oshirishga harakat qiladilar.
Oziq-ovqat xavfsizligining davlat
darajasida hukumat qonun chiqaruvchi va sud organlari bilan
birgalikda oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash maqsadida uning
qonunchilik, huquqiy-me‘yoriy asoslarini va resurs bazasini
yaratish, oziq-ovqat fondlarini va zaxiralarini vujudga keltirish,
oziq-ovqat sifati ko'rsatkichlarini va parametrlarini oshirish
yo'nalishlarini belgilash vazifalarini bajaradilar
Rivojlanayotgan
mamlakatlar
ichida
oziq-ovqat
mahsulotlarini importiga qaramlar soni ko'payib bormoqda. Oziqovqat importerlari bo'lgan rivojlanayotgan mamlakatlar soni
o'tgan asrning 90-yillarida 74 tadan 89 taga yetdi. Oziq-ovqat
mahsulotlarining importiga bog'liq (qaram) bo'lgan mamlakatlar
ulushi Afrikada 70% atrofini, Janubiy Osiyoda 37%ni, Lotin
Amerikasida 26,7%ni tashkil etadi. Bu esa jiddiy tahdiddir.
Jahonda
oziq-ovqat
xavfsizligi yo'qligining og'ir
shaklini
o'z
boshidan
kechirayotgan aholi soni 2014-
yildagi 647,3 milliondan 2015-
yilda 618,9 million kishiga
kamaygan. Ammo 2017-2018-
yillarda esa bu ko'rsatkich o'sish
tendensiyasiga ega bo'lib, 769,4 million kishiga, ya‘ni aholi
umumiy sonining 10,2%ga yetdi.
Bu toifadagi kishilar 2020-yilda
Afrika qit‘asida 374,9 million (aholi umumiy sonidagi ulushi
29,8%), Osiyo qit‘asi mamlakatlarida 311,9 million(6 9%),
Shimoliy Amerika va Yevropa mamlakatlarida 15,2 million
kishini (1,4%) tashkil etdi.
Jahonda va har bir mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini
ta‘minlash uchun ichki va tashqi tahdidlarning oldini olish,
ularning ta‘sirini minimallashtirishga qaratilgan iqtisodiy
strategiya va tizim hamda uni amalga oshirish mexanizmining
vujudga keltirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
E'tiboringiz uchun rahmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |