Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N


Asosiy fondlarning yemirilishi va amortizastiyasi


Download 1.88 Mb.
bet85/97
Sana02.06.2024
Hajmi1.88 Mb.
#1835926
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   97
Bog'liq
Статистика маъруза матнлари

15.5. Asosiy fondlarning yemirilishi va amortizastiyasi
Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishlatilishi natijasida sekin-asta emirilib boradi. Emirilish asosiy fondlar amortizastiyasining moddiy asosini tashkil qiladi. Emirilish jismoniy va ma’naviy turlarga bo’linadi. Asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi asosiy fondlarning yanada unumliroq elementlarining paydo bo’lishi va arzonroq asosiy fondlarning yaratilishi natijasida sodir bo’ladi.
Hozirgi paytda hisoblanadigan yillik amortizastiya ajratmalari faqat jismoniy eskirishnigina hisobga olib, quyidagicha hisoblanadi:

bu erda, A – yillik amortizastiya ajratmalari;
BBB – asosiy fondlarning to’la boshlang’ich (tiklash) qiymati
IX – asosiy fondlarni yo’qotish xarajatlari (demontaj, ajratish, buzish va h.k.)
IB – asosiy fondlarni yo’qotish vaqtida olingan materiallar, detallar va boshqalarni sotishdan tushgan mablag’lar
T – asosiy fondlarni xizmat qilish muddati.
Amortizastiya ajratmalari faqatgina absolyut miqdordagina emas, balki nisbiy ko’rsatkichlarda ham hisobga olib boriladi va u amortizastiya normasi deb yuritiladi:

bu erda, NA – amortizastiya normasi;
F – asosiy fondlarning o’rtacha yillik qiymati.
Amortizastiya normalari asosiy fondlarning turiga uzviy bog’liq bo’ladi. Uzoq muddat xizmat qiladigan (binolar, inshoatlar) ob’ektlar uchun uning darajasi nisbatan kichik bo’lsa, ishlab chiqarish jarayonida faol qatnashadigan (mashina va uskunalar) qismlarida esa katta bo’ladi.
Amortizastiya summasini hisoblashning ikki usuli mavjud: professional – chiziqli va tezlashtirilgan usullar.
Professional – chiziqli usulda ob’ektning qiymati uning xizmat qilish davrida xar yili bab-barobar ravishda amalga oishiriladi. Masalan, agar ob’ektning xizmat qilish davri – 5 yil bo’lsa, unda uning balansdagi qiymatining xar yili 1/5 qismi qoplaydi yoki amortizastiyaning chiziqli me’yori 20%ga teng bo’ladi.
Asosiy fondlar aktiv qismining tezlashtirilgan amortizastiya meyori ishlab chiqarishni tarkibiy o’zgarishi va uni modernizastiya qilish uchun mo’ljallangan. U amortizastiya me’yorining ikki marta ko’paytirilgan xajmiga teng bo’lib, ob’ektning qoldiq qiymatiga nisbatan qullaniladi.
Misolimizda ikki marta ko’paytirilgan chiziqli amortizastiya me’yori 40%ga teng. U holda, masalan, ob’ektning qiymati 200 ming bo’lsa, foydalanishning birinchi yilida 80 ming so’m (200 m.s.:0,4) ajratiladi. U holda qoldiq qiymat – 120 m.s. (200-80). Ob’ektning qoldiq qiymatiga nisbatan ikkinchi yil amortizastiya ajratmalari 48 m.s. (120x0,4)ga teng bo’ladi. Foydalanishning qolgan yillari uchun xam amortizastiya ajratmalari shu usulda hislblanadi (72x0,4 va h.k.).
Asosiy foondlarni fizik va ma’naviy eskirishi oqibatda ularni yangilash (almashtirish) zaruriyati tug’iladi. Buning uchun asosiy fondlar ishlab turgan vaqtlarida korxonalarni ularni sotib olish yoki yaratish bo’yicha xarajatlari qoplanishi va ularni almashtirishni amalga oshirish uchun etarli darajadagi pul mablag’lari jamg’arilishi lozim. Xarajatlarni qoplash va pul mablag’larini yig’ish ishlari mahsulot tannarxiga amortizastiya ajratmalrini qo’shish orqali amalga oshiriladi.
Amortizastiya ajratmalari amortizastiya fondlarida yig’ilib boradi va ma’lum muddat o’tgandan so’ng ishlab chiqarishda qatnashgan asosiy fondlarning qiymatini to’la qoplashi kerak. Shuning uchun asosiy fondlarning amortizastiya summasi asosiy fondlarning to’la boshlang’ich qiymatidan katta bo’lishi mumkin emas.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitlarida amortizastiya ajratmalari bir tomondan ishlab chiqarishda qatnashgan asosiy fondlarni oddiy takror ishlab chiqarishda foydalanilsa, ikkinchi tomondan chiqib ketayotgan asosiy fondlar o’rniga texnikaviy takomillashgan asosiy fondlar bilan almashtirishda qatnashadi va manba bo’ladi.
Amortizastiya ajratmalari asosiy fondlar uchun yangi kapital mablag’larni moliyalashtirishga yoki qurilish materiallarini, uskunalar yoki nomaterial aktivlarni sotib olish uchun uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalarga sarflanadi.
Uzoq muddat foydalaniladigan asosiy fondlarni yaratish va sotib olish uchun qilingan xarajatlar investistiya deb ataladi va ular joriy yil xarajatlariga kiritilmaydi.
Investistiyalarning mohiyati shundaki, ular keyinroq manfaat olish uchun xozir ma’lum loyihalarga qilingan xarajatlarni anglatadi. Investistion loyihalarning shakllari va mazmuni yangi korxona qurilishi rejalashtirishdan tortib, to asosiy kapitalning yangi elementlarini sotib olishgacha bo’lishi mumkin.
Shunday qilib, asosiy fondlarni «eskirishi» va «amortizastiya ajratmalari»ni bir-biridan ajratish lozim. Eskirish birlamchi va u butun xizmat davomida ortib boradi va amortizastiyaning moddiy asosi hisoblanadi. Amortizastiya normasi esa ikkilamchi va butun xizmat davomida o’zgarmasdan qoladi. Ular orasidagi bog’lanishni quyidagicha ifodalash mumkin.



Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling