Toshkent davlat sharqshunoslik instituti jahon siyosati, tarixi va falsafasi fakulteti


Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar


Download 269.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana17.02.2023
Hajmi269.94 Kb.
#1209132
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
jahon iqtisodiyotida mamlakatlar guruhlari

3. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar. 
O„tish iqtisodiyotidagi o„rtacha rivojlangan mamlakatlar. 
O„tish iqtisodiyotidagi sobiq sotsialistik mamlakatlar. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar
Iqtisodiyoti markazlashtirilgan tartibda boshqariladigan mamlakatlar. 
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar 
Ularga sobiq industrial va ba‟zi bir industrial mamlakatlar kiradi. Mazkur 
mamlakatlar guruhida sayyoramiz aholisining 15 foizi yashaydi, lekin ular jahon 
xo„jaligi sanoat mahsulotining qariyb 3/5 qismini ishlab chiqaradi, jumladan 
mashinasozlik mahsulotining 2/3 qismini. Mazkur mamlakatlar katta moliyaviy 



resurslarga ega bo„lib, 9/10 qismi to„g„ri keladi, ya‟ni bevosita sanoat, qishloq 
xo„jaligi, savdo hamda xorijiy mamlakatlar xo„jaligining boshqa sohalari 
korxonalariga kapitalni uzoq muddatli qo„yilmalarining. Aynan iqtisodiy jixatdan 
rivojlangan mamlakalar Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) 
hamda jahon moliya bozorini nazorat qiluvchi Parij klubining a‟zolari bo„lib 
hisoblanadi. Mazkur mamlakatlarning asosiy qonuniyati - yuqori darajada 
rivojlangan xo„jalik mavjudligi bo„lib, unda davlatning va kapitalni qudratli 
guruhlarining faoliyati uyg„unlashgan. Ular orasida bosh mamlakatlar, yoki “Katta 
yettilik” ayniqsa ko„zga tashlanadi. Bular AQSH, Yaponiya, GFR, Fransiya, 
Buyuk Britaniya, Italiya va Kanadadir. Ularning hissasiga dunyo YAIMning va 
sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishining taxminan yarmi, jahon tashqi savdosi 
aylanmasining aksariyat qismi to„g„ri keladi. Mazkur mamlakatlar uchun quyidagi 
belgilar xosdir: ularning hammasi postindustrial mamlakatlardir; ularning yirik 
korporatsiyalari jahon xo„jaligi ishlab chiqarish kuchlarining asosiy qismini 
to„g„ridan-to„g„ri yoki vositali ravishda nazorat qiladilar; ushbu mamlakatlarning 
hukumat organlari va kapitali jahondagi siyosiy hamda iqtisodiy jarayonlar ustidan 
real nazorat vositalariga egadirlar. 
Korporatsiya - bu shunday korxonaki, uning faoliyati aksiyadorlik kapitaliga 
asoslanadi, ya‟ni omonatchilar bu kapitaldan foydalanib, qimmatli qog„ozlar - 
mazkur korxonaning aksiyalarini sotib olganlar. Faoliyat sohasi bo„lib butun jahon 
bozori hisoblangan korporatsiyalar transmilliy korporatsiyalar deb ataladi (TMK). 
Mazkur turdagi boshqa mamlakatlarga Yevropaning kichik sanoati rivojlangan 
mamlakatlari kiradi: Niderlandiya, Belgiya, Shvetsiya, Shveysariya, Finlyandiya, 
Norvegiya, Daniya, Avstriya va boshqalar, shuningdek janubiy yarimsharlikning 
sanoati rivojlangan mamlakatlari: Avstraliya, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika 
Respublikasi. 
O„tish iqtisodiyotidagi o„rtacha rivojlangan mamlakatlar 
Bu yerda gap bozor iqtisodiyotining zamonaviy mexanizmi shakllanib bo„lgan 
industrial-agrar mamlakatlar guruhi haqida bormoqda. Ushbu mamlakatlarning 
xo„jaligi hozircha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga nisbatan pastroq iqtisodiy 



ko„rsatkichlarga ega bo„lib, ularning xo„jalik tuzilmalari hali oxirigacha 
shakllantirilmagan. Bunda mamlakatlarning ikkita quyi guruhi ajratiladi.Birinchisi 
- kapitalistik rivojlanish yo„liga kechikib kirgan mamlakatlar. Bular Ispaniya, 
Portugaliya, Turkiya, Gretsiya va h.k.lar. Ularning hammasi avvaldan jahon 
tarixida muhim rol o„ynaydi, birinchi uchtasi o„z vaqtida hatto qudratli 
mustamlakachi imperiyalariga ega bo„lgan. 
Biroq ularning rivojlanishini ma‟lum davr mobaynida bundan oldingi 
formatsiyalarning ijtimoiy munosabatlar asoratlari to„xtatib turgan edi.Biroq, 
so„nggi o„n yilliklar davomida aynan shu yerda iqtisodiy qayta qurishning eng 
dinamik jarayonlari ro„y bermoqda. Bu mamlakatlar umumevropa iqtisodiy 
tuzilmalarga tobora ko„p intergratsiyalashadi. Ikkinchi quyi guruh - yangi 
industriallashuv mamlakatlaridir. Osiyoning sharqida bular - Koreya Respublikasi, 
Tayvan, Singapur va b.; Lotin Amerikasida - Meksika, Argentina, Urugvay, 
Braziliya, Chili. Mazkur mamlakatlarda xo„jalikni qayta qurishning, ayniqsa, 
dinamik jarayonlari kechmoqda. Osiyo mamlakatlari - Uzoq SHarq yo„lbarslari 
(yoki ajdarlari)da - iqtisodiy rivojlanishning tezlashuviga turtki bo„lib Amerika va 
yapon kapitalining ahamiyatli investitsiyalari, sanoati rivojlangan mamlakatlarning 
ilg„or texnologiyalarini jalb qilish xizmat qildi. Undan keyingi muvaffaqiyatlar esa 
amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar bilan bog„liq. 
O„tish davri iqtisodiyotining postsotsialistik mamlakatlari 
XX asrning 80-yillari oxirida butun dunyoda sotsialistik tizimning ulushi 
maydoniga ko„ra - 26 foizni, aholisiga ko„ra - 33 foizni, sanoat va qishloq xo„jaligi 
ishlab chiqarish hajmiga ko„ra - 30 foizdan kamini tashkil etgan. 90- yillarda ushbu 
malakatlarning ko„pchiligi bozor xo„jaligini qurish yo„lini tanlagan. Ularning soni 
o„sdi. Sobiq Sovet Ittifoqi hududida 15 ta mustaqil davlat paydo bo„ldi, sobiq 
Yugoslaviya hududida esa - 5 ta, Chexiya va Slovakiya bir-biridan ajratildi, sobiq 
GDR hududi esa GFR tarkibiga kirdi. Yosh mustaqil davlatlar suverenitetining 
oyoqqa turish xususiyatlarini, iqtisodiy islohotlar dinamikasining xususiyatlari 
hamda tugalligi darajasini, shuningdek iqtisodiy-geografik joylashuvini hisobga 
olib, o„tish davri iqtisodiyotiga mansub postsotsialistik mamlakatlarining ikkita 



quyi turini ajratadilar. Yevroosiyo postsotsialistik mamlakatlariga Markaziy 
Yevropada Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya, Serbiya 
va Chernogoriya Respublikasi, Slovakiya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, 
Makedoniya, Albaniya kiradi; Osiyoda esa - Mongoliya. Sobiq Sovet Ittifoqi 
makonida paydo bo„lgan yosh mustaqil davlatlar - Rossiya, Ukraina, Belarus, 
Litva, Latviya, Estoniya, Moldova, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, 
Qozog„iston, O„zbekiston, Qirg„iziston, Tojikiston, Turkmaniston. Ularning 
deyarli hammasi industrial yoki agrar-industrial mamlakatlar hisoblanib, ularni 
xo„jaligining asosiy xususiyatlari butunlay shaklantirilgan xo„jalik mavjudligi 
bilan ajralib turadi, va xo„jalik tuzilmasi iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar 
xo„jaligining tuzilmasidan farqlanmaydi. 
Biroq zamonaviy bosqichda sobiq sotsialistik mamlakatlarga kapitalning 
yetishmasligi bois, ko„pchilik sohalar (ayniqsa, qishloq xo„jaligi, yengil sanoat
savdo) eskirgan texnika va texnologiyalardan foydalanadi. Mamlakatlarda bozor 
xo„jaligining 
zamonaviy 
tashkiliy-boshqaruv 
tuzilmalari 
endigina 
shakllantirilmoqda.Ularda bozor sharoitidagi iqtisodiy qayta qurish boshlandi, 
ba‟zi bir davlatlar ayni damda ma‟lum muvaffaqiyatlarga erishdilar.Iqtisodiy 
islohotlarning polyak, chex hamda venger modellari nisbatan muvaffaqiyatli deb 
tan olindi. 

Download 269.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling