Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Download 71.47 Kb.
bet7/10
Sana26.01.2023
Hajmi71.47 Kb.
#1125629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
tafakkur va nutq psixofizologik asoslari orgnal

Faol va passiv nutq
Nutq vositasi bilan bog‘lanadigan aloqada hamisha ikki yoki bir necha kishi ishtirok etadi, bulardan bittasi biron narsani yo og‘zaki, yoki yozma bayon qiluvchi kishi bo‘lsa, qolgani, yoki qolganlari shu nutqni idrok qiluvchi — eshituvchi yoki o‘quvchi kishi, yoki kishilar bo‘ladi. Shuning uchun ham nutqni faol nutq va passiv nutq deb ajratiladi
Biz biror narsani ifodalab, boshqa kishilarga og‘zaki yoki yozma bayon qilsak, bizning bu nutqimiz faol nutq deb ataladi. Faol nutq biror narsa gapirayotgan vayozayotgan kishining nutqidir. Shuningdek, kishi biror shaxsga maktub yozayotgan, olim maqola, kitob yozayotgan, yozuvchi o‘zining adabiy asarini yaratayotgan vaqtidagi nutq ham faol nutq bo‘ladi. Boshqa birovning faol nutqini idrok qilish va tushunish jarayoni passiv nutqdir. Gapirayotgan kishining so‘zini tinglab turgan yoki yozilgan narsani o‘qiyotgan kishi boshqa bir kishining faol nutqini o‘zicha takrorlagandek bo‘ladi. Masalan, o‘qituvchi darsni tushuntirib berayotganida, o‘quvchilar esa uning darsini eshitayotganlarida o‘qituvchining nutqi faol nutq bo‘ladi, o‘quvchilaming shu nutqni idrok qilish, ya’ni tushunish jarayoni esa passiv nutq bo‘ladi. Boshqa birovning nutqini, shu nutq so‘zlanayotgan tilni o‘zimiz bilganimiz taqdirdagina bu nutqni idrok qilishimiz va o‘zlashtirishimiz mumkin. Ammo shunda ham o‘sha nutqni idrok qilishimiz hamisha bayon qilinayotgan nutqqa aynan teng va muvofiq boMavermaydi. Ba’zan boshqa bir kishining nutqini tushunmaslik, bu nutqni bir tomonlama, noto‘g‘ri tushunish, so‘z illuziyalari va boshqa shu kabilarning hosil bo‘lishiga sabab ham shudir. Passiv nutqning bu xususiyatlari idrok qilayotgan kishining aqli qay darajada yetukligiga bog‘liq bo‘ladi. Gapirayotgan kishi o‘z nutqining mazmunini va shaklini shu nutqni tinglovchilarning qay darajada idrok qilishini ko‘zda tutib tuzadi. Chunonchi, o‘qituvchi o‘z nutqining o‘quvchilar qanchalik tushuna olishini nazarda tutib, so‘zlayotgan nutqini shunga qarab tuzadi.
Har bir kishi passiv nutqni faol nutqqa qaraganda, birmuncha oldinroq egallaydi. Yosh bola oldin kattalarning gapini tushunadigan bo‘ladi, so‘ngra o‘zi ham tilga kirib, gapira boshlaydi. Xuddi shuningdek, boshqa bir tilni o‘rganish vaqlida o‘rganilayotgan tilda faol nutqni egallash passiv nutqni egallashga qaraganda birmuncha keyinda qolib boradi.


Download 71.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling