Shavkat Mirziyoev
O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishning zamonaviy bosqichining ustuvor yo'nalishlari va vazifalari uning raqobatbardoshligi, samaradorligi, investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va barqaror iqtisodiy o'sishni hamda uning amalga oshirilishida soliq tizmini takomillashtirishdan iborat. Soliqqa tortishning eng muhim maqsadi - hukumatlarga asosiy davlat xizmatlarini ko'rsatish uchun resurslarni jalb qilishdir.1 Soliqlar sog'liqni saqlash, maktablar va ijtimoiy xizmatlar kabi dunyo bo'ylab faoliyat yuritadigan jamiyatlar uchun asosiy bo'lgan ko'plab narsalar uchun to'laydi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, rivojlangan mamlakatlarda o'z fuqarolariga asosiy xizmatlar ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lishlari uchun eng kam soliq tushumlari yalpi ichki mahsulotning kamida 15 foizini tashkil qiladi. Tarixan ma’lumki, soliqlar ko'plab mamlakatlarda sog'lom xulq-atvorni rag'batlantirish va nosog’lom turmush tarzini oldini olish uchun ishlatilgan. Misol uchun, tamaki iste'molini kamaytirish uchun tamaki soliqlari va atrof-muhitga yordam berish uchun “yashil” soliqlar. Soliqlar odamlarning xulq-atvori va tanloviga ta'sir qilishi, sog'liqni saqlash natijalari, gender tengligi va atrof-muhitga ta'sir qilishi isbotlangan.
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Zamonaviy bozor sharoitida korxonalarning moliyaviy barqarorligini tahlil qilish va ta'minlash masalalari nihoyatda dolzarbdir. Moliyaviy barqarorlik - bu korxonaning iqtisodiy manfaatlarini ro'yobga chiqarish va uning rivojlanishi hamda faoliyati uchun asosiy shartlardan biri. Soliq sohasida eng muhim chora-tadbirlar soliq siyosatini amalga oshirish bilan bog'liq. Shu bilan birga, davlat soliq siyosatining vositalaridan biri soliq yukini tartibga solishdir. Uning qiymati samarali bo’lishi uchun iqtisodiy rivojlanish juda muhimdir. Soliq yukining xo'jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy barqarorligiga ta'sirini baholash tadqiqotning dolzarb yo'nalishlaridan biri hisoblanadi, chunki u korxonaning barqaror rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish uchun axborot-tahliliy asos yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |