Toshkent davlat texnika universiteti muxandislik texnologiyalari fakulteti ekologiya va atrof muhit muhofazasi kafedrasi
BOB EKOLOGIK EKSPERTIZA TO‘G‘RISIDA
Download 25.91 Kb.
|
CУХРОБ 105-19
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2 Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari
- Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishda qo‘yiladigan talablar
2 BOB EKOLOGIK EKSPERTIZA TO‘G‘RISIDA
2.1 Ekologik ekspertiza tushunchasi Ekologik ekspertiza deganda rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza obyektini ro‘yobga chiqarish mumkinligini aniqlash tushuniladi. Ekologik ekspertiza quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi: mo‘ljallanayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risida qaror kabul qilinishidan oldingi bosqichlarida bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash; rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyat atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa yoki shunday ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘lsa, bunday faoliyatning ekologik xavflilik darajasini aniqlash; atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosliligini aniqlash. 2.2 Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; xolislik; asoslilik; ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olishning majburiyligi; har qanday rejalashtirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ehtimol tutilgan ekologik xavflilik prezumpsiyasi; xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning atrof tabiiy muhitga va fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sirini baholashning kompleksliligi. Ekologik ekspertizaning oshkoraligi Ekologik ekspertiza buyurtmachilari uni o‘tkazish to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon berishlari mumkin. Bunday holda ekologik ekspertiza tugallangan kundan boshlab bir oy ichida uning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinadi. Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishda qo‘yiladigan talablar Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishda: taqdim etilgan materiallarning tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiqligi tekshiriladi; rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik va ijtimoiy oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va to‘liqligi tahlil qilinadi; biologik, kimyoviy moddalar va texnologiyalarning atrof tabiiy muhitga ta’sirini baholashning asosliligi tekshiriladi; rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish oqibatlarining ekologik xavfliligi darajasini baholashning to‘g‘riligi tekshiriladi; rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik va ijtimoiy oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va to‘liqligi tahlil qilinadi; biologik, kimyoviy moddalar va texnologiyalarning atrof tabiiy muhitga ta’sirini baholashning asosliligi tekshiriladi; rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish oqibatlarining ekologik xavfliligi darajasini baholashning to‘g‘riligi tekshiriladi; Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish muddatlari Oldingi tahrirga qarang. Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish muddati o‘ttiz kundan oshmasligi lozim. Uni o‘tkazish muddati davlat ekologik ekspertizasi obyektining murakkabligiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi tomonidan ko‘pi bilan ikki oyga uzaytirilishi mumkin. Download 25.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling