Toshkent davlat iqtisodiyot


Download 312.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana09.01.2022
Hajmi312.26 Kb.
#255253
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Mirzayeva N kurs ishi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

Iqtisodiyot rivojiga mos buxgalteriya hisobini 

joriy etishning yangi usullari. 

Birinchi prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida iqtisodiyot 

tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, kichik biznes va xususiy 

tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi rolini tubdan oshirish, investitsiya muhitini yanada 

yaxshilash yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida mamlakatimizda 

barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 

13-apreldan kuchga kirgan yangi tahrirdagi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi 

qonuni zamonaviy boshqaruvning muhim tarkibiy qismi hisoblangan ishonchli va 

mukammal iqtisodiy axborot va hisobotlar bilan ta’minlashning huquqiy asosiga 

aylandi.  

 Mamlakatimizda iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya 

qilishga yo‘naltirilgan strategiya asosida yuqori texnologiyalarga asoslangan 

korxonalar barpo etilib, zamonaviy boshqaruv usullari joriy etilmoqda. Davlatimiz 

rahbari aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy boshqaruv va zamonaviy 

menejmentning yangi mexanizmlarini joriy etish asosida korporativ boshqaruvni 

yanada takomillashtirish vazifasini qo‘ydi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish 

buxgalteriya hisobining mukammal yuritilishiga va ishonchli moliyaviy 

hisobotlarga tayanadi.  

1996-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya 

hisobi to‘g‘risida»gi qonuni o‘z navbatida buxgalteriya hisobini sifatli va ishonchli 

tashkil etish bo‘yicha xalqaro talablarga javob berishi bilan bir qatorda, 

korxonalarning moliyaviy hisobotlariga bo‘lgan ishonchning ortishiga, bozor 

iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobini rivojlantirishga huquqiy asos bo‘lib 

xizmat qildi.  

O‘tgan davrda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida barcha 

sohalar singari hisob-kitob tizimida ham katta o‘zgarishlar ro‘y berdi, soha bilan 

bog‘liq qator yangi qonunchilik hujjatlari qabul qilindi, mavjudlari 

takomillashtirildi. Bu «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunni bugungi kun 

talablariga moslashtirishni taqozo etdi.  

Yuqoridagilar va sohada to‘plangan milliy va xorijiy tajriba buxgalteriya 

hisobini tashkil qilish, yuritish va hisobotlarni tuzish borasidagi qonunchilikni 

yanada mukammallashtirishni ilgari surdi. Shulardan kelib chiqqan holda 




O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi 

qonuni ishlab chiqilib, qabul qilindi va Prezidentimiz tomonidan tasdiqlandi.  

32 moddadan iborat qonunda buxgalteriya hisobining mazmuni, asosiy 

maqsadi va vazifalari iqtisodiyotdagi o‘zgarishlar hamda huquqni qo‘llash 

amaliyotiga qo‘yilayotgan yangi talablardan kelib chiqqan holda moliyaviy hisobot 

tuzishning xalqaro standartlariga muvofiq belgilandi.  

Birinchi prezidentimizning 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik 

jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar 

asosida tuzish va e’lon qilish belgilanganligi munosabati bilan ham milliy, ham 

xalqaro standartlarni qamrab oluvchi buxgalteriya hisobining standartlari qonun 

darajasida o‘rnatildi.  

Avvalgi qonunchilikda buxgalteriya xizmati rahbari faoliyatini tartibga 

solishga qaratilgan aniq me’yorlarning mavjud bo‘lmaganligi bois, qonunga 

buxgalteriya xizmati rahbari maqomini va unga qo‘yiladigan professional 

talablarni aniqlovchi yangi me’yorlar kiritildi. Mazkur qoidalarda majburiy 

auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 

buxgalteriya xizmati rahbariga ma’lumoti va ish staji, shuningdek, malaka 

darajasini oshirish bo‘yicha yangi talablar belgilandi.  

Qonunga buxgalteriya hisobi subyekti rahbari bilan buxgalteriya hisobi 

xizmati rahbari o‘rtasidagi o‘zaro nazoratni ta’minlashga qaratilgan yangi normalar 

kiritildi. Shu bilan birga, boshlang‘ich hisob hujjatlari va buxgalteriya hisobi 

registrlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni belgilash, ichki hujjatlar aylanishini 

mukammallashtirish, shuningdek, zamon talablariga mos ravishda sohaga axborot-

kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida qator yangi me’yorlar 

ham joy oldi.  

Qonunda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan buxgalteriya hisobi 

sohasida ichki nazoratning tashkil etilishi va amalga oshirilishi lozimligi 

belgilandi. Mazkur nazorat xo‘jalik operatsiyalarining to‘g‘ri va o‘z vaqtida 

amalga oshirilishini ta’minlash, aktivlar butligini saqlash, talon-taroj qilish hollari 

va xatoliklarni joyida aniqlash hamda ularning oldini olish bo‘yicha buxgalteriya 

hisobi subyekti xodimlari o‘rtasida javobgarlik va vakolatlarni samarali taqsimlash 

imkoniyatini ta’minlaydi.  

 



Buxgalteriya hisobi subyektlari moliyaviy hisobotni yilning har choragida 

taqdim etishi belgilangani holda, kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun 

buxgalteriya balansi hamda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan iborat 

faqat yillik moliyaviy hisobot taqdim etish to‘g‘risidagi yangi norma kiritildi.  

Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 

rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarga asosan buxgalterlar o‘z 

manfaatlari va huquqlarini himoya qilishga xizmat qiluvchi ixtiyoriylik asosida 

tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti bo‘lgan jamoat birlashmalari tuzish 

huquqiga egaligi to‘g‘risidagi yangi me’yor bilan to‘ldirildi.  

Yuqoridagilar bilan bir qatorda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qo‘shimcha 

qulayliklar yaratish maqsadida tegishli moddalarga o‘ndan ortiq yangi norma 

kiritilgan.  

Aytish joizki, qonunning yangi tahririda buxgalteriya hisobini yuritish va 

tashkil qilish, moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish jarayonlarida 

yuzaga kelayotgan yangi huquqiy munosabatlar me’yoriy tartibga solindi. 

Qonunga kiritilgan yangiliklar zamonaviy korporativ boshqaruvning 

takomillashuviga, xususan, uning iqtisodiy dastaklari va mexanizmlari 

mukammallashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.  

Qonunda belgilangan yangi norma va qoidalar ijrosini ta’minlash maqsadida 

joylarda ularning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan maxsus seminarlarni tashkil 

etish, buxgalteriya hisobining barcha subyektlarida tadbirlar rejasi ishlab chiqib, 

unda xodimlarni xalqaro standartlar bo‘yicha moliyaviy hisobotni tuzish, 

boshlang‘ich hisob hujjatlari va buxgalteriya hisobi registrlariga qo‘yilayotgan 

qo‘shimcha talablar hamda ichki nazoratni tashkil qilish bo‘yicha tegishli chora-

tadbirlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi.  

Muxtasar aytganda, O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi 

«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunida ko‘zda tutilgan yangi me’yor va 

qoidalarning hayotga joriy etilishi buxgalteriya hisobi tizimini yanada 

takomillashtirish, uning ochiqligi, xo‘jalik operatsiyalarining to‘g‘ri amalga 

oshirilishi va ish sifatini ta’minlash, aktivlarni to‘liq saqlash, buxgalteriya hisobini 

yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzishdagi xatoliklar va huquqbuzarliklarni o‘z 

vaqtida aniqlash, oldini olish va bartaraf qilishga xizmat qiladi. 




Download 312.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling