Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti
Download 71.47 Kb.
|
tafakkur va nutq psixofizologik asoslari orgnal
Yozma nutq
Yozma nutqning xususiyati shuki, bu nutq bevosita aloqa boglash vositasi bo‘lmasdan, balki, ko‘pincha, boshqa vaziyatda, boshqa bir joyda turgan yoki turishi mumkin boigan odamlar bilan aloqa bog‘lash vositasidir. Masalan, biz o‘z do‘stimizga yoki qarindoshimizga xatimizda yozib yuborgan xabarimizni u ehtimolki bir kundan keyin, ikki kundan keyin, bir haftadan keyin, boshqa shaharda yoki boshqa qishloqda o‘qib bilishi mumkin. Biz bundan yarim yil, bir yil, hatto bir necha o‘n va yuz yil muqaddam yozib qoldirilgan kitoblarni o‘qib, shu kitoblardagi bilimlami bilib olamiz. Yozma nutq ham monolog shaklida va dialog shaklida boiadi. Masalan, ilmiy asarlar hamisha deyarli monolog shaklida yoziladi. Badiiy- adabiy asarlar dialog shaklida ham, monolog shaklida ham yoziladi. Ba’zan oddiy maktublar ham dialog shaklida yoziladi, shu maktubni yozavotgan kishi uni o‘qiydigan kishini tasawur qilib, unga maktubda o‘zi savollar beradi va shu savollarga o‘zi javob qaytaradi. Sintaksis jihatidan qaraganda yozma nutq eng toiiq va mukammal nutqdir. Har bir kishi oddiy maktubni yoki ilmiy maqolani yozayotganida grammatika qoidalariga, og‘zaki nutqdagiga qaraganda, ko‘proq rioya qiladi. Yozma nutqda gap bolaklaridan biri tushib qolsa, bu yozma nutqni o‘qigan kishilar uni qiynalib tushunadilar yoki butunlay tushunolmaydilar. Yozma nutqning sintaksis jihatdan toiiq bolishi shuning uchun ham zarurki, og‘zaki nutq uchun xarakterli boigan mimika, imo-ishoralar, intonalsiyalar va boshqa shu kabi qo‘shimcha elcmcntlarni yozma nutqda ishlatib bo‘lmaydi. Yozma nutq, asosan, ixtiyoriy nutq bo‘ladi. Maktub, doklad, ma’ruzalar va boshqa shu kabilarni vozayotgan kishi so‘zlarni ongli ravishda tanlaydi, gaplarni yaxshiroq qilib tu/.ishga intiladi. Ko‘pincha o‘z fikrlarimizni o‘qiydigan kishilarga so‘zlar vositasi bilan g‘ovat ravshan va tushunarli qilib ilodalamoq uchun ancha-muncha kuch sarllashimiz lozim bo‘ladi. Yozma nutq fikrlarimizni ifodalab berishning eng yaxshi vositasidir. Yozma nutqda fikrning mazmuni va shaklidagi ayrim kamchiliklar ochiq ko‘rinib qoladi va fikrning o‘zi mazmun va shakl jihatidan eng ravshan, aniq qilinib ifodalanadi. Shuning uchun ham biz aqliy ish bilan shug‘ullanayotganimizda, biror masalani hal qilganimizda yoki tayyor bilimlarni o‘zlashtirayotganimizda ish natijasini yoki olgan bilimimizni ko‘pincha, xatga yozib qo‘yamiz, ba’zan esa bir necha marta ko‘chirib yozamiz. Shu sababli, har xil yozma ishlar — hikoya qilib yozib berish, insho yozish, konspekt olish — tafakkurning o‘sishi uchun katta ahamiyatga egadir. Shu bilan birgalikda, yozma nutqni egallash kishining og‘zaki nutqini takomillashtirishga ham yordam beradi, natijada og‘zaki nutq o‘zining lug‘at tarkibi jihatidan boyroq bo‘lib qoladi, grammatika jihatidan to‘g‘riroq ifodalanadigan bo‘ladi, ancha muntazam va sistemaga tushgan nutqqa aylanadi. Mana shuning o‘zi og‘zaki nutq bilan yozma nutq hamisha bir-biri bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Og‘zaki nutq bilan yozma nutq o‘rtasida o‘rtacha joy oladigan nutqlar borki, bu nutqlar monologning alohida turlaridir. Og‘zaki dokladlar: ma’ruzalar, nutqlar, o‘qituvchining darsni tushuntirib berishi va boshqa shu kabilar monolog nutqning mana shunday alohida turlaridir. Bu nutqlar o‘zining sintaksis tuzilishi jihatidan yozma nutqqa yaqinroqdir: odatda, ma’ruza, doklad qilmoqchi, nutq so‘zlamoqchi, dars bermoqchi bo‘lgan kishi buning uchun tayyorgarlik ko‘radi. Mana shu tayyorgarlikning o‘zi, ko‘pincha, qilinadigan dokladlarni, ma’ruzalami va boshqa shu kabilami oldin yozma bayon qilishdan iborat bo‘ladi. Ammo bu nutqlar amalga oshirilish texnikasi jihatidan, ko‘pincha (agar yozilgan materialni o‘qib berilmasa), og‘zaki nutqqa yaqinlashadi. Bunday hollarda bu xildagi nutqlar o‘zining sintaksis tuzilishi jihatidan ham og‘zaki nutqda yaqinlashadi. Odatdagi og‘zaki gaplashuv nutqida bo‘lganidek, monolog nutqning bu turlarida ham mimika, imo-ishoralar, intonatsiya va boshqa shu kabilardan foydalaniladi. Shu sababli, bu xil nutq o‘zining «jonli» bo‘lishi jihatidan ham og‘zaki gaplashuv nutqiga yaqinlashadi. Download 71.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling