlar tushunchasi yotadi.
Iqtisodiy aktivlar – xususiy yoki jamoa mulki bo’lib, ularga egalik qilish yoki ulardan foydalanish natijasida mulk egalari iqtisodiy jihatdan manfaatdor bo’lishlari mumkin. Har bir iqtisodiyot aktiv qiymatga ega bo’lib, vaqt o’tishi bilan uning qiymati o’zgaradi. Har xil aktivlar o’z egasiga har xil manfaat keltiradi:
- imorat, mashina, uskunalar ishlab chiqarish jarayonida foydalanishdan daromad keltiradi;
- moliyaviy aktivlar va er o’z egalariga mulkdan olingan daromad sifatida manfaat keltiradi (foizlar, devidentlar, renta);
- har qaysi aktivga qiymat zahirasi sifatida ega bo’lishdan olingan manfaat yoki uni hoxlagan vaqtda sotib yuborishi mumkin.
Ba’zi aktivlarga egalik qilish davri, ulardan manfaat olish tugagungacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Ikkinchi xil aktivlarga egalik qilish shu davr kelgunga qadar ular sotib yuboriladi va kelajakda olinishi mumkin bo’lgan daromad oldinroq olinadi. Uchinchilari (masalan, qimmatbaho metallardan, toshlardan qilingan buyumlar va h.k.) sof holda qiymat zahirasi sifatida xech qanday boshqa manfaat ko’rsatmasdan faqat yig’ilgan boyliklarni asrash va sotish sifatida saqlanishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan ta’riflarga asosan iqtisodiy aktivlar bo’yicha uchta xolatni ajratish mumkin:
- ob’ekt qandaydir mulk egasida bo’lishi lozim (davlat, xususiy yoki boshqa formada);
- mulk egasi ob’ektga egalik qilish va undan foydalanishdan qandaydir manfaat olishi lozim;
- ob’ektni aktivlarga kiritishning muhim sharti uni hoxlagan vaqtda boshqa institustion birliklarga sotib yuborish mumkin.
Bu xususiyatlarga faqat inson mehnati tufayli yaratilgan material boyliklar (asosiy fondlar, material aylanma mablag’lar va zahiralar) emas, balki moliyaviy instrumentlar (depozitlar, akstiyalar va h.k.) yoki tabiiy hosil bo’lgan ob’ektlar: er va er osti, o’rmonlar va boshqa o’simlik resruslari, yovvoyi hayvonlar ham bo’lishi mumkin. MHTga asosan tabiiy resurslar mamlakatlarning iqtisodiy aktivlariga ularning egalari (davlat, tashkilot, muassasalar va h.k.) ulardan real daromad olish uchun foydalanilgan taqdirda kiritiladi.
Atrof muhit muhofazasi ob’ektlari (osmon bo’shlig’i, ochiq suv havzalari) kimningdir mulki bo’laolmaydi yoki o’z egasiga qandaydir manfaat keltirmaydi (masalan, foydali qazilma zahiralaridan xozirgi texnik darajada yoki hozirgi bahoda manfaat kelmaydi). Shuning uchun, ular iqtisodiy aktivlarga kiritilmaydi. Iqtisodiy aktivlarga yana uy xo’jaliklari tomonidan sotib olingan uzoq muddat davomida foydalaniladigan buyumlar ham kiritilmaydi.

Milliy hisoblar tizimi (1993 y.)da iqtisodiy aktivlarni tasniflash



Iqtisodiy aktivlarni tasniflashda avvalo ular ikki sinfga ajratiladi: moliyaviy aktivlar va nomoliyaviy aktivlar.
Moliyaviy aktivlar ko’p jihatdan moliyaviy talablar va majburiyatlardan iborat. Bunda ikki institustion birliklar orasida tuzilgan bitimga asosan biri mablag’ (kapital) beradi. MHTda moliyaviy talab aktiv hisoblanib, uning egasi (kreditor) boshqa institustion birlik (debitordan) tuzilgan birlikka asosan to’la yoki bir necha to’lovlarni oladi. Binobarin, kreditor faqat o’zi bergan qarz mablag’nigina emas, balki yana mulk egasi sifatida foizlar, daromadlar xam oladi. Bir institustion birlik tomonidan shunday talabning mavjudligi, boshqa bir institustion birlik tomonidan majburiyat bo’lishini taqozo qiladi. Moliyaviy talablar (majburiyatlar) har xil ko’rinishga ega bo’lishi, moliyaviy aktivlarning har xil ko’rinishida yuzaga keladi.
1. Monetar oltin – bu davlatning pul-kredit muassasalarida markazlashgan xolda saqlanuvchi slitka yoki moneta formasidagi oltin zahiralari. Ular sotib olish qobiliyatini oshirish maqsadida sotib olinadi.
2. O’rnini bosuvchi huquqiga ega bo’lgan mahsus mablag’lar (O’BXEBMM) – xalqaro valyuta fondi tomonidan tashkil etilgan xalqaro rezerv va to’lov mablag’lari, shu fondga a’zo bo’lgan davlatlar orasida taqsimlanadi. O’BXEBMM dunyo pul mablag’lari bo’lib, ular xalqaro pulsiz hisob-kitob ishlarini XVF maxsus hisoblarida amalga oshiradilar. Ular faqat hukumatlar darajasida markaziy banklar va xalqaro tashkilotlar orqali xalqaro qarz yo’qotuvchi mablag’ sifatida ishlatiladi.
3. Mavjud pullar (valyuta) - hisob-kitob qilish uchun ishlatiladigan muomaladagi banknot va tangalar. Muomalaga chiqarilgan mavjud pullar uni chiqargan muassasa (odatda markaziy bank) uchun majburiy hisoblanadi.
4. Depozitlar – banklarga asrab berish uchun o’tkazilgan pul mablag’lari. Bu moliyaviy «aktiv»ga banklarning fondlar bilan qaytarib berish majburiyati bo’lgan mablag’larga qarshi turadi. Depozitlar (pul mablag’lari kabi) yoki milliy yoki xorij valyutalarida bo’lishi mumkin, ular rezident-muassasalarning yoki qolgan dunyoning majburiyati bo’lishi mumkin.
5. ªimmatbaho qog’ozlar (akstiyalardan tashqari) – ularni chiqargan shaxsga nisbatan, ularning egasi tomonidan mulkiy huquq beradigan pullik xujjatlar. O’zining mohiyatiga ko’ra ular qarz majburiyatlari hisoblanadi.
Bularga veksellar, obligastiyalar, depozit sertifikatlar, privatizastion cheklar va boshqalar kiradi.
6. Ssudalar – kreditor tomonidan bevosita qarz oluvchiga beriladigan moliyaviy instrument hisoblanadi. Bu operastiya odatda xujjat bilan tasdiqlanadi va bu xujjatni birovga berish mumkin emas. Bularga banklar tomonidan korxonalar yoki uy xo’jaliklariga berilgan ssudalar misol bo’laoladi (uzoq muddatga sotib olishga kredit, istemolchi krediti, moliyaviy lizing)
7. Texnik sug’urta rezervlari – sug’urta imkoniyatlarini o’tkazish texnikasi taqozo etishi natijasida yaratilgan moliyaviy aktivlar sug’urta to’lovlari va sug’urta yig’imlari orasidagi vaqt sug’urta tashkilotlarida texnik rezerv sifatida katta xajmdagi summani yig’ish imkoniyatini yaratadi. Ularni yaratish sug’urta kompaniyalari uchun zarur hisoblanadi, chunki ular sug’urta qilayotganlar uchun vakolat bo’lishlari kerak. MHTda texnik sug’urta rezervlari ikki guruhga bo’linadi:
- uy xo’jaliklarining rezervdagi sof aktivlari qiymati – xayotni va nafaqa fondini sug’urtalash;
- sug’urtalashning boshqa turlari bo’yicha (xayotni sug’rtalashdan tashqari) to’lov rezervlari va tartibsiz talablarning rezervlari.
8. Akstiyalar va kapitalda ishtirok etishning boshqa turlari – ustav kapitalga ma’lum nisbatda hissa qo’yilganligi xaqidagi xujjat bo’lib, u o’z egasiga foydaning ma’lum qismini devident sifatida olish huquqini beradi.
9. Debitor va kreditorlarning boshqa hisoblari – savdo krediti, bitmagan ishlar va boshqalar hisobidan avanslar.
Nomoliyaviy aktivlarga – egalari ulardan iqtisodiy faoliyat natijasida yoki qiymat zahirasi sifatida manfaat ko’rishlari mumkin bo’lgan ob’ektlardir. Ular ishlab chiqarilgan yoki ishlab chiqarilmagan ob’ektlar bo’lishi mumkin.
Ishlab chiqarilgan aktivlar – MHTda ishlab chiqarish jarayoni natijasida paydo bo’gan nomoliyaviy aktivlar deb ataladi. Ular asosiy kapital, material oborot mablag’lar va boyliklar zahirasidan tashkil topadi.
Asosiy kapital – ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan milliy boylikni bir qismi uni natural – mulk holatini uzoq muddat davomida o’zgartirishdan iqtisodiyotda foydalaniladi va o’z qiymatini tayyor mahsulot va xizmatlarga asta sekin o’tkazaboradi. Asosiy kapital material va nomaterial qismlarga bo’linadi. Material asosiy kapitalga yashaydigan va mamlakatdagi bino va inshootlar, mashina va uskunalar, transport vositalari, parvarish qilinadigan tabiiy aktivlar (ishchi mahsuldor mollar, mevali bog’lar va boshqa ekilgan daraxtlar), tarixiy yodgorliklar va h.k. MHTning yangicha talqini bo’yicha asosiy kapitalga xarbiy uskunalarning ba’zi turlari kiritilgan bo’lib, ular faqat xarbiy maqsadlarda emas, balki fuqarolik extiyojlari uchun ham ishlatiladi (aerodromlar, avtomobillar va h.k.).
Nomaterial asosiy kapitalni ajratish 1993 yildagi MHTning yangiligi hisoblanadi. Ularga inson mehnati natijasida yaratilgan va xamma bilishi shart bo’lmagan axborotlar bo’lib, ular qandaydir asrovchiga o’tkazilgan. Ularning qiymati ularda asralayotgan axborotning qiymatiga bog’liq. Bunga foydali qazilma boyliklarni qidirish harajatlari, dasturiy ta’minot, adabiyot va san’atning noyob asarlari (filmlar, ovoz yozib olishlar, qo’lyozmalar va h.k.) va boshqa nomaterial aktivlar kiritiladi.
Material oborot mablag’larga ishlab chiqarish zahiralari (xom ashyo, materiallar, yoqilg’i va boshqalar), tayyor mahsulotlar, qayta sotiladigan tovarlar, tugallanmagan ishlab chiqarishlar kiradi. Shularga yana davlat zahiralari va don rezervlari, strategik materiallar va davlat ahamiyatga ega bo’lgan boshqa tovarlar kiradi.
Boyliklar – uzoq muddat foydalaniladigan qimmatbaho tovarlar bo’lib, ularning bahosi umumiy bahoga nisbatan xech pasaymaydi. Ular ishlab chiqarish maqsadida ishlatilmaydi va foydalanilmaydilar va qiymat zahirasi sifatida asraladi (qimmatbaho metallar, toshlar, antikvar buyumlar va boshqa san’at asarlari va boyliklar).
Ishlab chiqarilmagan aktivlarga ishlab chiqarish jarayoni natijasi bo’lmagan nomoliyaviy aktivlar kiradi. Ular yoki tabiat tomonidan yaratilgan, yoki yuridik va hisob ishlari natijasi bo’lib hisoblanadi. Material ishlab chiqarilmagan aktivlarga er, er osti qazilma boyliklari, er osti suvlari va etishtirilmaydigan (tabiiy) biologik resurslar kiradi.
Nomaterial ishlab chiqarilmagan aktivlar egasiga konkret faoliyat bilan shug’ullanish huquqini beruvchi xujjatlar kiradi (patentlar, listenziyalar, tovar belgilariga bitimlar tuzish va h.k.).



Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling