83
T a f s i r so’zi garchi sharx so’zi bilan ma’nodosh bo’lsa-da, uning ayni o’zi emas, u keng sharxlash, ma’noni
bayon etish demakdir. Shuning uchun ham t a f s i r so’zi asosan ilmiy, falsafiy va diniy asarlar tarjimasiga nisbatan
qo’llangan.
G’arb adabiyotidan tarjimalarning rivojlanishi munosabati bilan yashash tarzi va diniy e’tiqodi bizdan tubdan
farq qiladigan xalqlarning tarixi, an’ana va udumlari, dini, o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq so’z va tushunchalarni
sharxlash extiyoji paydo bo’ldi. Bunday sharxlar tarixiy xarakterga ega.
Ilmiy asarlar sharxi o’z-o’zidan ilmiy axamiyat kasb etadi. Masalan, Alibek Rustamov Atoullox Husayniyning
“Badoe us-sanoyi” nomli she’riy sa’atlarga oid asari tarjimasida ko’plab ilmiy-adabiy sharxlar beradi. Davlatshox
Samarqandiyning “Tazkirot ush-shuaro” (B.Ahmedov tarjimasi) va Xasanxoja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob”
(I.Bekjon tarjimasi) tazkiralari tarjimasida ham tarixiy, ham adabiy mavzudagi sharxlar keltirilgan. Hofiz Tanish
Buxoriyning “Abdullanoma” (S.Mirzayev, B.Ahmedov tarjimalari), Nosir Xisravning “Sayohatnoma” (G’.Karim
tarjimasi) asrlari tarjimasida esa tarixiy mavzudagi sharxlar yetakchilik qiladi.
T a r j i m a o’rnida ba’zan o’girma ham deyiladi.
Tarjima qilish iborasi o’rniga esa uning ma’nodoshlari bo’lgan o’girish, ag’darish, qayta yaratish, kiritish,
Do'stlaringiz bilan baham: |