Toshkent davlat sharqshunoslik instituti uzoq sharq va janubiy osiyo tillari fakulteti bitiruv-malakaviy ishi
Download 298.67 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- BELGILARI FRAZEOLOGIK CHATISHMA FRAZEOLOGIK BUTUNLIK
- BELGILARI FRAZEOLOGIK QO’SHILMA FRAZEOLOGIK BUTUNLIK
- 2.2. Frazeologik chatishma.
1.2. Frazeologik birliklar yuzasidan hindiy tili sohasidagi erishuvlar tahlili
A.A.Davidova o’zining “ Hindiy va urdu tillarida frazeologiyaga oid ba’zi savollar” maqolasida V.V.Vinogradov kabi frazeologik birliklarning uch xil turini ajratib ko’rsatadi: 1) frazeologik butunlik, 2) frazeologik chatishma, 3)frazeologik qo’shilma.
29 В.В.Виноградов. Об основных типах фразеологических единиц в языке, M.1981, 270 17
Bulardan tashqari mashhur rus tilshunoslaridan V.A.Chernishov hamda G.A.Zograflar 30 ham o’zlarining frazeologiya masalalariga bag’ishlangan ilmiy- tadqiqot ishlarida hindiy tili frazeologiyasi yuzasidan ilmiy-nazariy qarashlarini berib o’tganlar. Shuningdek, V.B.Beskrovniyning “Morfologicheskoye gibridnoye slovoobrazovaniye v hindi” asarida frazeologik birliklar, maqol va mattalarga oid qiziqarli ma’lumotlarni topishimiz mumkin bo’ladi. Hindiy va urdu tillarining frazeologiyasi qanchalk boy ekanligini ushbu tillarda chiqqan lug’atlarni ko’rib guvohi bo’lishimiz mumkin. Biroq ushbu tillarda frazeologiyaga doir nazariy va amaliy manbalar kam. “Hindi muhavre” 31 lug’atida hindiy tiliga doir turli frazeologik birliklar,turg’un birikmalar,idiomalar o’rin egallagan(/kel dena-itarib yubormoq,ibg@ jana- jahli chiqmoq) Bholanath Tivarining “Hindi muhavara kosh” 32 lug’atida “idioma” tushunchasiga juda keng ta’rif berib o’tilgan. U idiomalar tarkibiga hindiy tilidagi ba’zi intensiv fe’llarni, qo’shma so’zlarni, hamda murakkab otlashgan fe’llarni ham kiritib o’tgan. S.H.Kellogg va Abdulhaqlarning qarashlarida frazeologik birliklarning yasalishiga doir bir muncha noaniqliklar ko’zga tashlanadi. Xususan, Kellogg o’zining “Hindiy tili grammatikasi” kitobining “otlashgan fe’llar” bo’limiga ot+fe’l birikmalarining deyarli barchasi fe’l komponentining tabiati va tarkibiy qismlarining o’zaro bog’langanligidan qat’iy nazar kiritib qo’ygan(kam krna-ishlamoq,rah de%na-yo’liga ko’z tikmoq,haq /ona-o’zini chetga olmoq). 33
Abdulhaq o’zining “Urdu tili grammatikasi” 34 kitobida Kelloggning fikrlariga tayangan holda, otlashgan fe’l birikmalarni frazeologizmlar tarkibiga kiritib o’tgan.
30 Г.А.Зограф, Хиндустани на рубеже, XVII I XIX вв., M., 1961. 31 Dinkar Sharma, Hindi muhavre, Kalkutta, 1938. 32 Bholanath Tivarining ,Hindi muhavara kosh, Kiyab mahal, Ilahabad. 33 S.H. Kellog, A Grammar of the Hindi language, London, 1875, p. 271-277. 34 Abdulhaq, Urdu sarf-o-nahv, Dilli, 1940, p. 111-113. 18
Aytilgan fikrlardan kelib chiqqan holda shuni aytib o’tish joizki, ko’chma ma’no anglatadigan barcha lug’aviy birliklarni frazeologik birliklar sifatida qarash mumkin bo’ladi. Ammo har xillikdan qochish va aniqlikka intilish maqsadida bu borada Sh.Rahmatullayev aytgan quyidagi fikrga tayanib ish ko’ramiz, ya’ni frazeologik birliklarning uch guruhiga e’tiborimizni qaratamiz: “Frazemadan yaxlitligicha anglashiladigan ma’no bilan uning tarkibidagi leksemalar anglatadigan ma’nolar orasidagi munosabat asosida frazeologik birliklarning uch semantik turi farq qilinadi: 1) frazeologik butunlik, 2) frazeologik chatishma, 3)frazeologik qo’shilma.” Ma’nosi tarkibidagi leksemalarga xos ma’nolar asosida izohlanadigan, shu leksik ma’nolarning umumiy mahraji sifatida gavdalanadigan frazema frazeologik butunlik deyiladi. Masalan: Ek ¡'$ ke ilye mhl igrana (Ek iiNT ke liye mahal giraanaa) So’zma-so’z tarjima: “Bitta g’ishtni deb qasrni vayron qilmoq” Adabiy tarjima: “Arzimagan gapga to’s-to’polon ko’tarmoq” Ek Myan me'' do tlvar nhI' rhtI (Ek myaan mai do talvaar nahiiN rahtii) So’zma-so’z tarjima: “Bir qinga ikki qilich sig’maydi” Adabiy tarjima: “Bir qozonda ikki qo’chqorning kallasi qaynamayd Ma’nosi tarkibidagi leksemalarga xos ma’nolar asosida izohlanmaydigan, bu leksemalarga xos leksik ma’nolarni hisobga olmaydigan frazemaga frazeologik chatishma deyiladi. Frazeologik chatishmaning tildagi ikkinchi nomi idiomadir. Masalan: Ek Ek kI car car lgana (Ek ek kii chaar chaar lagaanaa) So’zma-so’z tarjima: “Bitta gapga to’rttalab gap qo’shmoq” Adabiy tarjima: “Pashshadan fil yasamoq” Ek do tIn ho jana ( Ek do tiin ho jaanaa) 19
So’zma-so’z tarjima: “Bir-ikki-uch bo’lib qolmoq” Adabiy tarjima: “Dab bo’lmoq,jo’namoq” Frazeologik chatishmalarni so’zma-so’z tushunish shu tilning o’zidayoq ko’pincha hech qanday ma’no bermaydi. Shuning o’zi frazeologik chatishmaning xususiyatini belgilovchi asosiy o’lchovdir. Modomiki, frazeologik chatishmalarning tarkibidagi so’zlarni alohida-alohida tushunish imkoniyati o’z tilidayoq yo’q ekan, bunday iboralarni so’zma-so’z tarjima qilib ham bo’lmaydi (adabiy tarjimada). Frazeologik chatishma bilan frazeologik butunlik o’rtasida bir nechta o’xshash va farqli tomonlar bo’lib, ularni quyidagi jadval asosida izohlaymiz. 1-jadval:
1.Ma’no jihatidan bir so’zga tengdir.
2. Iboraning ma’nosi komponentlarining ma’nolariga bog’liq bo’ladi.
3. Iboraning ma’nosini uning tarkibidagi so’zlarga xos bo’lgan ma’nolar asosida izohlab bo’ladi.
4. Tarkibidagi so’zlarning mustaqilligini yo’qqa
20
chiqaradi, ular o’z leksik ma’nolarni saqlamaydi. 5. Sintaktik jihatdan ularni gap bo’laklariga ajratib bo’lmaydi. + +
Mazkur jadvalda frazeologuk chatishma bilan frazeologik butunlik o’rtasidagi o’xshash va farqli belgilar aks etgan bo’lib, jadvalning boshigi to’rtta katakchasida berilgan belgilardan ayon bo’ladiki frazeologik chatishma bilan frazeologik butunlik bir-biriga qarama-qarshi xususiyatlarga ega. Tarkibidagi so’zlarning leksik ma’nosi saqlanadigan,biri ikkinchisining bog’liq ma’nosini voqe’lashtiruvchi nutqiy matn vazifasini o’taydigan sintagma
Jumladan: Ek n sunna (Ek na sunnaa) So’zma-so’z tarjima: “Hech narsa eshitmaslik” Adabiy tarjima: “Hech narsani tan olmaslik” Ek haq se talI nhI' bjtI (Ek haath se taalii nahiiN bajtii) So’zma-so’z tarjima: “Bir qo’l bilan qarsak chalinmaydi” Adabiy tarjima: “Qars ikki qo’ldan chiqadi” Frazeologik qo’shilma bilan frazeologik butunlik o’rtasida ham bir nechta o’xshash va farqli tomonlar bo’lib, ular quyidagi jadvalda ko’rsatib o’tilgan. 2-jadval:
1. Tarkibidagi so’zlaridan birining ko’chma ma’nosiga asoslanadi, shu 21
ko’chma ma’noning reallashuvi asosida ko’chma ma’no vujudga keladi.
2.
Tarkibidagi so’zlarning yig’indisiga asoslanadi va shu yo’l bila umumlashgan ko’chma ma’no hosil qiladi.
3.
Tarkibidagi so’zlarning ko’chma ma’noli bolishi shart.
Mazkur jadvalda frazeologik qo’shilma bilan frazeologik butunlik o’rtasidagi farqli belgilar ko’rsatib o’tilgan bo’lib, belgilardan ma’lum bo’ladiki, ular orasida yetarlicha farqlar mavjuddir. 1.3. Bob yuzasidan xulosalar. Mazkur bobni yozishda, o’zbek va jahon tilshunosligida frazeologik birliklarga oid ilmiy-nazariy qarashlar atroflicha o‘rganildi. Frazeologiyaning qamrovi ko'lamiga doir yuqoridagi tushuncha va ta'riflardan so'ng uning chegaralarini aniq va lo'nda aniqlab olish, muammodir. Binobarin, frazeologiya tarkibiga biron bir istisnosiz u yoki bu tildagi turg'un so'z birikmalarining hammasini kiritish bu muammoni yanada chigallashtiradi. Shunday qilib, “Frazeologiya” tushunchasi bo'yicha hanuzgacha aniq ilmiy to'xtamga kelinmagan,bunga sabab har bir muallif mazkur atamani o'zicha tushunadi, ya'ni tadqiqotning u yoki bu aspektiga ko'proq urg'u beradi. Tilshunoslar ham frazeologik tizimning ko'lami va chegarasi haqida yakdil emaslar. Bundan esa frazeologik birlik haqidagi tushuncha turli tumanligi 22
namoyon bo’ladi. Bir necha mualliflar(V.N.Teliya, A.V.Kunin) frazeologiyani kengroq tushunadilar va uning tarkibiga ham erkin ham turg'un so'z birikmalarini kiritadilar. Bir qancha olimlar (S.I. OJegov, V.V.Vinogradov) frazeologik tizimga faqat turg'un iboralar mansub deb biladilar. Xususan, mavzuga kengroq yondashish maqsadida o’zbek, rus va hind tilshunos olimlarining frazeologik birliklarga oid fikr-mulohazalari tahlil qilindi. Unga ko‘ra, o’zbek tilshunos olimi Sh.Raxmatullayev frazemadan yaxlitligicha anglashiladigan ma’no bilan uning tarkibidagi leksemalar anglatadigan ma’nolar orasidagi munosabat asosida frazeologik birliklarning uch semantik turini ko’rsatib o’tgan: 1) frazeologik butunlik, 2) frazeologik chatishma, 3)frazeologik qo’shilma. Tilshunos olim Akademik V.V.Vinogradov ham frazeologiya haqida fikr yuritgan olimlarning yutuq va kamchiliklarini hisobga olib, bu sohani o’rganishda yangi bir nazariyani olg’a suradi. U o’z tasnifida ibora tarkibidagi so’zlar ma’nolarining o’zaro munosabatini hamda ibora komponentlarining ma’nolari bilan iboradan kelib chiquvchi ma’no o’rtasidagi munosabatni asos qilib oladi. Akademik V.V.Vinogradov tasnifining umumiy printsiplari boshqa tillarga ham tatbiq etilishi mumkin. A.A.Davidova ham V.V.Vinogradov fikrlariga qo’shiladi.
II BOB. FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LEKSIK-SEMANTIK TASNIFI 2.1. Frazeologik butunlik. Shunday frazeologik birliklar borki, ular anglatgan ma’noni uning tarkibidagi ayrim so’zlardan to’g’ridan-to’g’ri keltirib chiqarish mumkin emas. Shu bilan birgalikda iboradan butunligicha kelib chiqadigan ma’no bilan ibora tarkibidagi so’zlarning ma’nolari o’rtasida qarama-qarshilik ham yo’q. Iborani
23
tashkil qiluvchi so’zlar o’z mustaqil ma’no markazini saqlamaydi. Iboraning ma’nosi uning tarkibidagi so’zlarga xos bo’lgan ma’nolarning umumiy mahraji sifatida kelib chiqadi. Bu umumiy ko’chma ma’no iboraning butunligini saqlab turadi, uning parchalanib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Tarkibidagi so’zlarning ma’nolariga bog’liq, shularga asoslangan umumlashtiruvchi ko’chma ma’noli iboralar frazeologik butunliklar deb ataladi. Hindiy tilidagi frazeologik birliklarning aksariyati frazeologik butunlikka mansubdir. Frazeologik butunliklar o’z stukturasining semantik murakkabligi, komponentlar aro semantik bog’lanishiga qarab umumiy bo’lajak ma’noning chiqarilish imkoniyati kabi jihatlari bilan frazeologik chatishma hamda frazeologik qo’shilmalardan farq qiladi. 35
So’zma-so’z tarjima: “Yetti parda ortiga saqlamoq” Adabiy tarjima: “Yaxshilab berkitib saqlamoq” Demak, ushbu ibora frazeologik butunlikka xosdir, negaki iborani uning tarkibidagi komponentlar orqali izohlash mumkin. Frazeologik birliklar ba’zan ikkita to’liq ma’noli so’zdan tashkil topgan so’z birikmasidan iborat bo’lib, bular o’z asosida obrazli tasavvur hamda leksik tarkibining turg’unligi va uslubiy bo’lganligi bilan xarakterlanadi. 36
To’plangan “bir” dan “o’n” gacha bo’lgan sanoq sonlardan yasalgan 80 ga yaqin frazeologik birliklarning aksariyati frazeologik butunlikka oid ekanligi tahlil jarayonida kuzatildi. Tahlil natijalari quyidagi chizmada aks ettirilgan. 1-chizma:
35 В.В.Виноградов. Об основных типах фразеологических едениц в русском языке, M.1981 36 И.В.Арнольд. Лексикология современного английского языка, M.: 1959, с. 198. 24
Iboradan kelib chiquvchi ma’no umumiy ma’noning ibora komponentlari ma’nolariga munosabati barcha frazeologik butunliklarda bir xil emas. Frazeologik butunliklar orasida erkin uyushmalarga yaqin turuvchi iboralar ham bor. Masalan: Ek $k lgana (Ek Tak lagaana) So’zma-so’z tarjima: “Bir nigoh tashlamoq” Adabiy tarjima: “Nigohini qadab qaramoq” Ushbu misoldan ko’rinib turibdiki, iboraning umumiy ma’nosi uning komponentlari anglatgan to’g’ri ma’nolarning oddiy yig’indisidan kelib chiqadi,
25
iboraning ma’nosini komponentlarining to’g’ri ma’nolari bevosita ko’rsatib turadi. Demak, bunday iboralarda mavhumlashish holati deyarli bo’lmaydi. Komponentlari ma’nolarining oddiy yig’indisiga asoslangan frazeologik butunliklar yig’ma ma’noli frazeologik butunliklar deb ataladi. Yig’ma ma’noli frazeologik butunliklar tarkibli terminlarga yaqin turadi, ammo ulardan farq qiladi. Sostavli terminlardan konkret, to’g’ri ma’no kelib chiqsa, yig’ma ma’noli frazeologik butunliklardan umumlashgan ko’chma ma’no anglashiladi. Yig’ma ma’noli frazeologik butunliklar frazeologik birliklarning yangi qatlamiga to’g’ri keladi. Asosiy e’tibor iboraning umumiy ma’nosiga berila borishi bilan yig’ma ma’noli frazeologik butunliklar ham ko’chma ma’noli frazeologik butunliklarda ham ko’chma ma’no o’z mavqeini mustahkamlab boradi.
car Aa\%e' krna (Chaar aankheN karnaa) So’zma-so’z tarjima: “To’rtta ko’z qilmoq” Adabiy tarjima: “Yuzma-yuz kelmoq” Ushbu iboraning tarkibida qatnashgan so’zlarga xos bo’lgan konkret, to’g’ri ma’nolar hozirgi qo’llanishda 2-planga o’tib qolgan, 1-o’rinda bu iboradan anglashiluvchi ko’chma ma’nolar turadi. Ko’pgina frazeologik butunliklarda ularning umumiy ma’nosini komponentlarining konkret, to’g’ri ma’nosini bevosita ko’rsatib turavermaydi. Ibora tarkibidagi so’zlarni ularning o’z to’g’ri, konkret ma’nolarida tushunishga quyidagi holatlar yo’l bermaydi: 1)
Frazeologik butunliklar ko’chma ma’noli komponentga ega bo’lganda: Masalan, Ek dm me' hjar dm (Ek dam main hazaar dam) So’zma–so’z tarjima: “Bir nafasda ming najot” Adabiy tarjima: “Bir insondan ming najot” Ushbu iboradagi dm ya’ni “nafas” so’zi “inson, najot, yordam” kabi ko’chma ma’nolarni anglatib kelgan. 2)
Masalan, pa\co' £\gilya\ brabar nhI' (PaanchoN ungliyaaN baraabaar nahiiN) 26
So’zma-so’z tarjima: “Beshala barmoq teng emas” Adabiy tarjima: “Besh qo’l barobar emas” 3)
Frazeologik birliklar turli ruhiy holatni, shuningdek mavhum tushunchalarni ifodalaganda. Masalan, Aa# Aa\sU rona (Aath aansuu rona) So’zma-so’z tarjima: “Sakkizta ko’z yosh yig’lamoq” Adabiy tarjima: “Ko’z yoshi dengiz bo’lmoq” Yuqoridagilardan quyidagi fikrlarga kelindi: 1) Frazeologik butunlik ma'nosi tarkibidagi leksemalarning ma'nosiga bog‘liq, shu leksik ma'nolarning o‘ziga xos sintezidan iborat bo‘ladi. 2) Frazeologik butunlik ma'nosini uning tarkibidagi leksemalarga xos ma'nolar asosida izohlash mumkin. 3) Frazeologik butunlik tarkibidagi leksemalarga xos ma'nolar ma'lum darajada hisobga olinadi. 4) Frazeologik butunlikning yaxlit ma'nosi fonida tarkibidagi leksemalarga xos ma'nolar ham sezilib turgani sababli bunday frazeologik birliklar ma'nosi ko‘p qirrali, boy bo‘ladi, murakkab holatda gavdalanadi, ichki obraz hayot bo‘ladi. 5) Ma'nosini tarkibidagi qismlar asosida izohlash imkoniyatining borligi bilan bunday frazeologik birlik yasama leksemalarga o‘xshaydi.
Frazeologik birliklarning yana bir turi borki, ularda iboradan anglashiladigan ma’no uning tarkibidagi so’zlarning ma’nolariga bog’liq emas, ulardan kelib chiqmaydi ham. Bunday iboralar frazeologik chatishmalar deyiladi. 1)
Masalan, nO do Gyarh hona (Nao do gyaarah hona) So’zma-so’z tarjima: “To’qqiz ikki o’n bir bo’lmoq” Adabiy tarjima: “Juftakni rostlamoq” Demak, misoldan ayonki, iboraning ma’nosi uning tarkibidagi so’zlarga bogliq emas, iboradan kelib chiquvchi umumiy ma’no ya’ni “qochib ketmoq, yo’q
27
bolib qolmoq” , iborada ishtirok etgan nO, do, Gyarh (to’qqiz, ikki, o’n bir) so’zlari bilan izohlanmaydi. To’plangan “bir” dan “o’n” gacha bo’lgan sanoq sonlardan yasalgan 80 ga yaqin frazeologik birliklardan frazeologik chatishma turiga oid misollar nisbatan ozchilikni tashkil etdi, ularning soni 13 tani tashkil etdi. Tahlil natijalari quyidagi chizmada o’z aksini topgan. 2-chizma:
Frazeologik chatishmalar ma’no jihatidan frazeologik butunliklarga nisbatan ancha taraqqiy etgan bo’ladi. Frazeologik chatishmaga xos ma’no bunday ibora tarkibidagi so’zlarning ma’nolaridan uzoqlashgan bo’ladi yoki u ma’nolarni tamoman hisobga olmay qo’yadi.
28
Masalan, car ke k'/o' pr c!na (Chaar ke kandhoN par charhnaa) So’zma-so’z tarjima: “To’rttaning yelkasiga chiqmoq” Adabiy tarjima: “O’lganni ustiga tepmoq” Ushbu iboradan kelib chiquvchi ma’no shu iboradan anglashiladigan ma’noga qarama-qarshidir. So’zma-so’z tarjima bilan adabiy tarjima butunlay farq qiladi. Odatda frazeologik chatishmalarning bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilinishi mumkin emasligi shu xil iboralar uchun birdan-bir o’lchov bo’lib hisoblanib keladi. Holbuki, bunday iboralarning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini ikkinchi bir til nuqtai nazaridan emas, balki shu ibora mansub bo’lgan tilning o’zi nuqtai nazaridan izohlash kerak. Yuqoridagilardan quyidagi fikrlarga kelindi: 1)
Frazeologik chatishmama ma'nosi tarkibidagi leksemalarning ma'nosiga bog‘liq emas, bulardan kelib chiqmaydi. 2)
izohlanmaydi, frazemadan anglashiladigan ma'noni tushunishda qandaydir shartlilik mavjud bo‘ladi. 3)
4)
Faqat iboraning yaxlit ma'nosigina mavjud bo‘ladi, bu ma'noning gavdalanishida tarkibidagi leksemalarning ma'nosi qatnashmaydi, ichki obraz so‘ngan bo‘ladi. Shunga ko‘ra frazeologik chatishma ma'nosi ancha sodda holatda gavdalanadi. 5)
bunday frazeologik birlik tub leksemaning bosh leksik ma'nosiga o‘xshaydi.
2.2. Frazeologik qo’shilma. So’z ma’nolarining tobora rivojlanib borishi bir so’z yordami bilan turli ma’nolarni ifodalashga keng yo’l ochib beradi. So’zlar ana shunday xususiyatga ega bo’lmaganda edi, til badiiy rang-barangligidan mahrum bo’lgan bo’lardi. So’z ma’nolari, odatda, kontekstda voqelashadi. Ko’p ma’noli so’zlar, ular kontekstdan tashqarida olinganda faqat asosiy, konkret ma’nolarinigina ifodalaydi. Bunday 29
so’zning barcha ma’nolarini yakka shu so’zning o’zidan keltirib chiqarish mumkin emas. Ko’p ma’noli so’zning asosiy ma’nosidan, ya’ni to’g’ri ma’nosidan boshqa ma’nolari shu so’z uyushib kelgan yoki uni o’rab olgan boshqa so’zlarga bog’liqdir. Bu hol ayniqsa, ko’chma ma’noning reallashishida aniq sezilib turadi. Ko’p ma’noli so’zlarning ma’nolari, odatda, erkin va bog’li ma’nolarga ajratiladi. So’zdan bevosita anglshiluvchi ma’no erkin ma’no, so’zlarning uyushib kelishi natijasida reallashadigan ma’no esa bog’li ma’no hisoblanadi. So’zlarning uyushib kelishi natijasida hosil bo’ladigan bunday ko’chma ma’no frazeologik bog’li ma’no deb ataladi. Frazeologik bog’li ma’noga ega bo’lgan so’zning kontekstdagi ma’nosi turli uyushmalarda turlicha bo’ladi. Masalan, Aa\% %ulna (Aankh khulnaa) iborasidagi Aa\% (ko’z) so’zi alohida olinganida ushbu uyushmadagi ma’nosini bermaydi, balki tana a’zosinigina bildirib keladi. Chunki Aa\% %ulna iborasidan hosil bo’ladigan “yaxshi-yomonni tushunmoq, xushyor bo’lmoq” kabi ma’nolar bevosita Aa\% (ko’z) so’zining yolg’iz o’ziga emas, balki ibora tarkibidagi har ikkala so’zga bog’liqdir. Bunday iboranin komponentlari o’rtasidagi dastlabki farq shundaki, iborada bu so’zlardan biri ko’chma ma’oning kelib chiqishi uchun asos vazifasini o’tasa, ikkinchisi shu ma’noning voqe’lashishi uchun zarur bo’lgan sharoitni yaratish vazifasini bajaradi. Shunday bo’lishiga qaramay frazeologik birliklarning hosil bo’lishi ko’proq ko’chma ma’noda qo’llanuvchi komponentga bog’liqdir. Komponentlaridan birining ko’chma ma’nosiga asoslanadiga va komponentlariga xos mustaqil ma’no markazlarini saqlab qoladigan iboralar frazeologik qo’shilmalar deb ataladi. Masalan, pa\co' £\gilya\ `I me' hona (PanchoN ungliyaaN ghii main honaa) So’zma-so’z tarjima: “Beshta barmoq yog’da bo’lmoq” Adabiy tarjima: “Har ishda omadi chopmoq” Frazeologik qo’shilmalarda alohida olingan bir so’zning ma’nosi haqida gapirib bo’lmaydi. Birikishi natijasida kelib chiqadigan ma’no to’g’risidagina so’z bo’lishi mumkin. Demak bunday frazeologik birliklarda o’rganiladigan obyekt yakka so’z emas, balki so’zlar uyushmasi bo’lib chiqadi. Shunga qaramay, uyshma tarkibidagi so’zlarning mustaqil ma’no markazi yaqqol ajrab va sezilib turadi. Bu ayniqsa to’g’ri ma’noli komponentga xosdir. Tahlil jarayonida frazeologik butunliklardan keying o’rinda frazeologik qo’shilma
30
turiga oid iboralar turishi kuzatildi, ular to’plangan 80 ga yaqin misollarning 25 tasini tashkil qildi. Natijalarni quyidagi chizmada ko’rishimiz mukin. 3-chizma:
bo’lib qoladi. Chunki frazeologik qo’shilma komponentlariga xos bo’lgan ma’no mustaqilligining yo’qolib borishi ko’p hollarda frazeologik butunlikka yaqinlashtiradi. Solishtirsak: 1)
Ek jban hona (Ek zabaan honaa) 31
So’zma-so’z tarjima: “Bir til bo’lmoq” Adabiy tarjima: “Hamjihatlik va yakdillik bo’lmoq” 2)
Ek baat honaa Ek bat hona (Ek baat honaa) So’zma-so’z tarjima: “Bir gapli bo’moq” Adabiy tarjima: “Lafzida turmoq”
Ko’rinib turibdiki, birinchi misolimiz frazeologik qo’shilma turiga oid, negaki ibora tarkibidagi ayrim so’zlar (jban- til) o’z ma’nosida emas, balki ko’chma ma’noda kelganligi yaqqol ko’rinib turibdi, biroq ikkinchi misolimizdagi iborani biz bevosita tarkibida komponentlari orqali izohlashimiz mumkin. Demak, ikkinchi misolimiz frazeologik butunlikka xosdir. Yuqoridagilardan quyidagi fikrlarga kelindi: 1)
Frazeologik qo’shilma ma'nosi tarkibidagi leksemalarning birining ko’chma ma’nosiga asoslanadi. 2)
shart. 3)
Frazeologik qo’shilmalar uchun ko’p so’zlilik xos emas.
Download 298.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling