Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/160
Sana05.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#233559
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

T a r j i m o n l i k- tarjima qilish, tarjima ishi bilan shug’ullanish. Kasb oti.  

 

T a r j i m a s h u n o s- tarjima tarixi, nazariyasi va tanqidi bilan shug’ullanuvchi mutaxssis.  

 

T a r j i m a s h u n o s l i k- tarjima tarixi, nazariyasi va tanqidini o’rganadigan fan.   

 

O’zbekistonda  tarjimashunoslik  mustaqil  fan  tarmog’i  sifatida  qaror  topganidan  buyon  G’aybulla  Salomov, 



Jumaniyoz Sharipov, Najmiddin Komilov, Ninel Vladimirova, Elvira Aznaurova, Qudrat Musayev, Komiljon Jo’rayev, 

Mustafqul  Karimov,  Absalom  Umarov,  Muhammadjon  Xolbekov,  Ne’matilla  Otajonov,  Sultonmurod  Olimov, 

Zuxriddin  Isomiddinov,  Gulnora  G’afurova,  Zuxra  Umarbekova,  Xurshida  Mamatova,  Xurram  Rahimov,  Hamidulla 

Karamatov,  Tilak  Jo’ra,  Shavkat  Karimov,  Bozor  Ilyosov  ,Vaxob  Rahmanov,  Poshali  Usmon  o’g’li,  Abdulla 

Matyoqubov, Muxabbat Baqoyeva kabi tarjimashunoslar yetishib chiqdilar.  

 

T a r j i m a o’tmishda hozirgi ma’nosidan tashqari, b a y o n  e t i sh , t u s h u n t i r i b  b e r i s h, m a t n n i  s 



h a r x l a s h, t a f s i r, m a’ n o n i  c h a q i sh, s o d d a  q i l i b  i f o d a l a sh ma’nolarini ham ifodalab kelgan. 

Chunonchi, t a r j I m a i  h  o l -  axvolni bayon etish. Shuning uchun hatto xx asr boshlariga qadar ham t a r j i m a va s 

h a r x, t a r j i m o n va s h o r i x (sharxlovchi) tushunchalari o’rtasida qat’iy chegara bo’lamay, biri ikkinchisining 

o’rniga qo’llanavergan. Bunga tarjimalarning shakli va tarjimonlarning tarjima printsiplari asos bergan. Aytaylik, 1909 

yili  “G’ulomiya”  matbaasida  bosilib  chiqqan  Murodxo’ja  ibn  solixxo’ja  qalamiga  mansub  “Shavqi  Guliston”  kitobi 

Sa’diy  Sheroziy  “Guliston”  asarining  ham  tarjima,  xam  sharxi  edi.  Chunki  asarning  forsiy  matni  bilan  o’zbekcha 

so’zma-so’z tarjimasi berilib, kitob xoshiyasida turli so’z, ibora va hikmatlar sharxlangan.  

 

Sharxning xam turlari ko’p. Ba’zi sharxlar izohli lug’at xarakterida bo’lib, asar matnidagi tushunarsiz so’z va 



iboralarni izohlab beradi.  

 

Ba’zi  bir  sharxlar  esa  adabiyotshunoslik  yo’nalishida  bo’lib,  ularda  asarning  g’oyaviy  mazmuni  tushuntirib 



beriladi. Ayni jihatdan u t a f s i r ga o’xshab ketadi.  


 Tarjimashunoslik 


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling