Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N


Download 1.88 Mb.
bet87/97
Sana02.06.2024
Hajmi1.88 Mb.
#1835926
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   97
Bog'liq
Статистика маъруза матнлари

Yil boshidagi xajmi

Yil davomida kiritiladi

Yil davomida chiqariladi

Yil oxiridagi xajmi




Jami

Shu jumladan yangi asosiy fondlar

Jami


Shu jamladan eski asosiy fondlar yo’qotildi






4250

1230

600

200

150

5280

Balans ma’lumotlari asosida asosiy fondlar xarakati va xolatini ifodalovchi ko’rsatkichlarni hisoblaymiz:



  1. Kiritish Kt=1230/5280 x 100 = 23,2%

  2. Yangilash Kt=600/5280 x 100 = 11,4%

  3. Chiqarish Kt=200/4250 x 100 = 4,7%

  4. Yo’qotish Kt=150/4250 x 100 = 3,5%

  5. Yaroqlilik Ktyil oxiriga=3850/5280 x 100 = 72,9%

  6. Eskirish Ktyil oxiriga=1430/5280 x 100 = 27,1%

Xuddi shunday ko’rsatkichlarni yil boshiga nisbatan ham hisoblash mumkin. Umuman, eskirish koeffistienti asosiy fondlar qiymatining mahsulotga o’tkazilgan qismini, yaroqlilik koeffistienti esa asosiy fondlarning foydalanish mumkin bo’lgan qismi qiymatini ifodalaydi.


17-MAVZU. MILLIY HISOBLAMALAR TIZIMI – IQTISODIY STATISTIKANING ASOSIY USLUBI, ASOSI VA MARKAZIY BO’LIMI.
17.1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyoti va tadbirkorlikning o’ziga xos xususiyatlari va statistikaning vazifalari.
Bozor iqtisodiyoti jarayonida xo’jalik faoliyati tadbirkorlik faoliyati asosida (biznes) amalga oshiriladi va u daromad (foyda) olish bilan bog’liq bo’ladi. Tadbirkor o’z faoliyatida asosan quyidagi ishlarni amalga oshiradi: birinchisi, omilliy, bunda pul mablag’lari, ishlab chiqarish fondlari, xodimlar va boshqa tadbirkorlik faoliyati uchun lozim bo’lgan omillar ishlab chiqarishga jalb qilinadi; ikkinchidan, tashkiliy, bunda yuqorida qayd etilgan omillar ko’zlangan maqsadga erishish maqsadida birlashtiriladi va bir-biriga moslashtiriladi; uchinchidan, ijodiy ishlar, yangiliklarni joriy qilish, tijorat va risk bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish va h.k.
Aytilgan gaplar barcha mamlakatlar tadbirkorlari uchun, shu jumladan, O’zbekiston tadbirkorlari uchun ham taalluqli bo’lib, ular ham foyda oladilar. Lekin madaniyatli tadbirkorlik – bu murakkab va ko’p tomonli faoliyat bo’lib, u qattiq iqtisodiy madaniyatni talab qiladi. Bunda gap yangicha iqtisodiy tafakkur haqida, bozor qonunlariga va raqobatga mos keladigan yuqori kasbiy darajaga erishgan, hisoblash texnikasi va telekommunikatsiya asoslarini, menejment va marketingni biladigan, tijorat risklarini darajasini hisoblay oladigan kishilarni talab qiladi. Tadbirkorlikda bozor munosabatlariga ma’naviy-psixologik jihatdan tayyorgarlikning alohida roli bo’lib, unda bozorning urf-odatiga rioya qilish, mollarni o’z vaqtida yetkazib berishda bitim shartlariga rioya qilish, bitimning hamma shartlarini o’z vaqtida, sifatli qilib bajarish lozim bo’ladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlanishi statistikasining o’rni va rolini yanada oshirib yubordi.
O’zbekiston Respublikasida, mamlakat statistikasiga rahbarlikni Davlat statistika qo’mitasi amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasi, uning viloyatlardagi, Qoraqalpog’iston Respublikasidagi, Toshkent shahridagi va boshqa shahar va tumanlardagi organlari, shuningdek unga qarashli tashkilotlar, muassasalalar va o’quv yurtlari mamlakatning davlat statistikasining yagona statistika tizimini tashkil etadi.
Davlat statistika qo’mitasi tomonidan belgilangan statistik ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash turi va usullari, statistik ko’rsatkichlarni hisoblash uslubiyoti O’zbekiston Respublikasining statistik andozasi hisoblanadi. Statistik dasturlar davlat statistika qo’mitasi faoliyatining asosi bo’lib hisoblanadi va ular davlat byudjeti tomonidan moliyalashtiriladi. Barcha boshqa tadqiqotlar buyurtmachilar hisobidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan «Davlat statistika to’g’risida»gi qonun 2002 yil 12 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan.
Qonunning 3-moddasiga asosan Davlat statistika qo’mitasining vazifalari quyidagilardan iborat7:
- ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlar hamda ularning natijalari to’g’risidagi statistik ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash, to’plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil etish va e’lon qilish;
- xalqaro standartlarga mos keluvchi yagona statistika uslubiyotini ta’minlash;
- davlat organlari va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, yuridik shaxslar, davlat muassasalari va xalqaro tashkilotlarni, shuningdek jamoatchilikni belgilangan tartibda statistika ma’lumotlari bilan ta’minlash;
- statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur bo’lgan iqtisodiy-statistik tasniflagichlar tizimini hamda korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reestrini yuritish va h.k.



Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling