Toshkent davlat sharqshunoslik instituti jahon siyosati, tarixi va falsafasi fakulteti
Download 269.94 Kb. Pdf ko'rish
|
jahon iqtisodiyotida mamlakatlar guruhlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- REFERAT MAVZU: JAHON IQTISODIYOTIDA MAMLAKATLAR GURUHLARI Bajardi: Rahimov Dilmurod Qabul qildi: Rizayeva Kamola Toshkent 2015
1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI JAHON SIYOSATI, TARIXI VA FALSAFASI FAKULTETI I bosqich Jahon siyosati yo`nalishi Ingliz-Turk guruhi REFERAT MAVZU: JAHON IQTISODIYOTIDA MAMLAKATLAR GURUHLARI Bajardi: Rahimov Dilmurod Qabul qildi: Rizayeva Kamola Toshkent 2015 2 Reja: 1. Mamlakatlar tasnifining mezonlari 2. Mamlakatning daromadlar darajasiga ko‟ra tasniflash 3. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar 4. Rivojlanayotgan mamlakatlar 5. Foydalanilgan adabiyotlar 3 1. Mamlakatlar tasnifining mezonlari Zamonaviydunyodamavjudbo„lganmamlakatlarturlarinio„rganishdanoldin, bizaynannimaniizlashimizni, bizqabulqilganmamlakatturitushunchasiningmohiyatinimadaniboratekanliginianiql ashtiramiz. Mamlakat turi - bu rivojlanish shartlari va xususiyatlariga ega, obyektiv tarzda vujudga kelgan, barqaror majmua bo„lib, jahon tarixining hozirgi bosqichida ma‟lum mamlakatiling jahonhamjamiyatidagi roli va o„rnini tavsiflaydi. Mamlakatshunoslik - eng qadimgi bilim sohalaridan biri bo„lib, u Yer sharida mamlakatlarning shakllantirilishi va rivojlanishi xususiyatlari haqida, ularning ichki tuzilmasi va faoliyat yuritishi qonuniyatlari haqida, tarixan taqdir taqozosi bilan insonning o„z atrofidagi tabiat bilan o„zaro munosabatlari xarakteri haqida nihoyatda katta material to„plagan. Ko„pchilik mamlakatshunos-geograflar, iqtisodchilar, siyosatshunoslar, xalqaro munosabatlar sohasidagi mutaxassislar ko„p vaqtdan beri jahon mamlakatlarini tizimlashtirish ustida ishlayaptilar. Biroq, shuni qayd etish joizki, hozirgi vaqtgacha mamlakatshunoslikda mamlakatlarni ma‟lum tarkibiga ko‟ra guruhlashning umume‟tirof etilgan tizimi mavjud emas. Bunday orqada qolishning ba‟zi bir obyektiv sabablarini aytib o„tish mumkin ( aniq klassifikatsiyasi bor bo„lgan boshqa fanlarda - masalan, kimyoda - Mendeleyev jadvali; zoologiya va biologiyada Karl Linney tomonidan butun mavjudot va o„simlik dunyosini qat‟iy iyerarxiyaga bo„ysungan klassifikatsiyasidan so„nggina fan sifatida shakllangan): bizning tadqiqotimiz obyektlari - jamiyatlar faoliyati natijalari - jonli va, ayniqsa, jonsiz tabiat obyektlariga nisbatan ko„proq o„zgaruvchandir; mazkur tez o„zgaruvchanlik “nima yaxshi-yu, va nima yomon?” - degan yuqori darajali dialektik savolga aniq javob berish uchun butunlay solishtiriluvchi obyektiv mezonlarning qidiruvini murakkablashtiradi; 3) mamlakatshunoslar ishlaydigan mamlakatlarda partiyalar, mafkuralar, maktablar o„rin almashishi ular izlayotgan mamlakatlar guruhlariga subyektiv elementlarni kiritmasdan qolmaydi, demak, ularni munozarali va, albatta, boshqa mafkuralar tarafdorlari uchun 4 noqulay bo„lishiga sabab bo„ladi. 1 Demak, hozirgi dunyoda taxmiman 230 ta mamlakat bo„lib, bular insonlarning davlat tomonidan rasmiylashtirilgan, ma‟lum hududni egallaydigan hamda “de yure” yoki “de fakto” xalqaro huquq subyektlari etib tan olingan, insonlarning mustaqil yoki o„zini o„zi boshqaradigan birlashmalari hisoblanadi. Mazkur mamlakatlar nihoyatda turlidir - maydoniga ko„ra ham, aholi soniga ko„ra ham, etnik va milliy tarkibiga ko„ra, iqtisodiy va madaniy rivojlanganlik darajasi hamda xususiyatlariga ko„ra, xalqaro mehnat taqsimotida va umuman, xalqaro munosabatlarda egallagan o„rniga ko„ra. Mamlakatlar tipologiyasi ta‟rif berish asosiga qaysi belgilar olinganligiga bog„liqdir.Ko„p hollarda rivojlanish darajasi va xo„jalik tuzilmasining o„ziga xos xususiyatlari mezon bo„lib xizmat qiladi. Download 269.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling