Toshkent davlat texnika universiteti «Metallarga bosim bilan ishlov berish» kafedrasi


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/33
Sana20.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1040321
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Металларга босим билан ишлов бериш назарияси

 
 
18-AMALIY MASHG’ULOT 
 
Mavzu: Hajmiy plastik deformatsiya jarayonida qo’llaniladigan materiallarni o’rganish. 
 
Amaliy ishni o’tishdan maqsad:
 
Talabalarga hajmiy plastik deformatsiya jarayonida qo’llaniladigan materiallarni o’rgatish. 
Amaliy ishni o’tish bo’yicha nazariy qism: 
Plastiklik - tashqi kuch yoki zoʻrikish (kuchlanish) taʼsirida qattiq jismlarning oʻlchamlari va 
shakli dastlabki holiga qaytmaydigan boʻlib oʻzgarish (plastik deformatsiyalanish) xossasi. 
Materiallarga bosim bilan ishlov berish (bolgʻalash, presslash va boshqalar) imkonini belgilaydi. 
Tashqi kuch taʼsirida kristall panjara atomlari orasidagi oʻzaro taʼsir kuchlari oʻzgaradi 
(deformatsiyalanadi). Plastik deformatsiyalanishda panjara atomlari bir-biriga nisbatan koʻchadi, 
oqibatda kristall qatlamlarning bir-biriga nisbatan siljishi, kristall panjara buzilishi, issiqiik harakati 
tufayli jism atom tuzilishining oʻzgarishi kuzatiladi. Jismning moʻrtligi, plastikligi sharoitga bogʻliq. 
Maʼlum bir sharoitda (mas, yuqori temperaturada) uning bunday xossalari butunlay yoʻqoladi. 
Metallarning plastiklik holatiga oʻtishi maʼlum sharoitda roʻy beradi, bu holat chegara-viy holat deb 
yuritiladi. Jismlarning plastiklikgi deformatsiyalanish tezligi, temperatura va jismning tuzilishiga 
bogʻliq. 
Plastiklikning turli xillari mavjud. Oʻzdiffuzion va diffuzion plastiklikda tashqi siquvchi kuch 
taʼsirida kri-stallarning atom qatlamlari shu kuch taʼsir etayotgan sirtdan boshqa joyga siljiydi. Bunda 
massa koʻchishi sirt boʻyicha yoki kristall hajmi boʻyicha oʻzdiffuziya tufayli amalga oshadi. 
Dislokatsion 
plastiklikda 
kristallografik 
tekislikdagi 
sirpanish 
kristallning 
plastik 


51 
deformatsiyalanishiga sabab boʻladi. Sirpanish har xil sodir boʻladi: dastlab, u tekislikning bir zonasida 
yuz berayotgan boʻlsa, bu zonaning chegarasi butun tekislikka yoyiladi. Sirpanishning yoyish 
chegarasi dislokatsiya chizigʻi yokidislo-katsiya deyiladi. Kraudion plastiklik kri-stalddagi zich 
joylashgan atom katorlari boʻylab atomlar quyuqlanmasi (kraudinlar) hosil boʻlishiga asoslangan. 
Kristall sirtiga tig botirilsa, atomlar shu sohadan uzoqlashadi, na-tijada tigʻ botirilayotgan sirtdan 
maʼlum masofada atom konsentratsiyasi oshadi (rasmga q.)- Kristallda tugunlararo atomlar hosil 
boʻladi. 
Kraudion plastiklik: I — tigʻ botirilguncha; II — tigʻ botirilganda atomlar kuyuklanmasi hosil 
boʻladi; III — shaklning uzil-ke-sil oʻzgarishi. Kristallda tugunlararo atomlar hosil boʻladi. 
Plastiklikni baʼzi jismlarda eʼtiborga olmaslik mumkin, bunday jismlar mutlaq elastik 
(qayishqoq) jismlar hisoblanadi. Har bir jismning xossalari plastiklik boʻyicha guruhlarga ajratib 
oʻrganiladi. Mac, kristallar, polikristallar, monokristallar, amorf jismlar plastikligi va boshqa 
Jismlarning qovushqokdigi ham ularning plastikligini belgilaydi. Tutash muhitlar mexanikasida jismlar 
bir jinsli, uzluksiz deb faraz qilinadi, mas, kristall panjara atomlari orasidagi masofa hisobga 
olinmaydi. plastiklik materiallarning buzilmasdan katta qoldiq deformatsiya (plastik deformatsiya) 
hrsil qilishidir. Materiallarning plastiklikligi ularning choʻzilgandagi uzayishiga qarab baholanadi. 
Qattiq jismlar plastikligini oʻrganish amaliy ahamiyatga ega. Detallarni tayyorlash texnologiyasida
inshootlar qurishda, metallarni bosim bilan qayta ishlash va kesishda plastiklikning asosiy qonun-
qoidalariga rioya qilinadi. 
Deformatsiya – jism shaklining biror kuch ta’sirida o’zgarishi, bunda jism zarralarining nisbiy 
holati o’zgarishiga olib keluvchi tashqi kuchlar – isitish, sovutish, namlik va b. omillar ta’sirida jism 
(yoki jism qismlari)ning shakli yoki o’lchamlari o’zgarishi. Qattiq jismlarda еlastik deformatsiya 
(deformatsiyani vujudga keltirgan ta’sir bartaraf kilingandan keyin yo’qoladigan), plastik deformatsiya 
uchun Guk qonuni o’rinli. Cho’zilish, siqilish, siljish, burilish, еgilish – deformatsiyaning еng oddiy 
turlari.Tashqi kuchlar, temperaturaning oʻzgarishi va b. taʼsiri ostida jismning massasi oʻzgarmagan 
holda shaklining yoki hajmining oʻzgarishi, buzilishi. 
Poʻlat - temirning uglerod (2% gacha) va boshqa elementlar bilan qotishmasi. Odatdagi texnik 
plastiklikning tarkibi — 0,05—1,5% uglerod, 0,4% gacha kremniy, 0,1 — 1% marganets, 0,08% 
gacha oltingugurt, 0,1% gacha fosfor va 96,92—99,27% temirdan iborat. Sanoatda ishlab 
chiqariladigan plastikliklar tarkibida doimiy qoʻshilmalar: kremniy Si, marganets Mp, oltingugurt S va 
fosfor R boʻladi. Plastiklikning choʻyandan farqi shuki, choʻyan tarkibida uglerod 2% dan ortiq
doimiy qoʻshilmalar ham koʻproq boʻladi. Plastiklik toblanganda uning fizik-mexanik xossalari keskin 
oʻzgaradi, qattiqligi va mustahkamligi ortadi, bolgʻalanuvchan boʻlib qoladi (qarang Poʻlatni toblash). 
Kimyoviy tarkibidagi uglerod va legirlovchi elementlar miqdo-riga qarab, plastiklik uglerodli va 
legirlangan xillarga boʻlinadi. Uglerodli plastiklikga (tarkibida ugleroddan tashqari 0,7% gacha 
marganets, 0,37% gacha kremniy, 0,04% gacha oltingugurt va 0,035% gacha fosfor boʻladi) qurilish 
va mashinasozlik poʻlati; asbobsozlik poʻlati kiradi. [[Legirlangan poʻlat jumlasiga kam (legirlovchi 
elementlar 2,5% gacha), oʻrtacha (legirlovchi elementlar 2,5—10% gacha), yuqori legirlangan 
(legirlovchi elementlar 10% dan ortiq) plastikliklar kiradi (qarang [[Legirlangan poʻlat). Ishlatilishiga 
qarab, qurilish (prokat) va mashinasozlik (konstruksion), asbobsozlik, alohida xossali xillarga 
boʻlinadi. Alohida xossali plastiklik zanglamaydigan va kislota-bardosh, issiqbardosh, yeyilish va 
yemirilishga chidamli, magnit xususiyatli va boshqa sifatlarga ega boʻladi. 


52 

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling