Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti koreyashunoslik fakulteti koreya tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti kafedrasi


FRAZEOLOGIZMNING TOPIK MATERIALLARIDA QO‘LLANILISHI


Download 78.64 Kb.
bet6/12
Sana11.03.2023
Hajmi78.64 Kb.
#1260070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mirzohid frazeologizm (2)

FRAZEOLOGIZMNING TOPIK MATERIALLARIDA QO‘LLANILISHI

Koreys tilini bilish testi (TOPIK) koreys tilini ona tili bo‘lmaganlar uchun koreys tili imtihonidir. 2011-yildan buyon TOPIK Janubiy Koreya Taʼlim vazirligining filiali boʻlgan National Institute for International Education (국립국제교육원) tomonidan boshqariladi. Test ikki xil darajaga bo‘lingan holatda o‘tkaziladi, bular TOPIK I - bu ikkita olinadigan bahoni o‘z ichiga olgan asosiy darajadagi test, TOPIK II esa to‘rtta olinadigan baholar bilan birlashtirilgan o'rta va ilg‘or darajadir. Baholash to‘plangan ballarning umumiy soniga asoslanadi.

Biz frazeologizmlarni asosan TOPIK II imtihonida uchratishimiz mumkin. İmtihonning O‘qish(읽기) qismida aynan frazeologik iboralar asosida tuzilgan testlarni uchratishimiz mumkin. Misol qilib oladigan bo‘lsak,

64-xalqaro TOPIK imtihonida 읽기 qismining 21-savolida javob variantlarida 4ta ibora keltirib o‘tilgan31, ular quyidagilar:

앞뒤를 재다 – bu iboraning so‘zma-so‘z tarjimasi quyidagicha ma’no anglatadi va tahlil qilinadi:

앞뒤 - old va orqa tomonda

o'lchash, tortish

재다 - Bu har tomondan o‘ylash, diqqat bilan bosh qotirish, har bir qadamni hisoblashni anglatadi.

Va bu iboraga bizning mumkin bo‘lgan analogimiz: “Yetti o‘ylab, bir kes”.

Misollar:

  1. 투자자들은 성공 가능성이 높은 사업이 무엇일지 신중하게 앞뒤를 재었다.

Investorlar qaysi biznes muvaffaqiyatga erishish ehtimoli ko'proq ekanligini yaxshilab o'ylab ko'rdilar.

  1. 무엇보다도 일이 하기 전에 앞뒤를 재야 해요.

Biror narsa qilishdan oldin, bu haqda yaxshilab o'ylab ko'rish juda muhimdir.

진땀을 흘리다 – so‘zma-so‘z tarjimasi ter to‘kmoq, ma’nosi “qiyinchilikni boshdan kechirmoq”, bu iborada o‘zbek tilida bir xil ekvivalentga ega;

  1. 승규는 거짓말이 들통 나 진땀을 뺐다.

Yolg'on aniqlanganda Seung-gyu terlab ketdi.


  1. Download 78.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling