Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti koreyashunoslik fakulteti koreya tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti kafedrasi
Download 78.64 Kb.
|
Mirzohid frazeologizm (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 두들겨 맞는 것처럼 멍해진다
- 원통하고 분하기 짝이 없었다
« Taftishchi kun yorishganda obmorning bo‘shab qolganini ko‘rib rangi o‘chib ketibdi. Keyin o‘g‘rilarni tutib ketishni buyurib rosa shovqin ko‘taribdi».
«소자의 가슴에 깊이 맺힌 응어리를 풀어 주시니 어제 죽어도 영한이 없나이다. 엎드려 바라옵건대 부디 만수 무강하시옵소서» «Mening qalbimdagi qotib qolgan yaramni tuzatdingiz, endi o‘lsam ham armonim yo‘q. Iltimos uzoq va baxtli yashang». «인형은 그 길로 경상 감사로 떠나서는 각 고일에 길동을 달래는 내용의 방을 써 붙이고 자수를 권하였다». «Inxyon Kyonsan viloyatiga taftishchi bo‘lib ketayotgan chog‘ida har bir qishloqqa Kil Donga dalda berish mazmunidagi e’lonni yozib tarqatibdi va aybini bo‘yniga olib taslim bo‘lishini maslahat beribdi». Muqobil variantlar yordamida tarjima qilinganda ekvivalent yordamida tarjima qilgandagina nisbatan ham ko‘proq ehtiyot bo‘lish zarur. Chunki ikki til iboralari yuzaki qaraganda ba’zan bir-biriga muqobilday ko‘rinsa-da, aslida ular ma’no va uslub jihatlaridan bir-biridan farq qilishi, hatto o‘zaro soxta variantlar paydo bo‘lish xavfi bor. Muqobil variantlar tarjimada bir-birlarini bemalol almashtiraveradilar. Chunki mazkur birliklar tarkiblarida ularning o‘zaro almashinuvlariga xalal beradigan milliy xususiyatli so‘zlar uchramaydi. Tarjima tilida asliyat tilidagi iboraga mos keladigan variant mutlaqo bo‘lmasa, u holda frazeologik birlik so‘zma-so‘z tarjima qilinadi. «Bu yo‘l vositasida tarjima tilida hosil qilingan birikma iboraviy shakl kasb etib, tabiiy jaranglasa, nazarda tutilgan ma’no va uslubiy vazifani aks ettira oladi. Bunday paytda nafaqat adekvatlik ta’minlanadi, balki tarjima tili lug‘at tarkibining boyishi uchun ham imkoniyat vujudga keladi»29. Kalka usuliga murojaat qilishda shuni ham hisobga olish lozimki, asliyat iborai obrazliligi, ta’sir kuchi, iboraning nutqda ko‘p qo‘llanilishi natijasida birmuncha kuchsizlangan, siyqalangan bo‘ladi. Hijjalab qilingan tarjima oqibatida esa iboraning obrazliligi, hissiy-ta’sirchanligi «tirilib», u jozibadorligi jihatidan asliyatdagi birlik darajasidan goho ustun bo‘ladi. Bu holat ham hamma vaqt kalka usuliga murojaat qilaverishni taqozo etmaydi. Shuning uchun mazkur usulga murojaat qilishda asliyat iboraida mujassamlashgan qo‘shimcha axborot darajasini va kalka tufayli hosil bo‘lgan ibora kasb etadigan shunday ustakcha vazifani e’tiborga olish zarur»30. «환자가 우울해 할 때마다 서드벌드는 관자놀이를 망치로 두들겨 맞는 것처럼 멍해진다. 아내의 “여한을 남기지 않기 위해서” 그는 이웃 할머니를 불러 왔다. 할머니는 산발이 된 환자의 머리를 정리해주고 어루만져 주며 앉아서 눈물을 흘렸다. 길동은 자라 여덟 살이 되자 하나를 들으면 백을 알 만크므영리하였다. 하지만 종에게서 낳은 아들이라 길동은 태어나 열 살이 넘도록 함부로 아버지와 형을 부르지 못하지 원통하고 분하기 짝이 없었다». «Kil Don sakkiz yoshiga to‘lganda birni eshitsa, yuzni biladigan darajada aqlli, zukko bo‘lib o‘sibdi. Lekin kanizakdan tug‘ilgan farzand bo‘lganligi sababli Kil Don tug‘ilganidan o‘n yoshga yetgungacha o‘z otasi va akasini ota va aka deb chaqirolmas, bu uning ko‘ngliga og‘ir botar va alam qilar edi». Iboralar tarjimasida, asosan, shu uch usul qo‘llanadi. Lekin ba’zi tarjimashunoslar bu uchala usul ham uchramaydigan holatni to‘rtinchi usul sifatida ko‘rsatib, uni tasviriy usulda tarjima qilish deb ataydilar. Muayyan frazeologik birlikni goho na ekvivalent, na muqobil variant va na kalka yordamida o‘girishning imkoni topiladi. Bunday hollarda san’atkorlar noiloj tarjima amaliyotining tasviriy usuliga murojaat qiladilarki, mazkur usul yordamida birliklar ma’nolari erkin ma’nodagi so‘z yoki so‘z birikmalari vositasida tushuntirib qo‘ya qolinadi. Bu esa, o‘z navbatida, asliyat matni badiiy qiymatining pasayishiga olib keladi. Download 78.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling