Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti koreyashunoslik fakulteti koreya tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti kafedrasi


Download 78.64 Kb.
bet2/12
Sana11.03.2023
Hajmi78.64 Kb.
#1260070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mirzohid frazeologizm (2)

Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda koreys tilshunoslarining oldida turgan dolzarb vazifalaridan biri koreys tili o‘rganuvchilariga iboralarni tahlil qilish, ularni tarjima qilish usullarini o‘rgatish, koreys va o‘zbek tillarida iboralarni qiyosiy tahlil qilish, ularning o‘zbek tilida muqobil variantini topish, bevosita koreys tilida so‘zlashganda ularni qanday qilib to‘g‘ri ishlatish lozimligini o‘rganishdir.
Tanlangan mavzuning dolzarbligi koreys frazeologik birliklarining TOPIK materiallari asosida tavsiflashdan iborat ekanligi bilan izohlanadi. Tilning grammatik qatlamiga mansub birliklarni ikki til misolida koʻrib chiqish koreys frazeologizmining chuqur oʻzlashtirishga, unga xos lingvistik mohiyatni tavsiflashga, qolaversa, ularni turli matnlarda oʻqib maʻno nozikliklarini tushunish jarayonida ham katta ahamiyat kasb etadi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Kurs ishidan ko‘zlangan asosiy maqsad koreys va o‘zbek millatini, ularning turmush tarzi va tarixiga oid ba’zi jihatlarni frazeologizmlar orqali ko‘rib chiqishdan iborat.
Maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:
- koreys va o‘zbek tillaridagi frazeologizmning umumiy tasnifi va o‘rganilganlik darajasi;
- koreys va o‘zbek tillaridagi frazeologizmda foydalaniladigan elementlar;
- frazeologizmlarni so‘zma-so‘z va tasviriy usulda tarjima qilish;
- TOPIK materiallarida qo‘llaniladigan frazeologizmlarni tahlil qilish.
Kurs ishining tuzilishi: kurs ishi kirish, uchta bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.



  1. FRAZEOLOGIZM VA UNING TURLARI HAQIDA MA’LUMOT

Frazeologiya til hodisasi sifatida lison va nutqqa daxldor birlikdir. Birdan ortiq mustaqil leksema ko‘rinishining birikuvidan tashkil topib, obrazli ma’noviy tabiatga ega bo‘lgan lisoniy birlik ibora deyiladi: tepa sochi tikka bo‘ldi, sirkasi suv ko‘tarmaydi va hokazo2. Ma‘lumki, frazeologiya deganda, ko‘chma ma’no anglatadigan, ibora yoki turg‘un so‘z birikmalari tushuniladi. Frazeologik birlikdan (iboradan) yaxlitligicha anglashiladigan ma’no uning tarkibidagi so‘z komponentlariga xos leksik ma’nolarning oddiy yig‘indisiga teng bo‘lmaydi, iboraning ma‘nosi umumlashma ma’no, maxraj ma’no sifatida namoyon bo‘ladi3.
Frazeologiya nazariyasiga dastlab fransuz tilshunosi Sh.Balli asos soldi. Iboralarning grammatik, semantik, funksional-uslubiy jihatlarini rus tilshunoslarining tadqiqotlarida ham ko‘rish mumkin. Masalan, V.Vinogradov iboralarni leksik qatlam sifatida ma’no guruhlariga ko‘ra tasniflaydi. V.Jukov esa iboralarning kategorial ma’nolarini aniqlagan.
Frazeologiyaning asosiy vazifalari yoki masalalari deganda frazeologik tarkibning izchilligini aniklash va shu munosabat bilan frazeologizmning belgi(lik) xususiyatini oʻrganish; frazeologizmlar omonimiyasi, sinonimiyasi, antonimiyasi, polisemiyasi va variantdorligini tavsiflash; frazeologizmlar tarkibida qoʻllanuvchi soʻzlar va ularga xos maʼnolarning oʻziga xos xususiyatlarini aniklash; frazeologizmlarning soʻz turkumlari bilan oʻzaro munosabatlarini oydinlashtirish; ularning sintaktik rolini aniklash; frazeologik birliklar tarkibida soʻzlarning yangi maʼnolari hosil boʻlishini oʻrganish va boshqa Frazeologiya frazeologik birliklarni ajratish prinsiplarini, ularni oʻrganish, tasniflash va lugʻatlarda tavsiflash metodlarini ishlab chiqadi. Frazeologiyada ishlab chiqilgan oʻziga xos, xilma-xil metodlar asosida tilning frazeologik tarkibi turlicha: struktursemantik, grammatik vazifaviyuslubiy asoslarga kura tasnif etiladi.
Koreys tilshunosligida iboralarni o‘rganish XX asrning boshlarida boshlanib, tadqiqotlar ko‘lami va natijalari bosqichma-bosqich rivojlana borgan. Iboralar ustida olib borilgan tadqiqotlar olti davrga bo‘lingan holda qarab chiqiladi.4 Har bir davrda koreys tili frazeologiyasining muayyan masalalari ko‘tarilib, ular tilshunoslar tomonidan har tomonlama o‘rganilib chiqilgan. Mavjud va hal qilinishi lozim bo‘lgan muammo va masalalalar ustida tadqiqotlar olib borishgan.
Birinchi davr (1910 yildan 1960 yilgacha)da asosan iboralarni to‘plash bilan bog‘liq tadqiqotlar olib borilgan. Cho In Ing, No Su Ryon5, Li Hun Jong6, Kim Mun7 kabi olimlar bu davrning namoyondalari sanalishadi. Bu davrdagi tadqiqotlarda sof frazeologik birliklar haqida tushuncha mavjud bo‘lgan bo‘lsa ham, lekin ushbu birliklarning boshqa o‘xshash kategoriyalar (ayniqsa maqollar) bilan farqi aniq tushuntirilib o‘tilmagan. Shuning uchun frazeologiya sohasidagi tushunchalar va frazeologik birliklarning xususiyatlarini belgilash, qilinishi lozim bo‘lgan eng muhim vazifalar hisoblangan.
Ikkinchi davr (1970-yillar)da iboralarning nazariy asoslarini ishlab chiqish bilan bog‘liq tadqiqotlar asosiy o‘rin tutadi. Bunday tadqiqotlarda Kim Jong Tek8, Hvang Hi Yong9, Son Nak Pomlarning xizmatlari kattadir. Bu davrda birinchi davrga nisbatan ancha siljishlar bo‘lib, iboralarning tizimli tadqiqoti asta-sekin boshlangan. Frazeologik birlik tushunchasining normalariga yanada aniqlik kiritilgan.
Uchinchi davr (1980 yillarning birinchi yarmi)da frazeologik birliklarning nazariy asoslarini yanada mustahkamlash uchun tadqiqotlar izchil olib borilgan. Lim Gyong Sun, Li Yong Hi10, Kim In Han, Li Tek Hi, Cho Byong Te11, Chong Ok Ju, Pak Jin Sular12 bu davrning yetuk namoyondalari hisoblanishadi. Bu davrni, aniqrog‘i, iboralar bilan boshqa kategoriyalarni tasniflash muammosi va tuzilishiga qarab guruhlash masalasi ko‘tarilgan davr deb ta’kidlash mumkin.
To‘rtinchi davr (1980 yillarning ikkinchi yarmi)da Shim Je Gi13, An Gyong Hva14, Chang Gyong Hve va boshqalar semantik va pragmatik jihatdan iboralar ustida ko‘p taqiqotlar olib borishgan. Bu davrdagi tadqiqotlar semantik va pragmatik nuqtai nazardan hamda sinxronik qarashlar orqali amalga oshirilganligi bilan ahamiyatga molik. Lekin mavjud kategoriyalar hali ham avvalgidek, aniq tarzda belgilanmagan va frazeologik guruhlarning normasi ishlab chiqilmagan holatida bo‘lgan.
Beshinchi davr (1990 yillarning birinchi yarmi)da frazeologiya to‘g‘risidagi turli nazariyalar va qarashlarni bir tizimga solish borasida ishlar qilingan. Bu borada Kang Vi Gyu15, Kim Gvang He, Kim Mun Chang, Chve Kyong Bong16, Li Jong Chol, Hong Je Song larning ishlarini alohida ta’kidlash lozim.
Oltinchi davr (1990 yillar o‘rtasi)da frazeologiya to‘g‘risidagi nazariyalar va tadqiqotlarni qayta ko‘rib chiqish bilan bog‘liq izlanishlar olib borilgan. Kim Ok Pun, Mun Jong Son, Yu Sing Guk, Shin Hyon Suk, Hvang Su Mi, Chang Se Gyong va Chang Gyong Hi, Yang Yong Hi, Li Sang Oklar bu davrning vakillari hisoblanishadi. Umuman bu davrni, frazeologiya sohasida qilingan ishlarni qaytadan chuqurroq tahlil qilib chiqish davri deb atash mumkin.
Zamonaviy koreys tilshunosligida ibora tushunchasini ifodalashda asosan “관용어” atamasi qo‘llanadi. Bu atama iboralarga nisbatan qo‘llanadigan boshqa atamalardan ko‘ra ibora tushunchasiga ancha mos kelganligi bois mavjud tadqiqotlarda keng qo‘llaniladi. Tilshunos Yun Hi Suga ko‘ra, “관용어” atamasi “o‘ziga xoslik”, “o‘ziga xos ifoda” kabi ma’nolarni ifodalovchi lotincha “idioma” atamasiga to‘la muvofiq keladi17. Bugungacha bo‘lgan tadqiqotlarda iboralarga nisbatan turli atamalar ishlatilib kelingan. Masalan, No Su Ryon (1936) va Li Hun Jong (1961) “관용구”, Kim Jong Tek (1971), Im Gyong Su (1979, 1980), Li Yong Hve (1982), Pak Yong Sun (1985) va Pak Jin Su (1985)lar “관용어”, Kim Mun Chang (1974, 1980), Shim Je Gi (1986), Han Chong Gil (1986) va An Gyong Hvalar (1987) “숙어”, Hvang Hi Yong (1978) “익힘말”, Kim Gyu Son (1978) “관용 어구”, Kang Kvi Gyu (1990) “관용 표현”, Kim He Suk (1993) “익은말” atamalarini qo‘llaganlar. Frazeologik birlik tushunchasini esa “관용 표현” atamasi ifodalaydi.
Keyingi yillarda frazeologiya sohasida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida frazeologik birliklar til leksik qatlamining katta bir qismi sifatida qayd qilindi. Jamiyatdagi munosabatlarni, hodisa va holatlarni soddaroq, oydinroq va obrazliroq ifodalash maqsadida frazeologik birliklardan tabiatdagi o‘z xususiyatlari bilan shunga mos keladigan turli narsalar, jumladan, hayvonlar obrazidan ustalik bilan foydalanilgan.
Koreys tilshunosligida «frazeologiya» («관용구») atamasi mavjud bo‘lsa-da, ushbu atamaga kamdan-kam hollarda murojaat qilinadi. Uning o‘rniga asosan ibora («숙어») atamasi ishlatiladi.



  1. Download 78.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling