Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti
Download 71.47 Kb.
|
tafakkur va nutq psixofizologik asoslari orgnal
Ichki nutq
Ichki nutq shunday bir nutqdirki, uning yordami bilan fikrlar boshqa odamlarga ma’lum qilinmasdan oldin ichda ifodalanadi. Ichki nutqning o‘z xususiyatlari bor. Bu nutq, ko‘pincha tovushlar ovoz chiqarib aytmaydigan nutqdir, bu nutq odam «o‘z ichida gapiradigan» nutqdir. Ba’zan ichki nutq «tashqariga» chiqadi, ya’ni tovushlar ovoz chiqarib aytiladi. Biror nimani fikr qilayotgan odam qandaydir qiyinchilikka uchrab qolganida, shuningdek, hissiyoti qattiq qo‘zg‘alish natijasida hayajonlanib ketganida yoki o‘zining oldida boshqa odamlar bo‘lmagan vaziyatda u, o‘zi sezmagan holda, «ovoz chiqarib o‘vlaydi» — ovoz chiqarib o‘z-o‘zi bilan gaplasha boshlaydi. Odam yakka qolib, o‘z ichida o‘ylab o‘tirganida ko‘pincha imo-ishora va mimikadan ham foydalanadi. Kichkina bolalar ko‘pincha «ovoz chiqarib o‘ylaydilar», gaplashib va harakat qilib turib fikr qiladilar. Shakl jihatidan ichki nutq ko‘proq monolog tarzida sodir bo‘ladi, ichki nutqni odamning o‘z-o‘zi bilan va o‘zicha gaplashuvi deyish mumkin. Lekin ba’zan ichki dialog shaklida, xayoldagi suhbatdosh bilan gaplashish yoki munozara qilish tarzida ham sodir boiadi. Sintaksis tuzilishi jihatidan ko‘pincha ichki nutq qisqartirilgan, bolak- bolak gaplardan iborat boiadi. Ichki nutqda gapning faqat ayrim bolaklarigina, asosan ega birmuncha aniq qilib ifodalanadi («ichdan, o‘z- o‘ziga» aytiladi). Ichki nutq ovoz chiqarib «aytib yuborilganida» ham o‘zining shu xususiyatini saqlab qoladi. Masalan, poyezddan kechga qolgan yoiovchi vokzalga yaqinlasha turib soatga qaraydi va shu onning o‘zidayoq, o‘ziga kerakli poyezdning ketgan yoki ketmaganligini o‘zicha hal qilib, o‘z fikrini ovoz chiqarib aytilgan: «Eh, ketib qolibdi-уа!» degan so‘z bilan ifodalab yuboradi. Bunda faqat kesimning o‘zigina ifodalanadi. Lekin shu kishining ichki nutqida (ichida, o‘z-o‘zicha nutqida), albatta, gapning boiaklari, boshqa so‘zlar ham boiadi, faqat gapning shu boiaklari unchalik shakllanmagan boiadi, shu sababli, gapning shakllanmagan shu boiaklari darhol tashqariga chiqmaydi, eshittirilib aytila qolmaydi. Bu holda faqat birgina kesim bilan aytilgan fikr poyezdga xuddi shu kishidek shoshilib kelayotgan va mana shunday shubhaga tushib qolgan boshqa kishilargagina tushunarli boiadi. Ichki nutqning toiiq boimasligiga, boiak-boiak boiishiga sabab shuki, tafakkur obyekti va shu tafakkur sodir boiayotgan vaziyat fikr qiluvchi kishining o‘ziga ravshandir va toiiq gap bilan qayd qilinishini talab etmaydi. Nutq tafakkur obyektida tasdiqlanadigan yoki inkor qilinadigan narsa ustidagina to‘xtaladi. Ichki nutq, odatda, ixtiyorsiz ravishda o‘tadi. Bunda tafakkur jarayonlarining o‘zi ixtiyoriy ravishda, maium kuch sarflash yoli bilan ham borishi mumkin. Lekin ixtiyoriy tafakkur jarayonining borishiga yordam bergan ichki nutq ixtiyorsiz ravishda o‘z-o‘zicha maydonga chiqadi deyish mumkin. Ichki nutq dialog shaklida sodir boigan hollardagina ixtiyoriylik momentlari paydo boiadi. Bunday hollarda ichki nutq o‘zining sintaksis tuzilishi jihatidan ham tashqi nutq tuzilishiga yaqinlashib qoladi. Ichki nutqning xarakterli belgisi shuki, bunda tovushlarning artikulatsiyasi ko‘zga ko‘rinmaydi. I.M. Sechenov buni quyidagicha tasvirlaydi: «Men fikr qilayotganimda juda ko‘p vaqt og‘zimni ochmay va yopib turib, gapiraveraman, ya’ni og‘iz bo‘shlig‘idagi til muskullari harakat qilaveradi. Biror fikrni, asosan boshqalarga uqtirmoqchi boiib, ifodalashga uringan hollarning hammasida esa shu fikrni albatta pichirlab takrorlab turaman» Ichki nutqning ko‘zga ko‘rinmaydigan mana shunday artikulatsiyasi borligi hozirgi vaqtda eksperimental yo‘l bilan isbotlangan. Download 71.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling