Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N


Asosiy fondlarni baholash usullari


Download 1.88 Mb.
bet84/97
Sana02.06.2024
Hajmi1.88 Mb.
#1835926
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   97
Bog'liq
Статистика маъруза матнлари

15.4. Asosiy fondlarni baholash usullari.
Statistikada asosiy fondlarning xajmini o’rganishda natural va qiymat ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Asosiy fondlarni qiymat ko’rinishda baholashda quyidagi qiymat turlari qo’llaniladi:
- to’la boshlang’ich qiymati;
- to’la tiklash qiymati;
- eskirishni hisobga olgan holdagi boshlang’ich (tiklash) qiymati;
- balansdagi qiymati;
- bozor qiymati;
- yo’kotishdagi qiymati.
Asosiy fondlarning to’la boshlang’ich qiymati deganda ularni sotib olish, tashib keltirish va o’rnatish uchun ketgan harajatlarning yig’indisi tushuniladi. Demak, to’la boshlang’ich qiymat asosiy fondlarni foydalanishga topshirish momentidagi qiymati bo’lib, u eng asosiy baholash turi hisoblanadi. Undan foydalanib asosiy fondlarning xajmi, tarkibi, takror ishlab chiqarish va mehnatni texnika bilan qurollanish ko’rsatkichlari aniqlanadi. Shuningdek to’la boshlang’ich qiymat amortizastiya ajratmalari va normalarini hisoblashda baza hisoblanadi. Biroq, har bir konkret momentda asosiy fondlarning to’la boshlang’ich qiymati joriy baholarda hisoblanganligi uchun ularning umumiy xajmiga fizik hajm va baho o’zgarishlari xam ta’sir ko’rsatadi. Bu to’la boshlang’ich qiymat bo’yicha hisoblangan asosiy fondlarning juz’iy kamchiligidir.
Shuning uchun vaqti-vaqti bilan asosiy fondlarni qayta baholab turish taqazo qilinadi va buning natijasida to’la tiklash qiymati aniqlanadi. Asosiy fondlarning to’la tiklash qiymati – ularning xozirgi davr sharoitlarida takror ishlab chiqarish qiymatidir.
Masalan, 2 yil ilgari «A» markali 10ta stanok uchun sarf qilingan harajatlar (sotib olish, tashib keltirish va o’rnatish uchun) 10.000 so’mni tashkil qildi. Shu yili yuqoridagi «A» markali stanoklardan yana 5 tasi sotib olindi va ularga harajat 4500 so’mni tashkil qildi.
Yuqoridagi ta’rifga ko’ra 15 ta stanokni to’la boshlang’ich qiymati xaqiqiy sarflangan harajatlar yig’indisiga teng bo’ladi, ya’ni 10.000+4500=14500 so’m.
To’la tiklash qiymati esa 15 ta stanokni ushbu yilda sotib olinsa, jami qancha harajat qilinishi mumkinligini ko’rsatadi, ya’ni
15 x (4500/5)=13,500 so’m.
Tiklash qiymati odatda asosiy fondlarni qayta baholash jarayonida aniqlanadi.
ªayta baholash bilan bir qatorda asosiy fondlarning eskirish summalari ham aniqlanadi.
Asosiy fondlar o’z qiymatlarini doimiy ravishda ishlab chiqarilayotgan maxsulot tannarxiga o’tkazib turganligi sababli boshlang’ich va tiklash qiymatlarining eskirishi hisobiga olingan xoldagi qiymatlari ham aniqlanadi. Buning uchun to’liq qiymatdan eskirish summasi ayriladi.
Yuqoridagi misolimizda, masalan asosiy fondlarning eskirish darajasi 30% deb olsak, u holda eskirish summasi = 13500 x 30%=4050 m.s. bo’ladi. Demak qoldiq qiymat
13500 -4050=9450 m.s.ga teng.
Balansdagi qiymat – ob’ektlarni qayta baholash natijasida olinadi va asosiy fondlar shu bahoda korxonalar balansiga o’tkaziladi. Balansdagi qiymat – aralash baholash: ba’zi ob’ektlar uchun – tiklashdagi qiymat, boshqalar uchun – bosh birlamchi qimmat ham bo’lishi mumkin.
Bozor qiymati – ob’ektlarni joriy davrda bozorda sotilishi mumkin bo’lgan qiymatini ifodalaydi.
Asosiy fondlar uzoq vaqt xizmat qilishi natijasida payti kelib butunlay yaroqsiz xolga kelishi yoki ulardan kegusida foydalanish iqtisodiy samara bermasligi (ma’naviy eskirishi) mumkin. Bunday paytlarda asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonidan chiqariladi. Ularni temir-tersak sifatida metallomga topshirish, agar binolar bo’lsa – ularning buzilishi natijasida turli xil qurilish materiallari (yog’och, g’isht va boshqa) xosil bo’lishi mumkin. Korxonalarda albatta temir-tersak va qurilish materiallari turli extiyojlar uchun foydalanishi yoki chetga sotib yuborilishi mumkin va bu mablag’lar korxonaning hisob-kitob raqamiga kelib tushadi. Bu esa o’z navbatida yo’qotish qiymatida aks ettiriladi.



Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling