Тошкент давлат иқтисодиёт университети худойқулов садриддин каримович солиқ статистикаси ва прогнози


Солиқ тўловчиларда солиқ объектларининг юзага келиши ва уларга оид жараёнларни ҳисобга олиш


Download 1.53 Mb.
bet9/77
Sana21.02.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1219050
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77
Bog'liq
Дарслик ССП

2.3. Солиқ тўловчиларда солиқ объектларининг юзага келиши ва уларга оид жараёнларни ҳисобга олиш
Солиқ статистикасининг ажралмас қисми бу солиқ объектларини ҳисобга олиш жараёнидир. Бу жараёнларни амалга ошириш тартиби ва механизмлари Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодексининг 68, 77, 79-84 моддалари ҳамда Ўзбекистон Республикаси Давлат солиқ қўмитасининг 2014 йил 17 июндаги 2014-25-сон қарори билан тасдиқланган "Солиқ солиш объектлари ҳамда солиқ солиш билан боғлиқ объектлар тўғрисидаги маълумотлар базасини шакллантириш ва юритиш тартиби тўғрисидаги Низом" ва бошқа тегишли меъёрий ҳужжатлар асосида амалга оширилади. Солиқ солиш объектларини ва солиқ солиш билан боғлиқ объектларни ҳисобга олиш давлат солиқ хизмати органи томонидан ҳар бир солиқ тўловчи бўйича ҳамда у тўлаётган барча солиқлар ва бошқа мажбурий тўловлар бўйича, солиқ солиш объектлари ҳамда солиқ солиш билан боғлиқ объектлар тўғрисидаги маълумотлар базасини шакллантириш ва юритиш, шу жумладан электрон шаклда шакллантириш ва юритиш орқали амалга оширилади.
Солиқ солиш объектлари ва солиқ солиш билан боғлиқ объектлар тўғрисидаги маълумотлар базаси объект жойлашган жойдаги ҳудудий давлат солиқ хизмати органларида ички ва ташқи ахборот манбалари асосида электрон кўринишда шакллантирилади.
Ички манбалар қуйидагилардан иборат:
а) солиқ тўловчилар томонидан давлат солиқ хизмати органларига тақдим этиладиган чораклик, йиллик молиявий ҳисоботлар, солиқлар ва бошқа мажбурий тўловлар бўйича ҳисоб-китоблар, аниқлаштирилган солиқ ҳисоботлари, тушунтириш хатлари, маълумотлар ва маълумотномалар тўғрисидаги;
б) қуйидагиларнинг суммаси кўрсатилган солиқ тўловчиларнинг шахсий карточкалари тўғрисидаги:
ҳисобланган, тўланган солиқлар ва бошқа мажбурий тўловлар;
қайтарилган, камайтирилган ҳамда ортиқча тўланган солиқлар ва бошқа мажбурий тўловлар;
солиқлар ва бошқа мажбурий тўловлар бўйича қарздорлик ва ҳисобланган пенялар;
в) қўшимча ёки камайтиришга ҳисобланган солиқлар ва бошқа мажбурий тўловлар тўғрисидаги солиқ текширувлари далолатномалари, шунингдек солиқ текширувлари материаллари бўйича суд қарорлари асосида ёки ихтиёрий равишда тўланган (ундирилган) жарималар суммалари тўғрисидаги;
г) солиқ қонунчилиги соҳасида йўл қўйилган ҳуқуқбузарлик учун маъмурий жарима қўлланилган шахслар ва қўлланилган жарима суммаси тўғрисидаги;
д) жисмоний ва юридик шахсларни рўйхатдан ўтказиш маълумотларини ўз ичига олувчи давлат солиқ хизмати органларида ҳисобга қўйилган солиқ тўловчилар тўғрисидаги;
е) солиқ тўловчиларнинг мол-мулк, ер солиқлари ҳамда сув ресурсларидан фойдаланганлик учун солиқ бўйича солиқ солиш объектларини ҳисобга қўйиш тўғрисидаги;
ж) чакана савдо ва хизмат кўрсатиш соҳасида банк кассаларига нақд пул тушуми келиб тушиши бўйича ўтказилган хронометражлар натижалари тўғрисидаги ахборотлар.
Ташқи манбалар қуйидагилардан иборат:
а) давлат рўйхатидан ўтказувчи органларнинг тадбиркорлик субъектлари тўғрисидаги;
б) Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодекси(84-моддаси)да назарда тутилган тегишли органлар ва ташкилотлар томонидан давлат солиқ хизмати органларига тақдим этиладиган солиқ тўловчиларнинг мажбуриятлари юзага келганлиги (тугатилиши) тўғрисидаги;
в) Ўзбекистон Республикаси Давлат солиқ қўмитасининг ёзма сўровига асосан тегишли ахборот тақдим этувчи бошқа органлар ва ташкилотларнинг солиқ тўловчиларнинг мажбуриятлари юзага келганлиги (тугатилиши) тўғрисидаги ахборотлари ва шу кабилар.
Soliq to’lovchi sifatida quyidagilar hisobga qo’yiladi:
yuridik shaxslar - O’zbekiston Respublikasining rezidentlari o’zlari joylashgan yerdagi (pochta manzilidagi) davlat soliq xizmati organida, yuridik shaxsning soliq majburiyatini mustaqil ravishda bajaradigan alohida bo’linmalari - alohida bo’linmaning joylashgan yeridagi yoki faoliyatni amalga oshirayotgan joyidagi davlat soliq xizmati organida, jismoniy shaxslar - O’zbekiston Respublikasining rezidentlari jismoniy shaxsning yashash joyidagi davlat soliq xizmati organida;, uridik shaxslar - O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasining norezidentlari - doimiy muassasaning joylashgan yeridagi va (yoki) faoliyatni amalga oshirayotgan joyidagi davlat soliq xizmati organida, mol-mulk solig’i va yer solig’i to’lovchilar bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar - O’zbekiston Respublikasining norezidentlari - soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organida.
Soliq to’lovchida u hisobga qo’yilganidan keyin yer solig’i, mol-mulk solig’i yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lash bo’yicha soliq majburiyati hisobga qo’yilgan joydan tashqarida yuzaga kelgan taqdirda, soliq to’lovchi soliq Kodeksining 81-moddasiga muvofiq soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organida obyekt bo’yicha hisobga qo’yilishi kerak. Bir vaqtning o’zida davlat soliq xizmati organlarida va davlat statistikasi organlarida hisobga qo’yilgan holda davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan yuridik va jismoniy shaxslar davlat ro’yxatidan o’tkazilgan joyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga qo’yilishi lozim.
Yuridik shaxslar - O’zbekiston Respublikasining rezidentlari, ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilganlar bundan mustasno, davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan e’tiboran o’n kun ichida davlat soliq xizmati organiga hisobga qo’yish to’g’risidagi arizani taqdim etishi shart. Arizaga yuridik shaxs davlat ro’yxatidan o’tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatning ko’chirma nusxasi ilova qilinadi. Soliq majburiyatlarini mustaqil ravishda bajaradigan alohida bo’linmani hisobga qo’yish uchun mazkur alohida bo’linmani tashkil etgan yuridik shaxs uni tashkil etish to’g’risida va (yoki) mustaqil balansga ajratish haqida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o’n kun ichida davlat soliq xizmati organiga hisobga qo’yish to’g’risidagi arizani taqdim etishi shart. Arizada mazkur alohida bo’linmani tashkil etgan yuridik shaxsning - soliq to’lovchining identifikatsiya raqami albatta ko’rsatiladi. Arizaga yuridik shaxsning alohida bo’linmani tashkil etish to’g’risidagi qarori, shuningdek uning rahbariga berilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
Jismoniy shaxslar - soliq solish obyekti vujudga kelgan kundan e’tiboran o’n kun ichida ushbu Kodeksga muvofiq davlat soliq xizmati organiga hisobga qo’yish to’g’risidagi arizani taqdim etishi shart.
Yuridik shaxslar - O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasining norezidentlari mazkur faoliyatni amalga oshirish boshlangan kundan e’tiboran bir yuz sakson uch kundan kechiktirmasdan davlat soliq xizmati organiga doimiy muassasa sifatida hisobga qo’yish to’g’risidagi arizani taqdim etidi. Doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxsning - O’zbekiston Respublikasi norezidentining hisobga qo’yish to’g’risidagi arizasiga shartnoma yoki yuridik shaxs - O’zbekiston Respublikasining norezidenti nomidan O’zbekiston Respublikasida ish yuritish uchun berilgan ishonchnoma, shuningdek majburiyatlarining bajarilishi doimiy muassasa tashkil topishiga olib keladigan shartnoma mavjud bo’lsa, shu shartnoma ilova qilinadi.
Yer solig’i, shuningdek ko’chmas mulkka taalluqli qismida mol-mulk solig’i to’lovchilari bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar - O’zbekiston Respublikasi norezidentlari yer uchastkasiga, ko’chmas mulkka bo’lgan huquq davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan e’tiboran o’n kun ichida davlat soliq xizmati organiga hisobga qo’yish to’g’risidagi arizani taqdim etadi. Arizaga unda ko’rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. Transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gazni avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qiluvchi yuridik shaxslar avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq to’lovchi sifatida hisobga qo’yish to’g’risidagi arizani avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchasiga bo’lgan huquq davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan e’tiboran o’n kun ichida taqdim etishi lozim.
Agar yuridik shaxs - O’zbekiston Respublikasining rezidenti alohida bo’linmalardan bir nechtasiga ega bo’lsa, hisobga qo’yish har bir alohida bo’linma bo’yicha tegishli davlat soliq xizmati organlarida amalga oshiriladi. Agar yuridik shaxs - O’zbekiston Respublikasining norezidenti O’zbekiston Respublikasida bir nechta doimiy muassasaga ega bo’lsa, u har bir doimiy muassasa bo’yicha tegishli davlat soliq xizmati organlarida hisobga turishi shart. Bitta yuridik shaxsning - O’zbekiston Respublikasi norezidentining bir nechta doimiy muassasa bo’yicha soliq hisobotini jamlashga yo’l qo’yilmaydi.
Soliq to’lovchini obyektlar bo’yicha hisobga qo’yish soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Soliq to’lovchini obyektlar bo’yicha hisobga qo’yish belgilangan tartibda hisobga qo’yilganidan keyin, agar soliq to’lovchida soliq to’lovchi sifatida hisobga qo’yilmagan joydagi yer solig’i, mol-mulk solig’i yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lash majburiyati yuzaga kelgan bo’lsa, amalga oshiriladi. Hisobga qo’yilmagan joydagi yer solig’ini, mol-mulk solig’ini yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to’lash majburiyati yuzaga kelgan soliq to’lovchi tegishli yer uchastkasiga bo’lgan huquq davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan e’tiboran yoxud mol-mulk solig’i yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish obyekti vujudga kelgan kundan e’tiboran o’n kun ichida soliq solish obyektlarini ular joylashgan yerda hisobga qo’yish uchun davlat soliq xizmati organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda murojaat etadi.
Davlat soliq xizmati organi soliq to’lovchining ilgari berilgan identifikatsiya raqamiga muvofiq soliq to’lovchi murojaat etgan kundan uch kundan kechiktirmay uni obyektlar bo’yicha hisobga qo’yadi.
Yuridik shaxs - soliq to’lovchi to’g’risidagi asosiy hisob ma’lumotlari quyidagilardan iborat:
soliq to’lovchining identifikatsiya raqami;
nomi (to’liq va qisqartirilgan nomi);
joylashgan yeri (pochta manzili).
Yuridik shaxslar - O’zbekiston Respublikasining rezidentlari uchun ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asosiy hisob ma’lumotlariga qo’shimcha ravishda quyidagilar ham hisob ma’lumotlari hisoblanadi:
tashkiliy-huquqiy shakli;
soliq majburiyatlarini mustaqil ravishda bajaradigan alohida bo’linmalar, shuningdek xo’jalik boshqaruvi organlarining tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslar uchun - soliq to’lovchi qaysi tashkilotning tarkibiga kirsa, shu tashkilot;
davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sana, joy va tartib raqami;
tijorat tashkilotlari uchun - ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori;
tijorat tashkilotlari uchun, aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno, muassislarning - O’zbekiston Respublikasining rezidentlarining soliq to’lovchi tariqasidagi identifikatsiya raqamini hamda har bir muassisning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini ham ko’rsatgan holda muassislarning to’liq tarkibi.
Jismoniy shaxs - soliq to’lovchi to’g’risidagi hisob ma’lumotlari quyidagilardan iborat:
soliq to’lovchining identifikatsiya raqami;
familiyasi, ismi va otasining ismi;
fuqaroligi;
O’zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - fuqaroning identifikatsiya raqami (shaxsiy kodi);
pasportining seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi;
yashash joyi (manzili).
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun quyidagilar ham soliq to’lovchi to’g’risidagi hisob ma’lumotlaridir:
davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sana, joy va tartib raqami;
faoliyat turi;
faoliyat amalga oshiriladigan joy.
Солиқ тўловчиларни ҳисобга қўйиш ва солиқ тўловчиларни объектлар бўйича ҳисобга қўйиш Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодексининг 80 ва 81 моддаларида белгиланган тартибда амалга оширилади. Солиқ тўловчилар — жисмоний шахсларни ҳисобга қўйиш туман (шаҳар) давлат солиқ инспекцияларининг жисмоний шахсларга солиқ солиш бўлимлари (тузилмалари) томонидан амалга оширилади. Бунда, жисмоний шахснинг паспорт маълумотлари асосида қуйидаги шаклда Солиқ тўловчи — жисмоний шахсни рўйхатга олиш варақаси тўлдирилади.



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling