Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N
Hisobot, maxsus uyushtirilgan kuzatish, biznes-tekshirishlar va ro`yxatlar
Download 1.88 Mb.
|
Статистика маъруза матнлари
2.5. Hisobot, maxsus uyushtirilgan kuzatish, biznes-tekshirishlar va ro`yxatlar
Hisobot korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi ma`lumotlarni uzluksiz, belgilab qo`yilgan tartibda va vaqtda to`plashning muhim yo`li (shakli)dir. “O`zbekiston Respublikasi Davlat Statistikasi haqidagi” Qonunga muvofiq respublika hududida joylashgan va yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan barcha korxonalar va tashkilotlar, ularning mulkiy va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat`iy nazar, o`z faoliyati haqida aniq va to`la ma`lumotlarni belgilangan dasturda, tartibda va muddatda tegishli davlat statistika tashkilotlariga taqdim etishga majburdir. Statistik hisobot shakllari xarakteri va mazmuni, hisobot davri, yuborish uslubi, umumlashtirish darajasiga qarab quyidagi turlarga bo`linadi (2.6-tarh). 2.6-tarh. Davlat statistika hisoboti turlari Joriy maxsus statistik tekshirishlar deganda statistik tashkilotlar tomonidan maxsus respondentlarni yollab o`rganilayotgan hodisa, jarayon haqidagi boshlang`ich ma`lumotlarni muntazam yoki vaqtma-vaqt qayd qilib to`plash tushuniladi. Bunday kuzatishga uy ho`jaliklari budjeti statistikasi, iste`mol baholari statistikasi, uyushmagan savdo statistikasi, dehqon xo`jaligi (fermer xo`jaligi bilan aralashtirib yubormang!) statistikasi va h.k. misol bo`lishi mumkin. Biznes-tekshirishlar bozor iqtisodiyotiga xos bo`lgan statistik kuzatishdir. Ularning asosiy maqsadi tadbirkorlarning iqtisodiy faoliyatini o`rganishdan iborat. Joriy maxsus tekshirishlardan farqli o`laroq, biznes tekshirishlar tadbirkorlardan intervyu olish, oldin tayyorlangan savollarga yozma yoki og`zaki javoblarni maxsus savolnomalarda qayd qilishga asoslanadi. Ularning o`ziga xos xususiyati shundaki, savolnomalar kompleks xarakterga ega bo`lib, o`zaro bog`langan bir-birini to`ldiruvchi savollardan, ularning ma`lum masalaga oid majmualaridan tashkil topadi, natijada iqtisodiy faollikni har taraflama yoritish imkonini beradi. Joriy maxsus tekshirishlar va biznes tekshirishlar ma`lum masalalarni o`rganishda qo`llanadi. Bundan tashqari, ro`yxatlar ham statistik kuzatishning muhim tashkiliy yo`li sifatida qo`llanish sohalariga ega. Asta-sekin bo`ladigan o`zgarishlar jamg`arib, uzoq vaqt o`tganidan so`ng bunday hodisalarni yangi holatda gavdalanishiga sabab bo`ladi, natijada ularning ma`lum keskin fursat holatidagi qiyofasini suratga olish ehtiyoji tug`iladi. Bunday kuzatishga hodisalarni ro`yxatga olish yordamida erishiladi. Nisbatan barqarorlik holatiga ega bo`lgan hodisalarga misol qilib aholi soni va tuzilishi, yer maydonining qishloq xo`jaligi uchun yaroqligiga qarab taqsimlanishi, korxonalarning ishlab chiqarish turlari bo`yicha taqsimlanishini ko`rsatish mumkin. Ro`yxatlar muvaffaqiyatli bo`lishini quyidagi talablar ta`minlaydi: ro`yxat qisqa muddatda o`tishi; ro`yxat bir vaqtning o`zida butun mamlakat hududida amalga oshishi; ro`yxatga olish vaqti kuzatilayotgan hodisaning eng kam tebranishga ega bo`lgan holatiga tenglashtirilishi; har teng vaqt oralig`ida ro`yxatlarni takrorlab turish; yangi ro`yxatni o`tkazayotganda olinadigan natijalarni taqqoslamaligini ta`minlash niyatida oldingi kuzatish tartibini saqlab qolish kerak. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling