Toshkent davlat sharqshunoslik instituti jahon siyosati, tarixi va falsafasi fakulteti


Download 269.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana17.02.2023
Hajmi269.94 Kb.
#1209132
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
jahon iqtisodiyotida mamlakatlar guruhlari

4. Rivojlanayotgan mamlakatlar 
Bularga Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Okeaniyaning 120 tadan ortiq davlati 
kirib, ularda yer aholisining katta qismi yashaydi. XX asrning ikkinchi yarmida 
rivojlanayotgan mamlakatlarda ahamiyatli o„zgarshilar sodir bo„ldi: milliy 
daromad ancha o„sdi, zamonaviy xo„jalik shakllantirilmoqda, xalqaro mexnat 
taqsimotiga ularning o„rni barqarorlashmoqda. Mazkur mamlakatlar - jahon 
bozoriga xom ashyoni muhim yetkazib beruvchilaridir. Ularning orasida nafaqat 
agrar, balki agrar-industriallari ham bor. Biroq mustaqil rivojlanish yo„lida 
rivojlanayotgan mamlakatlar ahamiyatli qiyinchiliklarga yuz tutmoqda, ularning 
aksariyatida hozirgacha oziq-ovqat muammosi hal qilinmagan. Bandlik 
muammolari dolzarb bo„lib turibdi (shu bilan birga aholini zodagonlar qismining 


10 
turmush tarzi rivojlangan mamlakatlar burjuaziyasi hayotiga o„xshashdir). 
Bularning bari xo„jalikning ko„p ukladliligi, iqtisodiy rivojlanishning tobeligi, 
texnologiyalar hamda mehnat unumdorligining jahon darajasidan surunkali orqaga 
qolish sharoitida ro‟y beradi. Rivojlanayotgan mamlakatlar bir-biridan nafaqat 
hududlarining kattaligi, aholining soni, tabiiy sharoitlar, rivojlanishining tarixiy 
xususiyatlari bilan, balki xo„jalikning tuzilmasi, ilmiy va texnik salohiyatining 
imkoniyatlari bilan farqlanadi. Bunday mamlakatlarning anchagina quyi turlarini 
ajratib olish mumkin. Birinchi navbatda, xo„jalik tuzilmasi nisbatan yetuk bo„lgan 
industrial-agrar mamlakatlarning quyi turlari o„ziga e‟tiborni tortadi. Bular 
Hindiston, Venesuela, Peru, Kolumbiya, Ekvador, Yamayka va b. - Lotin 
Amerikasida; Marokash, Tunis, Misr va b. - Afrikada. Ushbu mamlakatlarga 
yangicha industriallashuv xos bo„lgan zamonaviy mamlakatlarda iqtisodiy o„sish 
bilan bir vaqtda kechgan jarayonlar sodir bo„lmoqda, bu yerda mahalliy va xorijiy 
kapital faol o„zaro ta‟sir ko„rsatadi, yosh industriya quvvatga to„lib, unda tog„- 
qazib olish sanoatidan tashqari, qayta ishlash sanoati, energetika ham 
rivojlanmoqda, transport aloqalari xizmat ko„rsatish sohasi yaxshilanib, milliy 
kadralarni tayyorlash faol amalga oshirilmoqda. 
Neftni qazib oluvchi mamlakatlar 
Zamonaviy neftni qazib olish sanoatiga ega bo„lgan, neftni qazib oluvchi deb 
atalmish mamlakatlar o„ziga xos quyi turni tashkil etadi. Bular Saudiya Arabistoni, 
Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari, shuningdek Iroq, Eron va b.lardir. Neft 
savdosidan kelib tushadigan ulkan tushumlar tufayli, ular zamonaviy xo„jalikni, 
moliya sohasini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlarga ega. Ulardan ba‟zilari 
aholi jon boshiga YAIM ko„rsatkichlariga ko„ra dunyodagi eng boy mamlakatlar 
hisoblanadi. Eng kam rivojlangan mamlakatlar quyi turi ko„p sonlidir. Ular ishlab 
chiqarish kuchlarini nihoyatda past rivojlaganligi bilan farqlanadi.Bular asosan 
agrar yoki industrialdan oldingi mamlakatlardir.Ularda xo„jalikning an‟anaviy 
tizimi, kapitalistikdan oldingi (aksariyat hollarda feodal) munosabatlar ustuvorlik 
qiladi.Qishloq xo„jaligida aholining 85-90 foizi ishlaydi, sanoati esa 
rivojlanmagan. Eng qashshoq mamlakatlarga jahonning 2-3 o„ntaligi kirib, ular 


11 
orasida Mozambik, Angola, Efiopiya, Syerra-Leone, Burundi va Ruanda, Somali, 
Tanzaniya, Chad, Burkina-Faso va b. - Afrikada; Afg„oniston, Kambodja, 
Bangladesh, Yaman va b. - Osiyoda. 
Ko„p sonli rivojlanayotgan mamlakatlar orasidan yana bir nechta quyi turlarini 
ajratish mumkin. Bu qishloq xo„jaligida monokulturaning ustunligi xos bo„lgan 
mamlakatlar (“banan respublikalari”)dir. Ular jahon bozoriga bir-ikki eksport 
mahsuloti bilan chiqadilar; shuningdek, tog„-qazib olish sanoati mahsulotini 
eksport qiladigan katta bo„lmagan orol-davlat va mamlakatlar. 
Iqtisodiyoti markazlashtirilgan tartibda boshqariladigan mamlakatlar - bu Xitoy 
Xalq Republikasi, Koreys Xalq-demokratik Respublikasi, Vyetnam, Laos, Kuba. 
Mazkur mamlakatlar iqtisodiyotiga bozor munosabatlari tobora chuqur kirib 
borishidan qatiy nazar (bozor munosabatlari Xitoy va Vyetnamda ayniqsa faol 
rivojlanmoqda), ularda xo„jalikni tashkil etish va boshqarishning ma‟muriy-
buyruqbozlik usullari saqlanib qolmoqda. Iqtisodiyoti markazlashtirilgan tartibda 
boshqariladigan mamlakatlar xo„jalikni rivojlantirishning ayrim muammolarini 
muvaffaqiyatli hal qiladilar, jumladan industriallashuvning texnik-iqtisodiy 
masalalarini (ayniqsa, harbiy qudratni yaratish, iqtisodiy rivojlanish sur‟atlarini 
tezlashtirishni). Biroq, mazkur mamlakatlar iqtisodiyotida xo„jalikning o„zini o„zi 
tartibga solish, resurslarni obyektiv taqsimlash va tartibga solish mexanizmlari 
zaifdir. 


12 
5. Foydalanilgan adabiyotlar: 
Махмудов Э.Р. Мировая экономика: современныеэкономические системы. - 
T., 2004. (JIDUkutubxonasida). 
Shodiyev R. X., Maxmudov E. R. Jahon iqtisodiyoti. - T., 2005.
“Jahon iqtisodiy geografiyasi” o‟quv qo‟llanman, Jahon iqtisodiyoti va 
diplomatiya universiteti, 2011. 
http://ziyonet.uz/ 

Download 269.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling