chiqarish va taqsimlash samaradorligini oshirishni ta‘minlash;
√ qishloq aholisi ahvolini yaxshilash;
√ jahon
iqtisodiyotini
rivojlantirish
va
insoniyatni
ocharchilikdan xalos qilishga ko'maklashish.
Oziq-ovqat xavfsizligi atamasi xalqaro muomalaga 1972-
1973 yillarda yuz bergan don inqirozidan keyin kirib keldi. Bu
davrda rivojlangan mamlakatlarda ortiqcha oziq-ovqat ishlab
chiqarish yuzaga kelgan holatda uchinchi dunyo mamlakatlarida
aholi o'rtasida ocharchilik vujudga kelgan.
Bu muammo jahon
hamjamiyatida muhokama qilina boshlangan. Bu muhokamalar
zamirida 1974-yilning dekabr oyida bo'lib o'tgan BMT Bosh
Assambleyasida Birlashgan Millatlarning Oziq-ovqat va qishloq
xo'jaligi tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan ―Jahonda oziqovqat xavfsizligini ta‘minlash bo'yicha Xalqaro majburiyatlar
ma‘qullandi. Ammo bu hujjatda oziq-ovqat xavfsizligi atamasiga
ta‘rif berilmagan.
Oziq-ovqat xavfsizligi darajalari va ularga mos subyektlar
hamda ularning vazifalari:
1) global, ya‘ni umumjahon;
2) subregional (mintaqalararo), ya‘ni Shimoliy Amerika,
Janubiy Amerika, G'arbiy Yevropa, Sharqiy Yevropa, Afrika va
Osiyo qit‘alari, Markaziy Osiyo, Yaqin va O'rta Sharq va
boshqalar;
3) millatlararo (davlatlararo);
4) davlat;
5) mahalliy;
6) aholi guruhlari, ya‘ni aholining daromadlar bo'yicha
ijtimoiy guruhlarining oziq-ovqat xavfsizligi;
Do'stlaringiz bilan baham: |