Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N


Asosiy fondlar va ularni tasniflash


Download 1.88 Mb.
bet82/97
Sana02.06.2024
Hajmi1.88 Mb.
#1835926
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   97
Bog'liq
Статистика маъруза матнлари

15.3. Asosiy fondlar va ularni tasniflash
Milliy boylikning mehnat natijasida paydo bo’lgan qismi – milliy mulkning 90 foizi asosiy fondlar hissasiga to’g’ri keladi.
Asosiy fondlar – ishlab chiqarilgan aktivlar bo’lib, ular uzoq vaqt davomida (bir yildan kam emas) tovarlar ishlab chiqarish yoki bozor va nobozor xizmatlar ko’rsatish uchun xizmat qiladilar.
1996 yildan boshlab asosiy fondlarni natural formasi va bajarayotgan funkstiyalariga qarab quyidagicha tasniflanadi: binolar (yashalmaydigan), yashaydigan binolar, inshoatlar, mashina va uskunalar, transport vositalari, ishlab chiqarish va xo’jalik ashyolari, ishchi mollar, maxsuldor mollar, ko’p yillik o’simliklar, asosiy fondlarning boshqa turlari. Asosiy fondlarni bunday tasniflash asoslangan amortizastiya normalarini belgilashda, tarkibini va ulardan oqilona foydalanishni o’rganishda qo’llaniladi.
Asosiy fondlar tarkibiga erlarni yaxshilash (meliorastiya, quritish, irrigastion va boshqa ishlar) uchun qilingan kapital harajatlar va erga egalik qilish huquqini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan xizmatlar (advokatlar, ko’chmas mulk bilan shug’ullanuvchi agentlar va boshqa vositalar xizmatiga to’lovlar, to’langan soliqlar va yig’imlar va boshqa tashkiliy harajatlar) bilan bog’liq bo’lgan harajatlar ham kiradi.
Asosiy fondlar tarkibini o’rganish maqsadida ularni quyidagi belgilari bo’yicha guruhlarga ajratiladi:
- iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha – tovarlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar (shu jumladan, sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va h.k. tarmoqlar) asosiy fondlari, xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar (shu jumladan, transport, aloqa, savdo) asosiy fondlari;
- mulk formasi bo’yicha – davlat mulkida bo’lgan, xususiy mulkda bo’gan asosiy fondlar;
- ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi darajasiga qarab – bevosita mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida qatnashuvchi asosiy fondlar va harakatda bo’lmagan asosiy fondlar, shu jumladan, zahirada, konservastiyada, ta’mirlashda, rekonstrukstiyada bo’lganlar;
- kimga qarashli ekanligiga qarab – xususiy va ijaraga qo’yilgan asosiy fondlar;
- xududlar bo’yicha joylashishiga qarabtumanlar, shaharlar, viloyatlar va respublika asosiy fondlari.
Bevosita mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida ishtirok etuvchi asosiy fondlarni bajarayotgan funkstiyasiga qarab aktiv va passiv guruhlarga ajratish mumkin.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling