Loukoster (lowcoster) – nisbatan arzon chiptalar taklif etadigan aviakompaniya.
Loft – inglizcha «loft» (chordoq) so‘zidan. Turarjoy yoki idora uchun qayta jihozlangan sanoat, ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan eski ishchi maydon.
Mastxev (must have) - kerakli va zarur buyum.
Trend – mavsum xiti, eng dolzarb, so‘nggi urf.
Trendsetter – jamiyatga trend olib kiradigan innovator insonlar.
Tizerli reklama yoki tizerlar – to‘rtburchak shaklli negative ko‘rinishdagi grafik reklama guri bo‘lib, saytga murojaat qiluvchiga shilqimlik bilan ko‘rsatiladi.
Transchagaraviy elektron savdo (cross-border trade) – bir mamlakatning bojxona xududidan ikkinchi mamlakatning bojxona xududiga tovarlarning harakatini amalga oshiradigan savdo turi.
Trafik – saytga kiruvchilar soni.
Fudkort (food court) – restoran yoki savdo markazining ovqatlanish hududi, fudkortda bir nechta tamaddixonalar bo‘lishi mumkin.
Chellenj (challenge) – chaqiriq, bajarish lozim bo‘lgan topshiriqqa chorlov.
Kollaboratsiya (collaboration) – umumiy manfaatga birga erishish uchun ikki yoki undan ko‘proq kishining sherikchiligi.
Startap (startup) – ingliz tilidan olingan bo‘lib, lug‘aviy ma’nosi «start oluvchi», «boshlang‘ich» demakdir. Dastlab 1973 yilda «Forbes» jurnalida ishlatilgan. YOsh tadbirkorlar amalga oshirmoqchi, tezda muvaffaqiyatga erishish niyatida bo‘lgan loyihalar.
VOD – Video-on-Demand – talab bo‘yicha video.
VR – Virtual reality – virtual reallik.
Favikon – saytning firmenniy belgisi.
Fishing – aldash yo‘li bilan login va parolni olish ko‘rinishidagi firibgarlik.
Frelanser (Freelancer) - inglizcha free –ozod va lance – nayza so‘zidan olingan bo‘lib, shtatga turmasdan dunyoning ustalgan nuqtasida bir qancha firmalarning ishini bajarib beradigan shaxs.
Do'stlaringiz bilan baham: |