Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N


Download 1.88 Mb.
bet10/97
Sana02.06.2024
Hajmi1.88 Mb.
#1835926
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   97
Bog'liq
Статистика маъруза матнлари

Anketa orqali kuzatishning mohiyati shundaki, unda tegishli savollar yozilgan varaqalar javob yozib yuborishni iltimos qilib respodentlar orasida tarqatiladi. Ammo varaqlarni to`ldirish ixtiyoriy bo`lgani uchun odatda tarqatilgan anketalarni faqat bir qismi javobi bilan qayta olinadi. Natijada qisman kuzatishga ega bo`lamiz.
Qisman kuzatish turlaridan yana biri asosiy massivni tekshirish deb ataladi. Uning xususiyati shundaki, kuzatish uchun o`rganilayotgan belgining umumiy hajmida eng salmoqli o`rin tutgan to`plamning asosiy qismi ajratib olinadi, boshqalari esa kam salmoqqa ega bo`lganligi sababli tashlab yuboriladi, chunki, ular tekshirish natijasiga sezilarli ta`sir etmaydi..
Monografik tasvirlash deganda tipik hodisalarni har taraflama chuqur va sinchiklab o`rganish tushuniladi. U yoppasiga kuzatish natijalarini boyitish maqsadida o`tkaziladi. Monografik tasvirlash barcha to`plam haqida fikr yuritish uchun ma`lumot to`plashni ko`zlamaydi va shu bilan qisman kuzatishning boshqa turlaridan farq qiladi.
Tanlama kuzatish qisman kuzatish turlari ichida ilmiy asoslangan bo`lib, eng yaxshi natija beradi. U to`g`ri tashkil etilganda olingan ma`lumotlar umumiy to`plam haqida to`la-to`kis va aniq fikr yuritish imkoniyatini yaratadi. Tanlama kuzatish deganda umumiy bosh to`plamdan bir qismini ilmiy asoslangan, vakolatlikni to`la ta`minlab beradigan usullar yordamida tanlab olib tekshirish tushuniladi. U statistika amaliyotida juda keng qo`llanadi. Masalan, uy ho`jaliklari budjeti tanlama kuzatish orqali o`rganiladi. Bozor sharoitida tanlama kuzatishni qo`llash sohalari beqiyos kengayadi.
Statistik kuzatish jarayonida boshlang`ich ma`lumotlarni olish turli usullar yordamida amalga oshiriladi.
Shunga asosan statistik kuzatish to`rt turga bo`linadi:
1. Bevosita kuzatish – bu usulning xarakterli tomoni shundaki, tekshirishni amalga oshirayotgan tashkilotning vakili kuzatishda bevosita qatnashadi. U kuzatilayotgan narsalarni birma-bir ko`rib, sanab, tortib va o`lchab olgan natijalarni kuzatish varaqasiga yozadi.
2. Hujjatli kuzatish – zarur bo`lgan ma`lumotlar, har xil hujjatlardan olinadi. Bu usul ko`pincha hisobot usuli deb yuritiladi.
3. Savol-javob yo`li bilan kuzatish – kuzatilayotgan shaxslarga savollar berilib, olingan javoblar asosida kuzatish varaqalari to`ldiriladi. Bu holda hech qanday hujjat talab qilinmaydi. Bu usulning o`zi ikkiga bo`linadi:
1. Og`zaki usul (ekspeditsion).
2. O`z-o`zini regitratsiya qilish usuli.
Og`zaki usulda maxsus tayyorlangan kishilar (ro`yxatga oluvchi, hisobchi) kuzatilayotgan shaxslarga kuzatish varaqasidagi savollarni berib, olgan javoblarni varaqaga yozadilar. Masalan, 1989 yilda o`tkazilgan aholi ro`yxatida shu usul qo`llangan. O`z-o`zini registratsiya qilish usulida statistika tashkilotlarining vakillari kuzatish varaqalarini kuzatilayotgan shaxslarga tarqatadilar va ma`lum vaqtdan so`ng to`ldirilgan varaqalarni yig`ishtirib oladilar. Varaqalarni to`ldirayotgan shaxslarga tekshirish mohiyatini tushuntirish va yozilgan ma`lumotlarni har taraflama tekshirish vakillarning burchi hisoblanadi. Bu usul uy ho`jaliklar budjetini tekshirishda, ayrim ro`yxatlarni (masalan 1961 yildagi maktablar ro`yxati) o`tkazishda qo`llanadi.
4. Respondentlar yordamida kuzatish usulida zarur ma`lumotlar statistika boshqarmalariga ixtiyoriy yoki yollanma muxbirlar tomonidan yuborib turiladi.



Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling