Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Download 0.7 Mb.
bet1/9
Sana29.10.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1732626
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
G\'apporova Muhayyo


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
GEOGRAFIYA VA UNI O‘QITISH METODIKASI” KAFEDRASI
TASDIQLAYMAN”
Tabiiy fanlar” fakulteti dekani
_________ prof. K.A. Saparov

KURS ISHI
TABIIY GEOGRAFIYA” FANIDAN

MAVZU: O’rta Osiyo foydali qazilmalari va ularning geografik tarqalishi
60111000- “Geografiya o‘qitish metodikasi” yo‘nalishi 301-guruh talabasi
O’apporova Muhayyo Bahriddin qizi tayyorladi


“Geografiya va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri
_________ PhD. Rasulov A.B.
“_____” ______ 2023-yil



Kurs ishi rahbari.
“Geografiya va uni o‘qitish
metodikasi” kafedrasi ________g.f.n.,dots Amanbayeva.Z.
“____” ______ 2023-yil

Kurs ishi “__” ballga himoya qilindi.


“____” ______ 2023-yil




Toshkent – 2023
MUNDARIJA
KIRISH


I BOB O’RTA OSIYO DAVLATLARI FOYDALI QAZILMALARI

    1. O’rta Osiyo foydali qazilmalari haqida tushuncha

1.2 O’rta Osiyo davlatlari foydali qazilmalari
II BOB FOYDALI QAZILMALAR TURLARI

    1. Foydali qazilmalarning tarqalganlik darajasi



    1. Metall foydali qazilmalar

2.3 Nometall foydali qazilmalar

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Mavzuning dolzarbligi:
Bugungi kunda foydali qazilma boyliklar har bir davlatlarning kelajagi va hozirgi kundagi iqtisodiyotini belgilab beradi.Shu sababli ham har bir davlat uchun foydali qazilma boyliklar muhim ahamiyatga egadir.
Umuman olganda foydali qazilmalarni kelib chiqishiga ko’ra 3 ta guruhga bo’linadi: magmatik; matamorfik; cho’kindi. Magmatik foydali qazilmalar bevosita magma faoliyati tufayli paydo bo’lib, asosan vulqon oblastlarida ko’p uchraydi. Bu guruhga rudali va shunga o’xshash foydali qazilmalar mansub. Matamorfik foydali qazilmalarda kuchli bosim va harorat ta'sirida Yer qobiІining turli xil chuqurliklarida Tog` jinslarining fizik va kimyoviy tarkibi murakkab o’zgarishga uchraydi va rudali, noruda metomorfik qazilmalar paydo bo’ladi. M: temir kvarsitlar, slaneslar, marmar va hokazolar.Cho’kindi foydali qazilmalar Yer po’stining ustki qismida dengiz, ko’l, botqoqliklarni cho’kindi jinslar qoplashi tufayli vujudga keladi. Bu guruhga noruda foydali qazilmalar (neft, gaz, ko’mir, slanes, torf) kiradi.
Markaziy Osiyo hududi foydali qazilmalarga juda boy. Ular asosan rudali va noruda konlardan iborat.Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar u yoki bu turdagi foydali qazilmalarga boy. Xususan,Qozog`istonda Mendeleyev davriy tizimidagi elementlarning barcha turi uchraydi.Qozog`iston qora rangli metallarga boy.Qozog`iston past Tog`larida oltin, mis, polimetall ruda konlariningg`oyat katta zahiralari aniqlangan. Toshko’mirning yirik konlariQaraganda, Ekibastuz va Ubagan ko’mir havzalarida mavjud.Neftning yirik konlari o’arbiy Qozog`istondagi Tengiz konida (Emba rayoni). Mang`ishloq yarim orolida nihoyatda ko’p. Ayniqsa, Tengiz neft havzasining zahiralari bir necha milliard tonna deb baholanmoqda. Bu jahondagi eng yirik neftga boy rayonlardan biri hisoblanadi. Gazning Mang`ishloq yarim orolida kattagina zahiralari mavjud. SharqiyQozog`iston ayniqsa rangli va nodir metallarga boy. Yirik temir ruda konlariQozog`istonda ochilgan va ishga tushirilgan. Ulardan eng yirigi To’rІay supasimon o’lkasida joylashgan Sokolov-Sarbay konidir. (Qozoq magnitkasi). O’zbekiston va Qirg`izistonda ham temir ruda konlari bor, ammo ular hali ishga tushirilganicha yo’q.
O’zbekistonning Farg`ona vodiysida neft, tabiiy gaz, oltingugurt, har xil tuzlar juda ko’p. Surxondaryo vodiysida ham talaygina neft konlari mavjud. (Tolli, Lalmikor, Kakaydi va boshqalar).Gazning yirik konlari O’zbekistonning Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari hududida, shuningdek Turkmanistonda, Ustyurtda aniqlangan. Ayniqsa, Gazachakdan, Turkmanistonning Amudaryo sohili qismlaridan yirik gaz konlari topilgan.Qoraqum markazidagi Gugurtdosh, Sho’rsuv oltingugurt konlari bilan mashhur. Markaziy Osiyo bitmas-tuganmas tuz konlariga boy, bu yerda faqat osh tuzining 300 dan ortiq konlari mavjud. Bu konlar Turon pasttekisligidagi sayoz ko’llarda, Orol ko’li, Kaspiy dengizi sohillarida, Turkmanboshi (Krasnovodsk),Farg`ona, Balxash ko’li rayonlarida ayniqsa ko’p joylashgan.Qorabo’gozgulda glauber (mirabilit) tuzining juda katta zahiralari to’plangan. Cheleken yarim orolida tuz bilan birga ozokert ham qazib chiqariladi. Mang`ishloq yarim orolida Qoratovda, Amudaryoning quyi qismida Qoraqalpogiston hududida fosfort konlari bor.
Qizilqum hududi va Surxondaryoda ham fosforit konlari topilgan. Markaziy Osiyo hududi binokorlik xom-ashyolariga ham boy. Bu yerda ohaktosh, granit, mergel, marmar, dolomit, gips, bo’r, asbest, kaolin, kvars, shaІal, qum va boshqalarning yirik konlari mavjud. Ular Markaziy Osiyodagi barcha davlatlarda uchraydi.Gazgon, Bo’stonliq, Omonqo’ton, Dushanbe rayonlarida va Qirg`izistonda chiqadigan marmar o’zining nafisligi bilan ajralib turadi.
Markaziy Osiyo shifobaxsh mineral suvlarga ham boy. Tojikistondagi Obigarm,Qirg`izistondagi Oqsuv, Arashon, Jalolobod, O’zbekistondagi Toshkent, Chortoq,Farg`ona, Uchqizil mineral suvlari va issiq buloqlari shular jumlasidandir. Bular turli kasalliklarni davolashda, kurort xo’jaligini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling