O’zbekiston Respublikasi asosiy fondlarining tarkibi (1.01.2004 y. nisbatan)
Jami asosiy fondlar
|
Salmog’i (%%)
|
Jami asosiy fondlar
|
100
|
shu jumladan:
|
|
I. Passiv qism
|
45,4
|
ulardan:
|
|
- binolar
|
29,3
|
- inshootlar
|
16,1
|
II. Aktiv qism
|
54,6
|
ulardan:
|
|
- o’zgaruvchi moslamalar
|
12,3
|
- kuchlanish mashina va uskunalar
|
9,2
|
- ishchi mashina va uskunalar
|
27,2
|
- o’lchash va boshqarish anjomlari, qurilmalari va laboratoriya uskunalari
|
1,2
|
- hisoblash texnikasi
|
0,9
|
- transport vositalari
|
2,8
|
- boshqa asosiy fondlar
|
1,2
|
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonini amalga oshirish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlangan bo’lishlari lozim.
Ishlab chiqarish fondlari asosiy va oborot ishlab chiqarish fondlariga bo’linadi. Ular o’rtasidagi farq quyidagilardan iboratdir:
- asosiy fondlar ko’p ishlab chiqarish stikllarida qatnashib, o’z qiymatini qismlab, asta-sekin yangidan tayyorlanayotgan mahsulotga o’tkazib boradi; oborot fondlari esa bitta ishlab chiqarish jarayonida qatnashib, o’z qiymatini to’liqligicha yangidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o’tkaziladi;
- oborot fondlari bevosita ishlab chiqarish jarayonida bo’lsa, asosiy fondlar shunday bo’lishi ham, bo’lmasligi ham mumkin;
- asosiy fondlar buyum shaklida tayyor mahsulotga qo’shilmaydi, oborot fondlari esa qo’shiladi va tayyor mahsulotning o’zagini tashkil etadi;
- asosiy fondlar tarkibiga xizmat qilish muddati bir yildan ortiq va qiymati 15 ta minimal ish haqqidan ortiq bo’lgan fondlar kiradi.
Asosiy fondlar ishlab chiqarishning moddiy asosini tashkil qiladi. Ularning qiymati va tarkibi korxona faoliyatining sifat va miqdor ko’rsatkichlariga kuchli ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |