tufayli
oziq-ovqat
mahsulotlari
ishlab
chiqarishni va qishloq xo'jaligini rivojlantirish masalalariga
e‘tibor kuchaydi. Ushbu muammoni hal etish maqsadida
Birlashgan Millatlar tashkiloti doirasida oziq-ovqat va qishloq
xo'jaligi masalalari bilan shug'ullanuvchi xalqaro tashkilot
tuzishga harakat boshlandi
1943-yilning 18-maydan 3-iyungacha bo'lgan vaqt oralig'ida AQSHning Xot-Springs shahrida
dunyoning 46 ta mamlakatlar vakillari ishtirokida oziq-ovqat vaqishloq xo'jaligi masalalari bo'yicha xalqaro tashkilot tuzish bo'yicha konferensiya tashkil etilgan. Konferensiyada davlatlarga
milliy qishloq xo'jaligini rivojlantirish va qishloq xo'jaligi oziqovqat mahsulotlariga bojxona bojlarini pasaytirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Shuningdek, yangi tashkilotning nomini
Birlashgan millatlarning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti
(FAO) deb nomlash taklif qilindi. Ammo 1951-yilda Italiyaning
Rim shahriga ko'chib o'tgan. Mazkur tashkilotning ustavida
dunyo miqyosida kambag'allikni kamaytirish, aholining oziqovqat ta‘minotini yaxshilash va uning xavfsizligiga oid
muammolarni yechish, barchaning salomatligini ta‘minlash uchun
zarur bo'lgan arzon hamda sifatli mahsulotlar yetkazishga
yo'naltirilgan vazifalar belgilangan.
A‘zo davlatlar o'z
zimmalariga quyidagi maqsadlarni amalga oshirish vazifasini
olganlar:
√ o'zlarining yurisdiksiyasi doirasida kishilarning ovqatlanish
sifatini va turmush darajasini oshirish;
√ barcha oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab
Do'stlaringiz bilan baham: |