Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N
MHTning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
Download 1.88 Mb.
|
Статистика маъруза матнлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18-MAVZU. AHOLI TURMUSH DARAJASI STATISTIKASI. 18.1. Aholining turmush darajasi ko’rsatkichlari
MHTning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari. Yuqorida sanab chiqilgan hisoblamalarni balanslashtirish uchun ularning saldolari hisoblanadi. Bu saldoviy ko’rsatkichlar milliy iqtisodiyotning makroiqtisodiy holatini ta’riflaydi. Ular MHTning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari deb hisoblanadi va quyidagilardan asosan tarkib topadi: yalpi va sof ichki mahsulot, birlamchi daromadlar, yalpi vas of foyda va unga tenglashtirilgan daromadlar, yalpi va sof milliy daromad, yalpi va sof ixtiyoridagi milliy daromad, haqiqiy iste’mol va jamg’arma. Tarmoqlar va iqtisodiyot sektorlarida ular yalpi vas of qo’shilgan qiymatni birlamchi va ikkilamchi taqsimoti va undan iste’mol va jamg’arma uchun foydalanish natijasida foydalaniladi.
18-MAVZU. AHOLI TURMUSH DARAJASI STATISTIKASI. 18.1. Aholining turmush darajasi ko’rsatkichlari Turmush darajasi ijtimoiy kategoriyalarning muhimlaridan biri bo’lib, uni tor va keng ma’noda tushunish mumkin. Tor ma’nodagi turmush darajasi – bu aholining moddiy boyliklar va xizmatlarni iste’mol qilishdagi erishilgan darajasi. Keng ma’noda esa jamiyatning yashashi uchun yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar majmuasini o’z ichiga oladi. Aholi turmush darajasi kategoriyasi iqtisodiy adabiyotlarda har xil talqin qilinadi va uni aks ettiruvchi ko’rsatkichlar tizimi ham turli xil ko’rinishga ega bo’lib, ularni uch guruhga ajratish mumkin: daromadlar, iste’mol va yashash sharoitlari. Shu ko’rsatkichlarning barchasi butun aholi miqyosida va aholining jon boshiga nisbatan hisoblanadi. Aholining pul daromadlari hajmi, tarkibi, ulardan foydalanish yo’nalishlari va aholining ayrim guruhlari orasida taqsimlanishi xaqidagi va boshqa ma’lumotlar asosida aholi turmush darajasini asosiy ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlari tuziladi. Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar o’rtacha va median ko’rsatkichlarda o’zgarish darajasi, uchrashish tezligi, to’plash, diferenstiyalash va sotib olish qobiliyati kabilarda ifodalanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlarni hisoblash makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni tuzishga qo’yilgan talablarga asosan, lekin ijtimoiy ko’rsatkichlarning o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi. Turmush darajasini uch xil yo’nalishda o’rganish mumkin: 1) barcha aholiga nisbatan; 2) uning ijtimoiy guruhlariga nisbatan; 3) har xil daromadga ega bo’lgan uy xo’jaliklariga nisbatan. Rossiya Federastiyasi iqtisodiyot vazirligi qoshidagi «iqtisodiy kon’yunktura va bashoratlash markazi» tomonidan 1992 yilda ishlab chiqilgan «Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi turmush darajasini ifodalovchi asosiy ko’rsatkichlar tizimi» zamonaviy talablarga javob beradi va ancha to’liq ishlangan. Uning 7 bo’limida 39ta ko’satkich keltirilgan: 1. Jamlovchi ko’rsatkichlar 2. Aholi daromadlari 3. Aholi harajatlari va iste’moli 4. Aholining pul jamg’armalari 5. Yig’ilgan mulk va turar joy 6. Aholining ijtimoiy tabaqalanishi 7. Aholining kam ta’minlangan qatlami. Aholi turmush darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimining oxirgi varianti BMT tomonidan 1978 yilda taqdim etilgan. 1. Tug’ilish, vafot etish va boshqa aholini harakterlaydigan ko’rsatkichlar 2. Turmushning sanitariya-gigiena sharoitlari 3. Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish 4. Turar joy sharoitlari 5. Ta’lim va san’at 6. Mehnat sharoiti va bandlilik 7. Aholining daromadlari va harajatlari 8. Yashash qiymati va iste’mol baholari 9. Transport vositalari 10. Dam olishni tashkil etish 11. Ijtimoiy ta’minot 12. Insonning erkinligi Turmush darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlarni shartli ravishda o’lchov turlariga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: a) sintetik qiymat ko’rsatkichlari (YaIM, iste’mol fondi, aholining jami daromadlari va h.k.) b) fizik ko’rsatkichlar, konkret material boyliklarni iste’moli hajmini ifodalovchi ko’rsatkichlar (shaxsiy mulk bilan ta’minlanish darajasi, oziq-ovqat mahsulotlar iste’moli, tashilgan yo’lovchilar soni va h.k.) v) boyliklar taqsimoti va tarkibi nisbatlarini ifodalovchi nisbiy ko’rsatkichlar (aholining daromadlar guruhlari bo’yicha taqsimoti, daromadlar va iste’molni yig’uvchi va kelishtiruvchi ko’rsatkichlar va h.k.). Turmush darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimiga bevosita iste’mol ko’rsatkichlari bilan birga iste’mol imkoniyatini ifodalovchi ko’rsatkichlar xam kiradi. Ularga, masalan, iste’mol fondi yoki daromad darajasi ko’rsatkichlarini kiritish mumkin. «Turmush darajasini» ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi ko’p bo’lganligi sababli xozirgi vaqtda qator jamlovchi ko’rsatkichlar ham qo’llaniladi va ulardan biri inson imkoniyatlarini rivojlanish indeksi (inson salohiyatini rivojlanish indeksi)dir. Bu ko’rsatkich insonlarning moddiy va manaviy istaklarini qondirish imkoniyatlarini o’lchash uchun, shuningdek ayrim mamlakatlar va umuman insoniyatning ijtimoiy rivojlanishi ustidan nazorat olib borish uchun xizmat qiladi. Inson rivojlanish indeksi (Ji.r.) uchta omilning ta’sirini hisobga oladi: 1) umr uzunligi; 2) ta’lim olish darajasi; 3) jon boshiga ishlab chiqarilgan YaIM hajmi. Bu ko’rsatkich (Ji.r.) turmush tarzini ifodalovchi uch ko’rsatkich asosida o’rtacha arifmetik usulda aniqlanadi: Ji.r.=1/3 x (Jxi); bunda, Jxi – turmush darajasi indikatorlari, shu jumladan: Jx1 – kutilayotgan umr uzunligi; Jx2 – aholining ta’lim olish darajasi (yig’ma ko’rsatkich: yoshi katta aholining savodxonlik darajasi va boshlang’ich, o’rta va oliy ma’lumot olayotgan yoshlar salmog’i); Jx3 – jon boshiga to’g’ri kelgan real YaIM hajmi, uni pulni sotib olish qobiliyatini e’tiborga olgan holda hisoblanadi AQSh dollarida). Indeksning har bir omili hisoblanayotganda uning minimal va maksimal qiymati belgilangan andozasidan foydalaniladi va u bilan mamlakatdagi amaldagi ko’rsatkich solishtiriladi:
Bo’lajak umr uzunligi indeksi hisoblanayotganda maksimal daraja sifatida 85 yosh olinadi, minimal daraja sifatida esa 25 yosh olinadi. Ta’lim olish indeksi hisoblanayotganda andozalar 100% va 0% deb olinadi, jon boshiga real YaIM hajmi indeksi – 100 va 5500 AQSh dollari olinadi. Jon boshiga real YaIM hajmi ko’rsatkichi ishlab chiqarilgan, taqsimlangan va iste’mol qilingan darajani aks ettiradi. Umr ko’rish uzunligi ko’rsatkichi millatning sog’lomlik darajasini ifodalaydi. U mamlakatning iqtisodiy o’sish darajasiga, olib borilayotgan ijtimoiy siyosatga, medistina xizmati darajasiga, ekologiyaga va boshqa omillarga bog’liq. Aholining ta’lim olish darajasi jamiyatning intellektual va ijodiy salohiyatini ifodalaydi. BMT rivojlanish dasturining «1995 yilda inson rivojlanish darajasi tendenstiyasi» nomli ma’ruzasida ta’kidlaganidek, oxirgi 30 yil mobaynida insoniyat o’z rivojida sezirarli o’sishga erishgan. ²ozirgi vaqtda umr uzunligi 1960 yilga nisbatan 17 yilga ortgan. Bolalar o’imi esa yarmiga qisqargan. 1960 yildan 1995 yilgacha bo’lgan davrda butun dunyo bo’yicha hisoblangan inson rivojlanish koeffistienti 247 foiz punktga o’sgan. Jumladan, aholi jon boshiga real YaIM ishlab chiqarish (solishtirma baholarda) 1,8 marta ortgan, o’rtacha umr uzunligi 50 yoshdan 64 yoshgacha ko’tarilgan, aholi savodxonlik darajasi esa 50%gacha ortgan. Barcha mamlakatlar bo’yicha turmush darajasi solishtirilganda ular o’rtasida juda katta farq borligi aniqlangan. 1995 yilda BMT rivojlanish dasturining mutaxassislari tomonidan o’rganilgan 174 mamlakat quyidagicha taqsimlangan: 63tasi insonning rivojlanish darajasi yuqori, 64tasi o’rta va 47tasi past darajada (indeksi 0,500dan kichik). Lekin asta sekin bunday farqlar yo’qolib, inson rivojlanish darajasi tenglashib bormoqda. 1992 yilda esa er yuzi aholisining rivojlanish darajasi 30% rivojlangan, 39% o’rta va 31% esa past darajada bo’lgan edi. 30 yil mobaynida indeks variastiyasi taxminan 2 marta kamaygan. Inson salohiyati rivojlanish darajasi bo’yicha eng yuqori o’rinni 1998 yilda Kanada, AQSh va Avstraliya egallagan. Inson rivojlanish indeksini hisoblash metodologiyasi doim mukamallashib bormoqda. Bunda hisobga olinadigan ko’rsatkichlarni tanlash, shuningdek foydalaniladigan vazn koeffistientlaridan foydalanish munozarali masalalar bo’lib hisoblanadi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling