Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti koreyashunoslik fakulteti koreya tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti kafedrasi
KOREYS VA O‘ZBEK TILLARIDA IBORALARNI TURLARGA BO‘LISH
Download 78.64 Kb.
|
Mirzohid frazeologizm (2)
KOREYS VA O‘ZBEK TILLARIDA IBORALARNI TURLARGA BO‘LISH
Iboralar tashkil etuvchilarga ko‘ra qo‘shma leksemalar, so‘z birikmasi va gaplarga o‘xshaydi. Ko‘proq ular qo‘shma leksemalar kabi til jamiyati ongida tayyor va barqaror holda yashaydi. Iboralar lisonda barcha lisoniy birliklarga xos umumiylik tabiatiga va nutqda xususiylik sifatiga ega hisoblanadi. Shuning uchun ham iboralarni turlarga tasnif etishda ham ularning birikadigan komponentlariga ko‘ra, qo‘llanilish doirasi va darajasiga ko‘ra yondashiladi. Frazeologiya koreys tilida «관용어 표현» ya’ni «frazeologik ifoda» deb yuritiladi. Frazelogik ifoda 3 turga bo‘linadi: 1) 연어 (bir xil so‘z degan ma’noni anglatadi) ikkita so‘zning qo‘shilishidan yangi ma’no yasaladi; 2) 숙어 (frazema) ya’ni so‘zning qo‘shilishidan boshqa yangi ma’no kelib chiqadi; 3) 환용어론적 관용 표현 pragmatik so‘zlarning hosil bo‘lishi. 연어 (bir xil so‘z) ikkita so‘zning qo‘shilishidan yangi ma’no hosil bo‘lishi. Umumiy tilshunoslikda ikki yoki undan ortiq so‘zning yaxlit holda bir ma’noni ifodalashiga va o‘z ma’nosidan farqli ma’no tashuvchi, obrazli ma’no xususiyatiga ega bo‘lgan so‘z birikmalariga ibora deyiladi. Frazeologiya tilshunoslikning muhim sohalaridan biri bo‘lib, tilning voqelik haqidagi obrazli tasavvur asosida yuzaga kelgan nominativ – tasviriy vositasi hisoblanadi. Uning asosiy obyekti bo‘lgan iboraning ma’nosi birikma tarkibidagi so‘zlarning alohida olingan ma’nosidan farq qiladi, ya’ni ibora so‘z va erkin so‘z birikmasi berayotgan ma’noda emas, balki ma’joziy ma’noda qo‘llaniladi. Tilning frazeologik qatlamini bilmay turib nutqni og‘zaki shaklda ham, yozma shaklda ham tushunish qiyin. Hatto tilda erkin so‘zlashish ham qiyin. Oldidagi so‘zdan keyin keladigan so‘z bo‘lib, u o‘z ma’nosini yo‘qotib boshqa ma’noda qo‘llaniladi. Boshqacha qilib aytganda, qadimdan koreys tilida qo‘llanilib kelinadigan so‘z birikmasi bo‘lib, uning grammatik jihatdan hech qanday qoidasi yo‘q. Jumladan, 오다 ㅡkelmoq, 손님이 오다 ㅡmehmon kelmoq; 비가 오다 – so‘zma-so‘z «yomg‘ir kelmoq» deb tarjima qilinadi. O‘zbek tilida «yomg‘ir yog‘moq» iborasini aks ettiradi. Bu yerda kelmoq so‘zi yog‘moq so‘ziga almashadi. Tarjimada aslidagidek «yomg‘ir kelmoq» deb o‘girilmaydi. Bundan tashqari 쓰다 – «foydalanmoq» so‘zi qo‘llanilishiga qarab ham ko‘p ma’noda keladi va shunga qarab uning tarjimasi o‘zgaradi. Jumladan, 편지를 쓰다 ㅡxat yozmoq 모자를 쓰다 ㅡ bosh kiyimi kiymoq 안경을 쓰다 ㅡko‘zoynak taqmoq 돈을 쓰다 ㅡpul ishlatmoq Shu o‘rinda kiymoq so‘zi ham koreys tilida ishlatilish o‘rniga qarab turlicha ko‘rinishda bo‘ladi: 옷을 입다 ㅡkiyim kiymoq18 신발을 신다 ㅡoyoq kiyim kiymoq 모자를 쓰다 ㅡbosh kiyim kiymoq va h.k . Koreys tilida antroposentrik yo‘nalish ma’nosini ifodalovchi iboralar ham jismoniy holatlarni, ham turli ruhiy holatlarni, xususan, ko‘pgina qismi insonning turli ruhiy holatlarini ifodalaydi. Buni L.I.Royzenzonva Yu.Yu. Avalianilar shunday izohlaydi: «...agar so‘z hodisalar, faktlar, turli voqelik va jarayonlarni umumiy aks ettirsa, iboralar esa eng avvalo iztirob va his tuyg‘ular kabi insonning ruhiy holatlarini, munosabat, ziddiyat va kurashlar doirasini hamda sifat jihatdan xarakterlashni o‘zida qamrab olgan bo‘ladi»19. Koreys tilida ma’lum holat, vaziyat va obyektga nisbatan qoniqish hosil qilish hamda ko‘ngilga yoqish hissining paydo bo‘lishi kabi ijobiy ruhiy holatlarni ifodalovchi turli leksik semantik xususiyatlar va uslubiy vazifalarga ega bo‘lgan antroposentrik yo‘nalish ma’nosini ifodalovchi iboralar mavjud: 가슴(이) 뿌듯하다 – so‘zma-so‘z yuragi mustahkam (tomog‘iga nimadir tiqilmoq), 귀가 번쩍 뜨이다 – so‘zma-so‘z qulog‘i qizarib ketmoq (kimningdir qulog‘iga chang solmoq), 눈에 잘 보이다 – so‘zma-so‘z ko‘ziga yaxshi ko‘rinmoq, 눈에 차다 – so‘zma-so‘z ko‘zi to‘lgan (ko‘zi to‘q), 마음에 들다 – so‘zma-so‘z yuragiga kirmoq (ko‘nliga yoqmoq). Keltirilgan har bir ibora o‘zining ma’no ottenkalari bilan birㅡbiridan ajralib turadi. Jumladan, 눈에 넣어도 아프지 않다 (ko‘zga qo‘ysa ham, ko‘z og‘rimaydi) iborai sintaktik jihatdan shart ergash gapli qo‘shma gap shaklida bo‘lib, «juda yoqimli», «yoqimtoy», «beozor» tarzida tarjima qilinadi. Download 78.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling