Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik


Fraza – 1. Ibora, jumla, gap. 2. qanotli ibora, hikmatli barqaror birikma.  Frazeologiya


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/160
Sana05.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#233559
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

Fraza – 1. Ibora, jumla, gap. 2. qanotli ibora, hikmatli barqaror birikma. 

Frazeologiya  –  1.  barqaror  so‘z  birikmalari.  2.  tilshunoslikning  barqaror  so‘z  birikmalarini 

o‘rganadigan bo‘limi. 



Frazeologizmlar – maqol, matal va idiomalar. 

Turmushda sinalgan, ma’lum ezgu, tugal umumiy ma’no anglatuvchi, ixcham, jarangdor shaklga kirib 

qolgan xalq hikmatiga maqol deyiladi. 

Masalan: Bir yigitga yetmish hunar oz. Aql yoshda emas, boshda. 

Matal esa narsa va hodisalarni obrazli ifodalovchi, tilda keng ishlatiladigan nutqiy tarkibdir. 

Masalan:  Burgaga  achchiq  qilib,  ko‘rpani  kuydirmoq.  O‘zi  aka,  echkisini  taka  demoq.  O‘zimni  sen, 

uni siz deb yurgan edim. 

Matal aytilmoqchi bo‘lgan fikrni biror vosita orqali ifodalovchi ko‘chma ma’noli sodda jumla bo‘lib, 

unda xulosa bo‘lmaydi, balki uning o‘zi biron xulosa chiqarish uchun xizmat qiladi. Matal fikrni tugal bayon 

qilmay, balki unga ishora qiladi. Matal “u ahmoq odam” deyish o‘rniga – “uning bir qaynovi past” deydi; 

“ular bir-biriga o‘xshaydi” deyish o‘rniga –“ular bir olamning ikki pallasi” deb aytadi”

71



Matal  –  tugal  ma’no  ifodalanmaydigan  obrazli  ibora,  hikmatli  so‘z  (mas.,  “qizil  qor  yoqqanda”, 

“tuyaning dumi yerga tekkanda”)

72



“Idioma – ma’nosi o‘z tarkibidagi so‘zlarning ma’nolariga bog‘liq bo‘lmagan, yaxlit holda bir ma’no 



beruvchi ixcham ibora. Masalan: tomdan tarasha tushganday, og‘zingga qarab gapir”

73



                                                 

71

 С а л о м о в  Ғ. Тил ва таржима. – Тошкент, 1966. 259-бет. 



72

 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 1-жилд. 451-бет. 




 Tarjimashunoslik 


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling