Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/160
Sana05.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#233559
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

T  a  r  j  i  m  o  n-  bir  tildagi  og’zaki  nutq  yoki  yozma  matnniikkinchi  tilga  tarjima 

qiluvchi kishi, mutarjim, tilmoch, tarjimachi.  

Shu  o’rinda,  O’zbekiston  badiiy  tarjimachilik  taraqqiyotiga  katta  hissa  qo’shgan  zabardast  tarjimonlar 

to’g’risida ikki og’iz gapirmasak bo’lmas. 80-yillarning o’rtalarida tuzilgan royxatga ko’ra respublikada  109 tarjimon 

faoliyat ko’rsatib, shundan 74 nafari ko’zi pishgan adib va professional mutrjimlar bo’lishsa, 35 kishi yosh tarjimonlar 

bo’lgan. Istiqlol yillarida ularning soni yanada oshganligi shubhasiz. 

Biz  bugungi  kunda  Abdulla  Qodiriy,  Oybek,G’afur  G’ulom,  Abdulla  Qahhor,  Hamid  Olimjon,  Maqsud 

Shayxzoda, Mirtemir, Mirzakalon Ismoiliy, Cho’lpon, Usmon Nosir, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Jamol 

Kamol, Omon Matjon, Matnazar Abdulhakim, Sadriddin Salim, Ahmad A’zam kabi shoir-yozuvchilarimizning tarjuma 

rivojiga qo’shgan hissalari, Vahob Ro’zimatov, Qodir Mirmuhammedov, Xolida Ahrorova, Xasan To’rabekov, Zumrab, 

Kibriyo  Qahhorova,  Odil  Sharapov,  To’xtasin  Jalolov,  Nabi  Alimuhhamdov,  Hibzidin  Muhhamadxonov,  Mirziyod 

Mirzoidov, Nizom Komilov, Ozod Sharafiddinov, Ibrohim G’afurov, Asil Rashidov, Amir Fayzulla singari professional 

tarjimonlarimizning faoliyatlarini xurmat bilan tilga olamiz. Ularning sa’y-harakatlari bilan jahon so’z san’atining nodir 

durdonalari  tilimizga  o’girildi  va  vatan  adabiyotining  ajralmas  tarkibiy  qismiga  aylandi.  Chunonchi,  qadimgi  yunon 

adabiyotining, Xomer, Esxil, Sofokl, Evripid, forsiy so’z san’atining Ummar Xayyom, Sa’diy Sheroziy, Hofiz Sheroziy, 

Jaloliddin  Rumiy,  Abusaid  Abdulxayr,  Abdulqosim  Firdavsiy,  Fariddin  Attor,  Kamol  Xo’jandiy,    Xisrav  Dexlaviy, 

Abdurahmon  Jomiy,  Mirzo  Abdulqodir  Bedil,  Mirzo  G’olib,  Abu  Abdullo  Rudakiy,  Nizomiy  Ganjaviy,  G’arb 

adabiyotining Aligeri Dante, Javonni Bakkachcho, Petrarka, Servantes, Shekispir, Shiller, Gyote, Xeyne, Balzak, Didro, 

Mapassan, Ernest Xemingeuy, Teodor Drayzer, Jyul Veri, Frans Kafka, Alber Kamyu, rus adabiyotining A.S.Pushkin, 

M.Y.Lermontov,  F.Dastoyevskiy,  L.N.Tolstoy,  N.Nekrasov  kabi  ko’plab  so’z  san’atkorlarining  asrlarini  o’zbek 

o’quvchilari vatan adabiyoti namunasi kabi o’qimoqdalar. 

 


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling