Toshkent davlat sharqshunoslik instituti uzoq sharq va janubiy osiyo tillari fakulteti bitiruv-malakaviy ishi
Download 298.67 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: HINDIY TILIDA SON KOMPONENTLI FRAZEOLOGIZMLAR Bajardi
- Bitiruv malakaviy ishi himoyaga tavsiya etildi.
- KIRISH…………………………………………………...........................4-9 ASOSIY QISM
- II BOB. FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LEKSIK-SEMANTIK TASNIFI………………………………………………………………………23-33
- III BOB. FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING STRUKTURAVIY- SINTAKTIK TAHLILI……………………………………………………34-45
- XULOSA………………………………………………………………46-47 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………48-51
- KIRISH Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi.
- Mavzuning o’rganlik darajasi.
- Bitiruv malakaviy ishining maqsadi.
- Bitiruv malakaviy ishining manbai.
- Bitiruv malakaviy ishining obyekti.
- Natijalarning joriy qilinishi.
- Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi.
- Frazeologik birliklar yuzasidan ilmiy-nazariy qarashlar.
1
VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI UZOQ SHARQ VA JANUBIY OSIYO TILLARI FAKULTETI BITIRUV-MALAKAVIY ISHI Mavzu: HINDIY TILIDA SON KOMPONENTLI FRAZEOLOGIZMLAR Bajardi: “Janubiy Osiyo tillari” kafedrasi bakalavr ta’lim yo’nalishi bitiruvchi kurs talabasi Mutalova Durdona Kabulovna ____________.
kafedrasi, filologiya fanlari doktori, professor Shomatov Ozod Nasriddinovich_____________. Toshkent – 2012 2
fakulteti dekani f.f.n. Nosirova S.A. mudiri f.f.n. Nurmatov S.S. _________________________ ____________________ «___» ____________ 2012 yil «___» ____________ 2012 yil
3
KIRISH…………………………………………………...........................4-9 ASOSIY QISM I BOB. HINDIY VA O’ZBEK TILLARIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING IFODALANISH XUSUSIYATLARI………………..10-22 1.1.
Frazeologik birliklar yuzasidan umumiy tilshunoslikda ilmiy-nazariy qarashlar………………………………………………………………………10-16 1.2.
Frazeologik birliklar yuzasidan hindiy tili sohasidagi erishuvlar tahlili…………………………………………………………………………16-21 1.3.
Bob yuzasidan xulosalar…………………………………………21-22
2.1.
Frazeologik butunliklar…………………………………………23-26 2.2.
2.3.
Frazeologik qo’shilmalar……………………………………….29-33 2.4.
Bob yuzasidan xulosalar………………………………………..33-34 III BOB. FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING STRUKTURAVIY- SINTAKTIK TAHLILI……………………………………………………34-45 3.1.
Gapga teng qurilishli frazeologik birliklar………………………34-39 3.2.
3.3.
Bob yuzasidan xulosalar………………………………………..44-45 XULOSA………………………………………………………………46-47 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………48-51 ILOVA………………………………………………………………….52-60
4
Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi. “Hozirgi paytda xorijiy tillarni o’rganish va o’rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. …Bugun jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo’qdir” 1 , chunki O’zbekiston davlatining jahondagi nufuzi kun sayin yuksalib bormoqda. Haqiqatdan ham, yurtimiz mustaqillikka erishgandan so’ng milliy qadriyatlarimiz tiklanishi bilan, hukumatimiz xorijiy tillarni o’rganishga keng yo’l ochib berdi. Endilikda yurtimizda g’arb tillari bilan bir qatorda sharq tillarini o’rganishga ham alohida e’tibor berilmoqda. Sharq tillarining qo’llanish doirasi amalda nihoyatda kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, sharq tillarining o’ziga xos xususiyatlariga bag’ishlangan ilmiy va ommabop kitoblar, o’quv qo’llanmalari, yangi-yangi lug’atlar ko’plab chop etilayotgani jamiyat tafakkurini yuksaltirishga o’z hissasinini qo’shmoqda. Zotan, muhtaram yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Ilgari o’zbek adabiyotining namunalarini boshqa tillarga tarjima qilish asosan uchinchi til, ya’ni rus tili orqali amalga oshirilar edi. Endilikda adabiyotimizning eng yetuk asarlarini ona tilimizdan bevosita g’arb va sharq tillariga tarjima qilishga qaratilgan ishlarni kuchaytirishimiz zarur” 2
Yuqoridagi fikrlardan shuni tushunish mumkinki, biz yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar amalda ham o’z tasdig’ini topmoqda. Endilikda biz nafaqat hindiy tili va adabiyotini, balki shu xalqning tarixi, madaniyati hamda urf- odatlari, turmush tarzini bevosita o’rganish,yaqindan tanishish imkoniyatiga egamiz. Ayniqsa, Prezidentimiz I.A.Karimovning Hindistonga qilgan bir nechta rasmiy safaridan so’ng ikki davlat o’rtasidagi keng qamrovli iqtisodiy, ijtimoiy,
1 Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq, 1997. -B. 8-9. 2 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: 2009. B. 139. 5
siyosiy, madaniy va ilmiy aloqalar hindiy tilini o’rganish zarurligini kun tartibiga qo’ydi. Shuning uchun biz ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada yuksalatirishga o’z salohiyatimizni safarbar etishimiz darkor. Jumladan, yurtboshimiz o’z ma’ruzalarida shunday deydilar: “Bugun yangicha fikrlaydigan, o’z kelajagini mamlakatimiz kelajagi bilan bog’liq holda ko’radigan yangi avlod vakillari hayotga dadil kirib kelmoqda. Yoshlarimiz siymosida muayyan kasb, ba’zan bir necha yo’nalish bo’yicha diplom olgan, bir necha xorijiy tillarni o’rgangan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni puxta o’zlashtirgan, mustaqil inson sifatida shakllangan, bir so’z bilan aytganda, el-yurt xizmatiga shay, yuragi yonib, ko’zlaridan o’t chaqnab turgan navqiron yigit-qizlarni ko’rib qalbimizda ishonch, g’urur-iftihor tuyg’ulari jo’sh uradi”. 3
foydalanishimiz, yurtimizning tarixi, madaniyati va ma’naviyatini o’zga yurtlarga ham tanishtirishga harakat qilmog’imiz lozim. Zero, biron bir xalq ma’naviyatiga xos qadriyatlarning boshqa xalqlar tomonidan tan olinishi, tabiiyki, ana shu xalq tarixiga nisbatan chuqur hurmatining fodasidir. Bunday e’tirof xalqning g’urur va iftixori, milliy o’zligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. 4 Ta’kidlash joizki, garchi hindiy tilining o’ziga xos jihatlari ilmiy jihatdan o’rganib kelinayotgan bo’lsada, lekin ushbu tildagi sanoq sonlarga oid frazeologik birliklar o’zbek hindshunosligida maxsus va tizimli o’rganilmagan. Yuqoridagilardan anglashilinadiki mazkur yo’nalishdagi bitiruv malakaviy ish hindshunoslik sohasining dolzarb masalalaridan biriga bag’ishlangandir.
mintaqasidagi Hindiston Respublikasining davlat tili bo’lmish, Hind-Yevropa tillar oilasining hind-oriy tillari guruhiga kiruvchi va jahon ko’lamida katta nufuzga ega bo’lgan hindiy tilida “bir” dan “o’n”gacha sanoq sonlaridan yasalgan frazeologik birliklarni ilmiy tadqiq etishga qaratilgan.
3 Karimov I.A. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17 yilligiga bag’ishlangan marosimda so’zlagan nutqidan.
4 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. T.: 2009. B. 48. 6
Hindiy tilidagi frazeologik birliklar ushbu tildagi ko’plab manbalarda yoritib o’tilgan. Tilshunos olimlardan A.A.Davidova 5 , V.N.Teliya 6 , V.V.Vinogradov 7 , V.A.Chernishov, G.A.Zograflarlarning 8 asarlarida frazeologik birliklarning gapdagi o’rni, xususiyati, etimologik jihatdan turlari haqida ba’zi ma’lumotlar keltirib o’tilgan. O’zbek tilida Sh.Rahmatullayevning “O’zbek tilining izohli frazeologik lug’ati”
9 hamda akademik A.Hojiyevning “Tilshunoslik atamalarining izohli lug’ati” 10 nomli manbalarda, shuningdek, A.E.Mamatovning asarlarida 11 o’zbek
tilida frazeologik birliklarning o’ziga xos ifodalanish xususiyatlari aks ettirilgan. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Ushbu malakaviy ishni yozishdan ko’zlangan asosiy maqsad – hindiy tilida son so’z turkumidan yasalgan frazeologizmlarni frazeologik birliklar sifatidagi mohiyatini o’rganish, shuningdek ularni leksik-semantik, strukturaviy va sintaktik jihatdan tahlil qilishdan iborat.
Ushbu ilmiy ishimiz oldiga bir qator aniq vazifalar qo’yilgan: 1) Hindiy tilida “bir” dan “o’n” gacha bo’lgan sanoq sonlaridan yasalgan frazeologik birliklarni manbalar asosida to’plab tizimli tahlil qilish; 2) Hindiy, rus va o’zbek tillaridagi frazeologik birliklarga oid ilmiy – nazariy asarlarni o’rganish; 3) To’plangan frazeologik birliklarni leksik-semantik tasniflash; 4) Hindiy tiliga oid badiiy matnlar asosida frazeologik birliklarni sintaktik jihatdan tahlil qilish;
5 А.А. Давидова. Некоторые вопросы фразеологии урду и хинди 234-246 с.
6 Телия В.Н. Что такое фразеология, Москва, “Наука” ,1966. С.10
7 В.В.Виноградов. Об основных типах фразеологических единиц в языке, M.1981, 270
8 Г.А.Зограф, Хиндустани на рубеже, XVII I XIX вв., M., 1961
9 Rahmatullayev Sh . O’zbek tilining izohli frazeologik lug’ati. –T.:O’qituvchi, 1978. B. -38-41
Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati. –T.: Fan, 2002. -165 b.
11 Mamatov A.E. Hozirgi zamon o’zbek adabiy tilida leksik va frazeologik norma muammolari. T:. 2001. – 274 b. 7
5) Frazeologik birliklarning yuqorida keltirib o’tilgan tahlil natijalariga ko’ra yakuniy xulosalar berish. Bitiruv malakaviy ishining manbai. Ushbu malakaviy ishimiz uchun ikki turdagi ilmiy asarlar , o’zbek tilidagi frazeologik birliklarga oid nazariy manbalar hamda hindiy va rus tilida frazeologik birliklarga oid nazariy manbalar asos qilib olindi.
O’zbek tilida frazeologik birliklarga oid manbalar: Sh.Rahmatullayevning “O’zbek tilining izohli frazeologik lug’ati”(
Toshkent, O’qituvchi, 1978. B. -38- 41) hamda akademik A.Hojiyevning “Tilshunoslik atamalarining izohli lug’ati” (
Toshkent, Fan, 2002. -165 b.) , hindiy tilida frzazeologik birliklarga oid asarlardan A.A.Davidova 12 , V.A.Chernishov, G.A.Zograf 13 va boshqalar, rus tilshunoslaridan V.N.Teliya 14 , V.V.Vinogradov 15 , N.M.Shanskiy 16 ,
17 asarlariga tayanadi. Tadqiqot metodi. To’plangan materiallarning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, tavsifiy hamda statistik metodlar asosida o’rganildi. Faktik materiallarning tahlili sinxron sathda olib borildi. Ba’zi o’rinlardagina tarixiy metodga murojaat qilindi. Bitiruv malakaviy ishining obyekti. Ishning obyekti sifatida hindiy tilida “bir” dan “o’n” gacha bo’lgan sanoq sonlardan yasalgan frazeologik birliklar tanlab olindi. Ularning leksik- semantik xususiyatlari o’rganildi.
garchi hindiy va o’zbek tillaridagi son so’z turkumiga oid ilmiy-tadqiqot ishlari
12 А.А. Давидова. Некоторые вопросы фразеологии урду и хинди 234-246 с. 13 Г.А.Зограф, Хиндустани на рубеже, XVII I XIX вв., M., 1961 14 Телия В.Н. Что такое фразеология, Москва, “Наука” ,1966. С.10 15 В.В.Виноградов. Об основных типах фразеологических едениц в языке, M.1981, 270 16 Н.M Шанский. Лексикология современного русского языка, M., 1972, с. 173 17 O.С.Axманова. Очерки по общей и русской лексикологии. M., 1957, с.169.
8
amalga oshirilgan bo’lsada, lekin ushbu tillardagi sanoq sonlarga oid frazeologik birliklar maxsus o’rganilmagan. Shu sababli ishda hindiy tilida son so’z turkumiga oid frazeologik birliklarlarning o’ziga xos xususiyatlari atroflicha o’rganildi. To’plangan frazeologik birliklarning leksik-semantik xususiyatlari sintaktik jihatdan tahlil qilindi. Mazkur bitiruv malakaviy ishimiz hindiy tili leksikologiyasining tarkibiy qismi sifatida, lug’atlar tuzishda tegishli so’zlarning semantik qirralarini yoritish maqsadida, Hindistonning madaniyati, san’ati va etnografiyasini yoritish uchun katta ahamiyatga egadir. Shuningdek hindiy tilidan asosiy sharq tili sifatida o’qitiladigan mashg’ulotlarda misollardan keng foydalanish mumkin. Yuqoridagilardan anglashinadiki mazkur ish hindshunoslik sohasining dolzarb masalalaridan biriga bag’ishlangandir.
hindshunoslikka bag’ishlangan ilmiy anjumanlarda, jumladan, Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutining Janubiy Osiyo tillari kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Yosh hindshunoslar ilmiy anjumani”da (2009- yil noyabr), shuningdek har yili Janubiy Osiyo tillari kafedrasi qoshida o’tkazib kelinadigan “Talabalar ilmiy anjumani” da ham muntazam ravishda mavzu yuzasidan ma’ruzalar qilingan(2010, 2011- yilning mart oylari davomida).
mazmuni 3 qismda jamlangan. Bular: Kirish; Asosiy qism; Xulosa; Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va Ilovadan iborat. Birinchi bobda frazeologik birliklarning o’ziga xos ifodalanish xususiyatlari hindiy, rus va o’zbek tilshunos olimlar tomonidan yaratilgan ilmiy-nazariy manbalarga tayanilgan holda atroflicha o’rganildi va ular orasidagi o’ziga xos ifodalanish jihatlari misollar yordamida ko’rsatib beriladi. Ikkinchi bobda hindiy tilida “bir” dan “o’n” gacha bo’lgan sanoq sonlardan yasalgan frazeologik birliklar leksik-semantik jihatdan (frazeologik butunlik, frazeologik qo’shilma va frazeologik chatishma) tahlil qilinadi. 9
Uchinchi bobda to’plangan barcha misollar strukturaviy-sintaktik tahlilga tortiladi. Xulosada esa olib borilgan tahlil natijalariga ko’ra yakuniy xulosalar chiqariladi.
10
I BOB. HINDIY VA O’ZBEK TILLARIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING IFODALANISH XUSUSIYATLARI. 1.1. Frazeologik birliklar yuzasidan ilmiy-nazariy qarashlar. Til qurilishining lug’aviy sathida leksik va frazeologik qatlamlar mavjud. Lug’aviy sathidagi frazeologik qatlam, shuningdek, uni o’rganuvchi soha ham frazeologiya deb yuritiladi. Frazeologiyaning hajmini keng tushunish va tor tushunish bor. Keng tushunishda frazeologiya doirasiga, so’zlarning turg’un birikmalaridan tashqari, maqol, matal, aforizm ham mansub deb qaraladi. Frazeologiya deb so’zlarning semantik bog’lanishlari tushunish ham mavjud. Bu hodisalardan faqat bir turini – so’zlarning turg’un birikmalarini – til birligi deb baholash mumkin. Olimlar aniq ilmiy mezonlarga suyanib, frazeologik birlik deb, so’zlarning barcha tur turg’un birikmalarini emas, balki shulardan bir qismini tan oladilar. Frazeologik birlik bo’lish uchun, so’zlaring turg’un birikmasi obrazli ma’no, ko’chma ma’no anglatishi shart. Frazeologik birlikdan yaxlitligicha anglashiladigan ma’no uning tarkibidagi komponentlarga xos leksik ma’nolarning oddiy yig’indisiga teng bo’lmaydi, iboraning ma’nosi umumlashma ma’no, mahraj ma’no sifatida namoyon bo’ladi. Fikrlarimizni umumlashtiradigan bo’lsak, frazeologik birliklar deyilganda, tilda tayyor holda mavjud bo’lgan va nutqqa shundayligicha olib kiriladigan, shaklan so’z birikmasi yoki gapga o’xshaydigan, mazmuni ko’chma ma’noga asoslangan til birliklarini yoki lug’aviy birliklarni tushunamiz. Keyingi yillarda frazeologiya sohasidagi tadqiqotlar alohida ahamiyat kasb etyapti. Frazeologik birlikllar u yoki bu xalqning o'ziga xos hayoti, tarixi va madaniyatini aks ettiradi. Frazeologik so'z boyligini bilish va uni yaxshiroq egallash nafaqat nutqqa zeb beradi, balki o'rganilayotgan til sohiblarining mentalitetini yaxshiroq tushunishga ko'mak beradi. Xorijiy tilning frazeologiyasini
11
o'rganish nafaqat so'z boyligini o'rganish samardorligini oshiradi, balki tilning o'lkashunoslik bilan bog’liq bilimlar bilan boyishiga olib keladi. Biz axborot yo'llar orqali ma’lumotlarni saqlaymiz va bir-birimizga yetkazamiz. Masalan, audio-video vositalari orqali, shuningdek, elektron variantda. Qachonlardir, xatto yozuv shakllanmagan bir paytda tajribani o'zaro yetkazishning birgina oddiy va jo'n, hamma uchun qulay vositasi bo'lgan: bu bizning tilimiz. Bizgacha ota bobolarimizning qo'shiq, masal, ertak shaklida hikmatli so'zlari yetib kelgan. Ammo eng muxtasar, axborotga boy va eng mahsuldor so'zlar maqol va matallar hisoblanadi. Ayni ular o'z badiiy mazmuni tufayli nutqimizni yorqin va ifodali qiladi. Jahon xalqlarining maqollari ko'p umumiy jihatlarga, shuningdek, ayni bir xalqning o'ziga xos madaniyatini, uning ko'p asrlik tarixini ko'rsatib beruvchi maxsus xususiyatlarga ega. Frazeologik birliklarda teran mazmun, xalq donoligi ildizlari uzoq o'tmishga borib taqaluvchi xalq donoligi mujassamdir. Ular xalqning madaniyati, an’analari va tarixining ini'kosidir, ular orqali biz yaxshilik va yomonlikni anglaymiz. Ko'p tadqiqotchilarning izlanishlaridan ma'lumki, frazeologik birlik tilshunoslikning o'ta murakkab ko'p qirrali obyekti hisoblanadi. Tilning yaxlit lug'aviy birligi sifatida uni grammatik, semantik, funktsional, xatto jamiyatshunoslik jihatdan o'rganish mumkin. Frazeologik birliklar, so'z birikmalarning, o'zaro semantik bog'liq birikmalarining umumiy nomi bo'lib, ular shakliga ko'ra o'xshash sintaktik qurilmalardan farqlidir, ular nutq paytida yuzaga chiqmaydi, ularda fikr ifoda etilayotganda semantik qurilma va aniq leksik-grammatik tarkibning aniqlashtirilgan mutanosibligi saqlanadi. 18
“Frazeologiya” atamasiga tilshunos olimlar o’zlarining qarashlariga muvofiq turlicha ta’rif berib o’tganlar.
18 Лингвистический энциклопедический словарь. 2 издание, дополненное. -М.: Научное издательство Большая Российская энциклопедия, 2002. -707 б.
12
Masalan, mashhur tilshunos olim V.N.Teliya “Frazeologiya atamasi lingvistikaning , frazeologik birikmalarning grammatik tuzilishi va ma'nosidan qat'iy nazar ularning barcha xususiyatlarini o'rganuvchi bo'limdir” deb yozadi. 19
Lingvistik atama sifatida u tilshunoslikning alohida sohasi bo'lib, frazeologik birliklar deb atalavuchi turg'un so'z birikmalarini o'rganadi. Shuningdek, muayyan tilga xos mazkur birikmalarning yig'indisini anglatadi. N.M Shanskiy frazeologizmga quyidagicha ta'rif bergan: "Frazeologizmlar turg'un so'z birikmalari kabi tilning tayyor so'z birikmasi bo'lib, ma'no jihatidan yaxlit mazmunga ega. Ular tarkibidagi so'zlar va komponentlarning joylashishi o'zgarmaydi. 20
O.S.Axmanovaning fikricha, “frazeologizmning erkin so'z birikmasidan farqi uning bir butun ma'no berishidir”. 21
olimlarning leksiklashgan turg'un so'z birikmalarini ularning komponentlari to'g'ri yoki ko'chma ma'no bildirishiga qaramay frazeologizmlarga qo'shadilar. Bunga qarshi o'laroq u ma'nosi komponentlarning leksik ma'nosidan kelib chiqmaydigan so'z birikmalarni frazeologizm deb ataydi. Bunda komponentlarning bari yaxlit holda bir butun ma'noni beradi. 22
Frazeologik birlikka olimlar turlicha nom beradilar - frazeologik birlik(frazeologichaskaya yedinitsa,), frazeologicheskiy oborot(frazeologik o’ram), frazeologik birikma(frazeologicheskoe sochetanie) va frazeologizm, frazema. Biz esa frazeologik birlik atamasini qo'llaymiz. Ensiklopedik lug’atlarda “Frazeologiya” atamasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Frazeologiya - (yunoncha – “phrases" ibora,nutq birikmasi, “logos" fan,
19 Телия В.Н. Что такое фразеология, Москва, “Наука” ,1966. С.10 20 Н.M Шанский. Лексикология современно русского языка, M., 1972, с. 173 21 O.С.Axманова. Очерки по общей и русской лексикологии. M., 1957, с.169
22
13
tushuncha) tilning tarixiy rivoji va hozirgi holatiga doir frazeologik tarkibini o'rganuvchi tilshunoslik bo'limidir”. 23
"Frazeologiya" tushunchasi uning ko'lami va boshqa bo'limlar bilan chegarasini aniqlashtirish muammosi bilan uzviy bog'liqdir. Frazeologiya boshqa fanlar kabi o'z chegarasiga ega bo'lishi kerak. A.M. Babkinning fikricha, bu chegaralarni "o'rnatish" uni mustaqil fan sifatidagi maqomini aniqlash va asoslash uchun o'ta muhimdir. Olimning ta'kidlashicha, frazeologiyaning ko'lami va chegarasi frazeologik birlikning nechog'lik turg'unligi va unga xos asosiy jihatni aniq ko'rsatib berish muammosi bilan chambarchas bog'liqdir. Shu yerda S.I.Ojegovning "Ikki frazeologiya g'oyasini" aytib o'tish joizdir. Olim "tor ma'nodagi" keng ma'nodagi frazeologiyani ajratgan. U bunga frazeologik birliklarga xos turg'un strukturasini asos qilib olgan. Tilshunos olimning ta'kidlashicha " tor ma'nodagi" frazeologiyaning ham qamrovi kengdir. Bu ham uning ko'lamini aniqlashda qiyinchilik tug'diradi, holbuki, uning tarkibiga o'ziga xos strukturaviy xususiyatlarga ega turfa xil birikmalar tarkibiga kiradi. Keng ma'nodagi frazeologiyaga olim istalgan turg'un so'z birikmalarini hatto erkin so'z birikmalarini kiritib yuboradi. 24
M.M.Kopilenko va Z.D.Popovalarning fikriga ko'ra, rus tilida qo'llaniladigan jamiki turg'un so'z birikmalari rus tili frazeologiyasining akademik lug'atidan joy olishi kerak, shuning uchun bu tadqiqotchilar frazeologik birliklar sirasiga "okazat pomosh" - yordam ko'rsatmoq, "proizvodit vpechatlenie" - yaxshi taasurot qoldirmoq kabi so'z birikmlarini ham kiritgan. 25
Hozirgi o’zbek frazeologiyasi fanida qabul qilingan qarashlarga ko’ra, frazeologik birliklar muayyan nutqqa kiritilgunga qadar ham mazmun, ham ifoda
23
Лингвистический энциклопедический словарь. 2 издание, дополненное. -М.: Научное издательство Большая Российская энциклопедия, 2002. -707 б.
24
С.И.Ожегов, О структуре фразеологии, M., 1957, с.38.
25 Очерки по общей фразеологии, Ворониж, 1972, с. 17.
14
planida shakllanib bo’lgan va til iste’molchilari tomonidan shu holatda anglab yetilgan hamda qabul qilingan bo’ladi. Buning ma’nosi shuki, frazeologik birliklarning nutqqa tayyor holda olib kirilishi ularni til hodisasi sifatida e’tirof etishimizni taqozo etadi. Ko’pchilik tadqiqotchilar ularni til birligi deyilishida masalaning ana shu jihatini e’tiborga olishgan. Hatto, Ferdinand de Sossyur ham “Umumiy tilshunoslik kursi” asarida “Tilda shunday tayyor birikmalar borki, ularning uzual xarakteri ma’nosi va sintaktik xususiyatidan kelib chiqadi. … bunday birikmalar tayyor holda, an’anaga ko’ra qo’llanadi” degan edi. 26
Frazeologizmlar, albatta, birdan ortiq so’zning birikuvidan tarkib topib, so’z kabi bir tushunchaga asoslangan ma’noni bildiradi. Lekin uning tarkibida bir nechta so’z bo’lishiga qaramay, bir so’z kabi bir lug’aviy birlik hisoblanadi. U so’zlar birligidan tarkib topgan birikma yoki predikativ qo’shilma qolipli bo’lsa ham, birikma yoki predikativ qo’shilma kabi nutq jarayonida yuzaga kelmaydi, balki tilda tayyor lug’aviy birlik holatida bor ekanligi holda, nutq uchun shundayligicha tanlanadi. Odatda bitta so’zga teng keladigan leksemaga nutq birligi sifatida qaralar ekan, bir necha so’zning qo’shilishidan tarkib topgan frazeologik birliklarni ham nutq birligi deb atashimizga nima monelik qiladi? Bu so’zlar nutqdan tashqarida bo’lgan qanday holatda va qachon ibora tarzida birikib ulgurgan? Ma’lum bo’ladiki, ular tilda turg’unlashib, ma’lum bir ma’noni ifodalaydigan va til sohiblari uchun tushunarli holiga kelgunga qadar qandaydir o’zaro birikish, sintaktik munosabat jarayonini kechirgan bo’ladi. O’z-o’zidan ayonki, bu birikish faqatgina nutqda amalga oshadi. Turg’unlashish va nutqda til elementi sifatida, tayyor holda ishtirok etish esa bu birliklar hayotidagi ikkinchi bosqich sanaladi. Demak, ular mana shu holatga kelgunga qadar, ya’ni til hodisasiga aylangunga qadar ham nutqiy jarayonda ishtirok etish vazifasini o’tagan. A.E.Mamatovning quyidagi fikrlari masalaning mohiyatini yana ham oydinlashtiradi: “… frazeologiyani “keng” va “tor” ma’noda tushunish noto’g’ri, uni bitta ma’noda tushunish kerak. Ular qanday til birliklari deb tasnif qilinishidan
26 Фердинанд де Соссюр. –M. 47-50 с. 15
qat’iy nazar, aforizmmi, maqol yoki matalmi, turg’un so’zlashuv formulalarimi, “qanotli so’zlar”mi, xullas, agar ular frazeologizmning biz bergan ta’rifiga mos tushsa, undagi talablarni bajara olsa, ya’ni tuzilishi jihatidan so’z birikmasiga yoki gapga teng bo’lgan, obrazli, umumlashgan ma’no anglatadigan, leksik elementlari qisman yoki to’liq ko’chma ma’noga ega bo’lgan, lug’atlarda qayd etilgan har qanday turg’un leksik-semantik birliklar frazeologik birliklar doirasiga kiritilishi shart”.
27
Frazeologik birliklarda ham barcha birliklar singari ifoda va mazmun planiga ega. Ifoda planida uning qurilishi tushuniladi. Bu qurilmada kamida ikkita mustaqil so’z (leksema) ishtirok etib, o’zaro sintaktik bog’langan bu so’zlar mohiyatiga ko’ra birikma yoki gapga teng bo’ladi. Demak, ifoda planida ular so’z birikmasi yoki gap shaklida bo’lsa, mazmun planida leksemaga teng bo’ladi (ma’no hamma vaqt ham aniq voqe’lanmasligi mumkin). Tadqiqotchilar leksik so’z birikmalari, deganda frazeologik birliklarning ana shu jihatlarini nazarda tutishgan. “…mazmun planiga ko’ra frazeologik birliklar leksik birlik (so’z)larga yaqin tursa, ifoda plani jihatidan ular sintaktik birlik (so’z birikmasi,gap)larga yaqindir. Ammo frazeologik birliklar so’zga ham, so’z birikmasiga ham, gapga ham to’la ma’noda teng emas”. K.M.Gyulumans “Polyak tilidagi ayrim turg’un birikmalar semantikasining evolyusiyasi” nomli ma’ruzasida quyidagilarni bayon qilgan edi: “Erkin birikmalarning turg’un birikmalarga o’tish sabablaridan biri leksikalizatsiya jarayoni bo’lib hisoblanadi. Frazeologiya sohasidagi leksikalizatsiya deb, biz birikma tarkibidagi alohida komponentlar semantik ma’nolarining asta-sekin sezilmaydigan darajaga kelishini, frazeologizmlarning birikma qismlari ma’nolari ustida turadigan umumiy ma’noga ega bo’lishini ataymiz.” 28
27 Mamatov A.E. Hozirgi zamon o’zbek adabiy tilida leksik va frazeologik norma muammolari. T:. 2001. – 274 b. 28 Гюлумянц К.М. Эволюция семантики некоторых устойчивых сочетаний польского языка // Материалы Всесоюзной конференции по общему языкознанию «Основные проблемы эволюции языка», часть II. 9-16 сентября 1966 года. – Самарканд: Фан, 1966, с.239-242.
16
Frazeologiya sohasida akademik V.V.Vinogradovning katta hissasi bor. Rus tilshunosligida frazeologiya masalalariga bag’ishlangan eng yirik ish sifatida uning asarlarini ko’rsatish mumkin. 29 Akademik V.V.Vinogradov frazeologiya haqida fikr yuritgan olimlarning yutuq va kamchiliklarini hisobga olib, bu sohani o’rganishda yangi bir nazariyani olg’a suradi. U o’z tasnifida ibora tarkibidagi so’zlar ma’nolarining o’zaro munosabatini hamda ibora komponentlarining ma’nolari bilan iboradan kelib chiquvchi ma’no o’rtasidagi munosabatni asos qilib oladi. Qisqacha aytadigan bo’lsak, u rus tili frazeologik birligining ma’no jihatdan tasnifini ishlab chiqqan. Olim frazeologik birliklarni quyidagi guruhga bo'ladi: 1) Turg'un so'z birikmasining bir butun ma'nosi tarkibidagi komponentlarning ma'nosidan kelib chiqmaydigan, umuman unga taaluqli bo'lmagan so'z birikmlarini frazeologik chatishmalar (frazeologicheskiye srasheniya). 2) Ma'no jihatdan bir butun birlik bo'lib, ammo shu ma'noga so'z birikmasining u yoki bu komponentining ta'siri seziladi (frazeologicheskiye yedinstva). 3)
Turg'un so'z birikmasi tarkibidagi komponentlardan birining ma'nosi to'g'ri bo'lib boshqa komponentlar esa ko'chma ma'noda bo'ladi (frazeologicheskiye sochetaniya). Akademik V.V.Vinogradov tasnifining umumiy printsiplari boshqa tillarga ham tatbiq etilishi mumkin.
Download 298.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling