Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/160
Sana05.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#233559
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

roman, nasriy nazm kabi. Bunday asarlar liro-epik turga mansub deb yuritiladi”. 

Janr  –  fransuzcha  so‘z  bo‘lib,  shakl  va  mazmun  jihatidan  o‘ziga  xos  belgilar  birligiga  ega  bo‘lgan 

san’at  asari  turi.  Badiiy  asarlarning  syujet  va  uslub jihatdan  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo‘lgan  har  bir 

turi.  Masalan:  roman,  qissa,  hikoya,  g‘azal,  ruboiy,  drama  va  hokazo…  Tor  ma’noda  janrning  ichki 

xillanishini  bildiradi:  tarixiy  roman,  detektiv  roman,  hajviy  roman,  siyosiy  roman,  fantastik  roman  va 

hokazo. Yoki mehnat qo‘shiqlari, muhabbat qo‘shiqlari, hajviy qo‘shiqlar

Har  bir  janr  tarjimasi  o‘ziga  xos  yondashuvni  talab  qiladi.  Masalan,  nasriy  asar  tarjimasida  avvalo 

muallif  uslubini  aks  ettirishi  kerak.  Aytaylik,  T.Murod  o‘ta  xalqona  yozadi,  ta’sirchanlikni  oshirish  uchun 

takrorlardan,  odamlar  ichida  yurgan  gaplardan  mahorat  bilan  foydalanadi.  “Otamdan  qolgan  dalalar” 

romanidan: 

“Kuydi-kuydi – ayolimni tani kuydi. 

Kuydi-kuydi – meni bag‘rim kuydi. 

Kuydi-kuydi – bolalarimni sho‘ri kuydi” (176). 

Kuydi-kuydi – kattalarni nimasi kuydi? 

Kattalarni… oyog‘i kuydi! 

Yoki: 

“Dalalarim – bobolarim sho‘r-sho‘r peshonasi. 



Dalalarim – otalarim yag‘ir-yag‘ir yelkasi. 

Dalalarim – ayollarim xazon-xazon umri” (262). 

2. Asar ritmini berish: oddiy, murakkab, xalqona, milliy, jiddiy yoki hajviy va hokazo. shiddatli yoki 

bosiq hikoya tarzi… 

N.Aminovning “Qo‘l haqqi” hajviyasi: 

“Husndan,  qaddi-qomatdan  qarzimiz  yo‘q.  Bo‘y  –  190,  qosh-ko‘z  qop-qora,  ko‘krak  va  bilaklarning 

juni olti oylik toychoqning yoliday. Ko‘chada yursam, ro‘paramdan chiqqan ayol zotiki bor, besh-yon qadam 

o‘tmasdanoq orqa o‘girilib izimdan qaramay iloji yo‘q”, – deb boshlanadi. 

3. Personajlar nutqi: 

Abdulla  Qodiriyning  “Mehrobdan  chayon”  romanida  Anvarning  ukasi  va  uning  o‘rtoqlari  bo‘lgan 

yigitlarning o‘zaro suhbatiga diqqat qiling: 

“ – Tur Sharif, tur, peshin bo‘lubtu. 

Ikkinchi yigit ko‘zini ochdi: 

– Ey, qo‘ysang-chi, Rahem. 

– Tur-da, axi, ana Qobelboy ham keb to‘xtabtu. 

Sharifboy yostiqdan burilib, yonidag‘i uchunchi yigitga qaradi: 

– Pala’nat, qachon kelgan ekan? 

– Kim bilsin… Inisini bo uchratdimikin? Kani, uyg‘ot-chi pala’natini… 

–  Ebi,  ebi,  –  dedi  Rahim,  –  burodaring  ahvolini  gapur-da,  axi.  Bar  padari  uyquki,  peshinga  chikin 

bo‘lsa, ko‘chaga bo‘lib yotkan to‘palangni go‘shingga ilasanmi? (609) 

4. Qahramonlar portreti, holatini chizish. 

“Kumushning bu daqiqadagi xolini qalam bilan chizib ko‘rsatish albatta mumkin emas edi. Ul titrar 

edi, ko‘karar edi, to‘lg‘anar edi…” (259) 



 Tarjimashunoslik 


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling