Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti
Download 71.47 Kb.
|
tafakkur va nutq psixofizologik asoslari orgnal
Tashqi nutq
Tashqi nutq boshqa odamlar bilan aloqa qilishimizda foydalaniladigan nutqdir. Bu nutq biron kishiga qaratilgan, biron nimani xabar qiladigan nutqdir. Tashqi nutqning o‘zi ham og‘zaki va yozma nutqqa bo‘linadi. Og‘zaki nutq Og‘zaki nutq — boshqa kishilar bilan bevosita qilayotgan aloqamizda foydalanilayotgan nutqdir. Bu nutq odatdagi gaplashuv nutqidir. Bu nutq hamisha boshqa kishilarning eshitish organlari yordami bilan idrok qilishlari uchun mo‘ljallangan «tovushli» nuqtadir. Shu sababli, odatda, og‘zaki nutq ovoz bilan va (ba’zan) shivirlab aytiladi. Og‘zaki nutq vaqtida. odatda, gapirayotgan kishi bu nutqni mimika, imo-ishoralar bilan ishlatadi. Og‘zaki nutqning xarakterli xususiyati shuki, bu nutq suhbatdoshlar o‘rtasida boiadi. Suhbatdoshning yoki suhbatdoshlarning bunday ishtirok etishi ularning gapirayotgan kishining nutqiga diqqat qilib turishi, savollar berib turishi, so‘z tashlab turishidan iborat boiadi; suhbatdoshlar gapirayotgan kishining fikriga e’tiroz bildiradilar, yoki bu fikrga o‘zlarining rozi boiganliklarini izhor qiladilar, yoxud shu fikrni kengaytiradilar. Suhbatdoshlarning og‘zaki nutqda qatnashishlari qay xarakterda va qay darajada boiishiga qarab, og‘zaki nutq ikki shaklga bo‘linadi. Bularning biri dialog nutq (dialog) va ikkinchisi monolog nutq (monolog) deb aytiladi. Ikki yoki ko‘p suhbatdosh o‘rtasidagi gaplashish tariqasida bo‘ladigan nutq dialog deb ataladi. Suhbatdoshlar navbatma-navbat gaplashaveradilar — biri so‘raydi, biror narsani aytadi, boshqalar esa uni tinglaydilar, javob beradilar. Odam bitta o‘zi gapirsa-yu, boshqa kishilar bu gapga faol qatnashmay faqat uning nutqini tinglab tursalar, nutqning bu shakli monologdeb ataladi. Masalan, lektorning, dokladchining nutqi, sudda, kengashlarda va boshqa shu kabi joylarda so‘zlanadigan nutq monolog nutqdir yoki monologdir.Og‘zaki nutq so‘zlayotgan kishi o‘z fikrini suhbatdoshlari to‘g‘ri tushunib olishiga harakat qiladi. Shu sababli, og‘zaki nutqda ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi so‘zlarni ham to‘la aytishga to‘g‘ri keladi. Durust, ba’zi og‘zaki nutq ham qisqartirilgan holda, ayrim gap boiaklarini tushirib qoldirgan holda gapiriladi. Ba’zi hollarda gaplashuv, dialog ham faqat kesimlar bilangina ifodalanishi mumkin. Masalan, yarim kechada bir necha kishi gaplashib, tramvay kelishini kutmoqda, ulaming hammasi tramvay keladigan tomonga ko‘z tikib turibdi. Ular o‘rtasida taxminan shunday gaplar bo‘ladi: «Ko‘rinyaptimi?» — «Yo‘q, ko‘rinmayapti». Oradan biroz o‘tgach: «Kelyaptimi?» — «Ha, kelyapti». Bu gaplar faqat kesimlaming o‘zidangina iborat gaplardir. Ammo, shunday boMsa ham, gaplashayotgan kishilarning hammasi bir-birlarining fikrlarini tushunadilar.Og‘zaki nutqning sintaksis jihatidan to‘liq bo‘lmasligiga, awalo, sabab shuki, gap mavzui ham, shu gap sodir bo‘layotgan vaziyat ham, odatda, gaplashib turgan kishilarga aniq va ravshandir. Shu sababli, og‘zaki nutq, vaqtida gap bo‘laklarining hammasini, ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi va hokazolami gapda har safar to‘liq aytishga hojat qolmaydi. Bundan tashqari, mimika va imo-ishoralar, intonatsiyalar, pauzalar, mantiqiy urg‘ular va shu kabilar, xullas nutqimizni jonlantiradigan vositalarning hammasi og‘zaki nutqni boyitadi. Jonli nutq tinglanibgina qolmasdan, uni odamlar ko‘rib ham turadilar, his ham qiladilar. Bunday nutq, ko‘pincha, og‘izdan chiqishi bilanoq tushunilaveradi.Og‘zaki nutq ixtiyorsiz yoki ixtiyoriy bo‘ladi. Gapirayotgan kishi so‘z va grammatika shakllarini maxsus tanlamay, og‘ziga kelganicha so‘zlashsa, bu holda nutq ixtiyorsiz nutq bo‘ladi. Gapirayotgan kishi o‘z so‘zlari uchun alohida mas’uliyat sezib gapirganida, shu nutqni tinglayotgan kishi gapirayotgan kishi uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lganida, bunday hollarda nutq ixtiyoriy xarakterga ega bo‘lib qoladi. Masalan, o‘quvchining o‘z o‘qituvchisi bilan gaplashayotgan vaqtidagi nutq mana shunday ixtiyoriy nutqdir. Bunday hollarda gapirayotgan kishi lozim bo‘lgan so‘zlarni tanlab, joy-joyiga qo‘yib ishlatishga, grammatika qoidalariga rioya qilishga intiladi va harakat qiladi. Dialog — ikki yoki bir necha odam o‘rtasida bo‘ladigan gapdir, bunda suhbatdoshlarning gapi bir-biriga bogManadi, ulanib ketadi, ya’ni gaplashib turganlar bir-birlariga savol-javob qilib, bir-birlariga e’tiroz qilib gapni ulab, davom ettiradilar. Shuning uchun dialog ma’nosi bir-biriga ulangan nutqni ancha osonlashtiradi. Monolog nutq esa ancha og‘ir ko‘chadi. Monolog — gapirayotgan kishidan juda ko‘p diqqat-e’tibor berishni talab qiladi, gapirayotgan kishining faqat o‘z nutqining mazmunigagina diqqat-e’tibor berib qolmay, balki, shu bilan birga, bu nutqning tashqi tuzilishiga ham, fikrlarni ifodalashda muayyan sistema, tartib bo‘lishiga ham rioya qilishi lozim bo‘ladi. Monolog nutq tuzilishi jihatidan yozma nutqqa yaqindir. Og‘zaki nutq (dialog ham, monolog ham) ichki nutq singari, tafakkur qurolidir. Bunda boshqalar bilan gaplashish jarayonida gapirayotgan kishining o‘z fikrlari ham o‘ziga ravshan bo‘lib qoladi. Ko‘pincha mana bunday bo‘ladi: miyamizda paydo bo‘lgan, lekin unchalik ravshanlashmagan fikr o‘zimiz muhokama qilib ko‘rishimiz va boshqalarga bayon qilishimiz jarayonida o‘zimizga ham ravshan bo‘lib qoladi — pishib yetiladi. Ba’zi bir fikrlarimizni pishitib yetishtirishda, boshqalarning fikrini uqib bilib olish (tushunib olish) vaqtida biz ko‘pincha bu fikrlarni go‘yo biron suhbatdoshga aytayotgandek yoki o‘z-o‘zimizga ovoz chiqarib ifodalashimizning sababi ham ana shunda. Bunday hodisalar ichki nutq bilan tashqi nutq o‘rtasida ajralish yo‘qligini ko‘rsatadi: fikrni nutq bilan ifodalash faoliyatida hamisha ichki nutqdan tashqi nutqqa va aksincha, tashqi nutqdan ichki nutqqa o‘tish hollari boiib turadi. Download 71.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling