Toshkent davlat texnika universiteti «Metallarga bosim bilan ishlov berish» kafedrasi
Download 1.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Металларга босим билан ишлов бериш назарияси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy ishni o’tish bo’yicha nazariy qism
18-AMALIY MASHG’ULOT Mavzu: Hajmiy plastik deformatsiya jarayonida qo’llaniladigan materiallarni o’rganish. Amaliy ishni o’tishdan maqsad: Talabalarga hajmiy plastik deformatsiya jarayonida qo’llaniladigan materiallarni o’rgatish. Amaliy ishni o’tish bo’yicha nazariy qism: Plastiklik - tashqi kuch yoki zoʻrikish (kuchlanish) taʼsirida qattiq jismlarning oʻlchamlari va shakli dastlabki holiga qaytmaydigan boʻlib oʻzgarish (plastik deformatsiyalanish) xossasi. Materiallarga bosim bilan ishlov berish (bolgʻalash, presslash va boshqalar) imkonini belgilaydi. Tashqi kuch taʼsirida kristall panjara atomlari orasidagi oʻzaro taʼsir kuchlari oʻzgaradi (deformatsiyalanadi). Plastik deformatsiyalanishda panjara atomlari bir-biriga nisbatan koʻchadi, oqibatda kristall qatlamlarning bir-biriga nisbatan siljishi, kristall panjara buzilishi, issiqiik harakati tufayli jism atom tuzilishining oʻzgarishi kuzatiladi. Jismning moʻrtligi, plastikligi sharoitga bogʻliq. Maʼlum bir sharoitda (mas, yuqori temperaturada) uning bunday xossalari butunlay yoʻqoladi. Metallarning plastiklik holatiga oʻtishi maʼlum sharoitda roʻy beradi, bu holat chegara-viy holat deb yuritiladi. Jismlarning plastiklikgi deformatsiyalanish tezligi, temperatura va jismning tuzilishiga bogʻliq. Plastiklikning turli xillari mavjud. Oʻzdiffuzion va diffuzion plastiklikda tashqi siquvchi kuch taʼsirida kri-stallarning atom qatlamlari shu kuch taʼsir etayotgan sirtdan boshqa joyga siljiydi. Bunda massa koʻchishi sirt boʻyicha yoki kristall hajmi boʻyicha oʻzdiffuziya tufayli amalga oshadi. Dislokatsion plastiklikda kristallografik tekislikdagi sirpanish kristallning plastik 51 deformatsiyalanishiga sabab boʻladi. Sirpanish har xil sodir boʻladi: dastlab, u tekislikning bir zonasida yuz berayotgan boʻlsa, bu zonaning chegarasi butun tekislikka yoyiladi. Sirpanishning yoyish chegarasi dislokatsiya chizigʻi yokidislo-katsiya deyiladi. Kraudion plastiklik kri-stalddagi zich joylashgan atom katorlari boʻylab atomlar quyuqlanmasi (kraudinlar) hosil boʻlishiga asoslangan. Kristall sirtiga tig botirilsa, atomlar shu sohadan uzoqlashadi, na-tijada tigʻ botirilayotgan sirtdan maʼlum masofada atom konsentratsiyasi oshadi (rasmga q.)- Kristallda tugunlararo atomlar hosil boʻladi. Kraudion plastiklik: I — tigʻ botirilguncha; II — tigʻ botirilganda atomlar kuyuklanmasi hosil boʻladi; III — shaklning uzil-ke-sil oʻzgarishi. Kristallda tugunlararo atomlar hosil boʻladi. Plastiklikni baʼzi jismlarda eʼtiborga olmaslik mumkin, bunday jismlar mutlaq elastik (qayishqoq) jismlar hisoblanadi. Har bir jismning xossalari plastiklik boʻyicha guruhlarga ajratib oʻrganiladi. Mac, kristallar, polikristallar, monokristallar, amorf jismlar plastikligi va boshqa Jismlarning qovushqokdigi ham ularning plastikligini belgilaydi. Tutash muhitlar mexanikasida jismlar bir jinsli, uzluksiz deb faraz qilinadi, mas, kristall panjara atomlari orasidagi masofa hisobga olinmaydi. plastiklik materiallarning buzilmasdan katta qoldiq deformatsiya (plastik deformatsiya) hrsil qilishidir. Materiallarning plastiklikligi ularning choʻzilgandagi uzayishiga qarab baholanadi. Qattiq jismlar plastikligini oʻrganish amaliy ahamiyatga ega. Detallarni tayyorlash texnologiyasida, inshootlar qurishda, metallarni bosim bilan qayta ishlash va kesishda plastiklikning asosiy qonun- qoidalariga rioya qilinadi. Deformatsiya – jism shaklining biror kuch ta’sirida o’zgarishi, bunda jism zarralarining nisbiy holati o’zgarishiga olib keluvchi tashqi kuchlar – isitish, sovutish, namlik va b. omillar ta’sirida jism (yoki jism qismlari)ning shakli yoki o’lchamlari o’zgarishi. Qattiq jismlarda еlastik deformatsiya (deformatsiyani vujudga keltirgan ta’sir bartaraf kilingandan keyin yo’qoladigan), plastik deformatsiya uchun Guk qonuni o’rinli. Cho’zilish, siqilish, siljish, burilish, еgilish – deformatsiyaning еng oddiy turlari.Tashqi kuchlar, temperaturaning oʻzgarishi va b. taʼsiri ostida jismning massasi oʻzgarmagan holda shaklining yoki hajmining oʻzgarishi, buzilishi. Poʻlat - temirning uglerod (2% gacha) va boshqa elementlar bilan qotishmasi. Odatdagi texnik plastiklikning tarkibi — 0,05—1,5% uglerod, 0,4% gacha kremniy, 0,1 — 1% marganets, 0,08% gacha oltingugurt, 0,1% gacha fosfor va 96,92—99,27% temirdan iborat. Sanoatda ishlab chiqariladigan plastikliklar tarkibida doimiy qoʻshilmalar: kremniy Si, marganets Mp, oltingugurt S va fosfor R boʻladi. Plastiklikning choʻyandan farqi shuki, choʻyan tarkibida uglerod 2% dan ortiq, doimiy qoʻshilmalar ham koʻproq boʻladi. Plastiklik toblanganda uning fizik-mexanik xossalari keskin oʻzgaradi, qattiqligi va mustahkamligi ortadi, bolgʻalanuvchan boʻlib qoladi (qarang Poʻlatni toblash). Kimyoviy tarkibidagi uglerod va legirlovchi elementlar miqdo-riga qarab, plastiklik uglerodli va legirlangan xillarga boʻlinadi. Uglerodli plastiklikga (tarkibida ugleroddan tashqari 0,7% gacha marganets, 0,37% gacha kremniy, 0,04% gacha oltingugurt va 0,035% gacha fosfor boʻladi) qurilish va mashinasozlik poʻlati; asbobsozlik poʻlati kiradi. [[Legirlangan poʻlat jumlasiga kam (legirlovchi elementlar 2,5% gacha), oʻrtacha (legirlovchi elementlar 2,5—10% gacha), yuqori legirlangan (legirlovchi elementlar 10% dan ortiq) plastikliklar kiradi (qarang [[Legirlangan poʻlat). Ishlatilishiga qarab, qurilish (prokat) va mashinasozlik (konstruksion), asbobsozlik, alohida xossali xillarga boʻlinadi. Alohida xossali plastiklik zanglamaydigan va kislota-bardosh, issiqbardosh, yeyilish va yemirilishga chidamli, magnit xususiyatli va boshqa sifatlarga ega boʻladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling