O’zbekiston Respublikasidagi amaldagi soliq tizimi, qonun hujjatlari va islohotlar
O’zbekiston Respublikasida bugungi kunda tadbirkorlik va ishlab chiqarish bilan shug’ullanadigan korxonalarga katta e’tibor berilmoqda. Buning yaqqol dalili sifatida Prezidentimizning tadbirkorlar bilan 21 avgust 2021 yildagi uchrasuvidagi ularga beriladigan imtiyozlar, davlat har doim tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdilar. Albatta tadbirkorlikni rivojlantirish bevosita soliq tizimini yanada soddalashtirish bilan bog’liq. Hozirgi kunda O’zbekistonda, asosan quyidagi yirik soliq yig’imlari amal qiladi:
Yuridik shaxslardan olinadigan soliq
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i
Qo’shilgan qiymat solig’i
Aksiz solig’i
Yer resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
Mol-mulk solig’i
Yer solig’i
Ijtimoiy soliq
Boshqa soliq va yig’imlar
Yuqoridagi diagrammadan ko’rinib turibdiki, 2021-yilgi davlatning soliq tushumlari orasida yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig’i tashkil etgan (30%), keying o’rinlarda esa qo’shilgan qiymat solig’i va jismoniy saxslardan olinadigan daromad solig’i egallagan (mos ravishda 20% va 15%). Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va aksiz solig’I deyarli teng ulushlarda bo’lgan bo’lsa, qolgan soliq turlari juda kam miqdorni tashkil etgan.
Quyida esa 2020 va 2021 yil 31-dekabr holatiga ko’ra byudjetga tushumlarning miqdorlari (mlrd so’mda) keltirilgan:
Respublikamizdagi amaldagi soliq tizimi 2019-yil 30-dekabrdagi yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi, undan tashqari, Prezidentning soliq tizimini takomillashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlari orqali yuritiladi.
Soliqlar asosan korxonalarning tashkiliy-tuzilmaviy shakllariga qarab soliq turlariga bo’linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |