Toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti
Download 329.13 Kb.
|
диплом sarvinoz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fotometrik kattaliklar. Yorug’lik oqimi
- Yorug’lik oqimi
1.2 FOTOMETRIK KATTALIKLAR
Optik diapazonga to’g’ri keladigan elektr magnit to’lqinlarining energetik parametrlarini o’lchash bilan shug’ullanadigan optikaning bolimiga fotometriya deyiladi. Soddaroq qilib aytganda, ko’zga ko’rinadigan yorug’lik ta’sirlarini o’lchash bilan shug’ullanadigan optikaning bo’limi fotometriya deyiladi. Fotometriya (foto... va metriya) — fizik optikaning manbalardan chiqib, turli muhitlarda tarqaladigan va jismlar bilan oʻzaro taʼsirlashadigan optik nurlanishning energetik koʻrsatkichlarini oʻrganadigan boʻlimi. Fotometriya fotometrik kattaliklarni oʻlchashning eksperimental usullari va vositalarini xamda shu kattaliklarga tegi shli nazariy qoidalar va xisoblarni oʻz ichiga oladi. Fotometriya ning asosiy energetik tushunchasi nurlanish oqimi E, boʻlib, uning fizik maʼnosi elektromagnit nurlanish tashiydigan oʻrtacha quvvatdir. Tor maʼnoda Fotometriya deb, yoruglik kattaliklari tizimiga tegishli (yoritilganlik, yoruglik kuchi, ravshanlik va h.k.) kattaliklarni oʻlchash va hisoblash tushuniladi. Fotometrik kattaliklarning nurlanish toʻlqin uzunligiga bogʻliqligini va energetik kattaliklarning spektral zichliklarini oʻrganish spektrofotometriya hamda spektroradiometriya mazmunini tashkil etadi. . Fotometriya – yorug’lik energiyasining oqimi, yorug’lik kuchi, yoritilganlik, ravshanlik, yorituvchanlik kabi fizik kattaliklar bilan ish ko’radi. Fotometrik kattaliklar. Yorug’lik oqimi. Biror sirtdan o'tayotgan yorug’lik nurlanishini elektromagnit to'lqinning shu sirt orqali 1s da olib o'tgan energiya miqdori, ya'ni shu sirt orqali nurlanish quvvati W bilan xarakterlash mumkin. Nurlanishning bu energetik xarakteristikasi yorug’likning energiya oqimi deyiladi. Yorug’lik oqimining birligi lyumen (lm)dir. Yorug’lik oqimi F deb biror yuzadan vaqt birligi ichida o’tuvchi yorug’lik energiyasini ko’rsatuvchi fizik kattalikka aytiladi, ya’ni : Φ=Q⁄t bunda Q – yorug’lik energiyasi, t – vaqt. YOrug’lik oqimining birligi lyumen (Lm) bo’lib, u 1 kd li yorug’likning 1 steradian fazoviy burchak bo’yicha yuborilgan oqimidir : Download 329.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling